Tashqi muhitning kishi organizmiga ta'siri natijasida to'qima hamda



Yüklə 46,68 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü46,68 Kb.
#150992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6ci


Mavzu 6. Тravmalar (Shikastlanish). Umumiy xolatlar. Shikastlanishlarni ko’rinishlari, mexanizmi, tasnifi. Shikastlanish joyini urganish (shart-sharoitlar, ximoyalanish vositalari, murakkablashtiruvchi omillar).


ТRAVMALAR Tashqi muhitning kishi organizmiga ta'siri natijasida to'qima hamda
organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish
deyiladi. Organizmga ta'sir qiluvchi agentlarga mexanik, elektr, termik,
ximiyaviy va nur ta'sirotlari kiradi. Shuningdek, ma'lum bir guruhni ruhiy
shikastlar tashkil qiladi. Shikastlanishlarda mahalliy o'zgarishlar bilan bir
qatorda og'ir umumiy asoratlar ham mavjud bo'ladi. Ochiq va yopiq
shikastlanishlarning mavjudligi, bemor organizmida har xil og'ir holatlarni
yuzaga keltiradi.
Shikaslanish fanining mustaqil va rauhim qismlaridan biri ortopcdiyadir. U
tayanch-harakat a'zolarining shikasti va kasalliklari, ularning asoratlariprofilaktikasi va davolashni amalga oshiradi.
Shikastlanish tasnifi. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi klassifikatsiya
qabul qilingan:
1. Ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan transportda (temiryo'l,
avtomobil, tramvay va hokazo), piyoda ketayotganda, sport bilan
shug'ullanganda (uyushgan sportdan, shuningdek uyushmagan sportdan),
tabiiy ofatlar ta'sirida (yer qimirlash, sel kelishi va hokazo), turmushda (urushjanjallar oqibatida) ro'y beradigan travmalar.
2. Ishlab chiqarish bilan bog'liq.bo'lgan shikastlar (sanoatda, qishloq
xo'jaligida).
3. Qasddan qilingan shikastlanishlar (harbiy holatlarda, o'z-o'zini
o'ldirish va hokazo). Mexanik, kimyoviy, elektr, termik, nurdan bo'ladigan
ruhiy travmalar ham bir-biridan farqlanadi. Ochiq va yopiq shikastlar
ajratiladi. Ochiq shikastlanishda teri va shilliq qavatning butunligi buziladi.
Teri va shilliq qavat jarohatlariga mikroblar tushib, erta va kechikkan
asoratlarga sabab bo'ladi. Ichki organlar shikastlanishiga qarab yuzaki va
chuqur (qorin bo'shlig'iga, ko'krak qafasiga o'tgan va b.) shikastlanishlarga
bo'linadi.
Shuningdek, shikastlanish tananing ma'lum qismiga ta'siri bo'yicha (bosh,
ko'krak qafasi, qo'1-oyoqning va hokazo) to'qimalarga ta'siri
bo'yicha (teri, shilliq qavat, mushak, suyak, bo'g'im, pay va hokazo)
guruhlarga bo'linadi.
Agar to'qimaning ma'lum bir turi shikastlansa, sodda yoki oddiy shikast
deyiladi. Shikastlanishga bitta omil sababchi bo'lsa, u bir turdagi shikast, bir
necha omillar sababchi bo'lsa (masalan, mexanik shikastlanish kuyish bilan)
unda kornbinatsiyalangan shikast deyiladi. Shuningdek, shikastlanish
birdaniga bir necha sistemani ta'sirlasa (miya chayqalishi va son suyaklarining
sinishi), unda birga qo'shilgan shikast deyiladi. Shikastlovchi kuch
tekkanjoyda hosil bo'lgan to'qimazararlanishi to'g'ri, uzoq sohada (masalan,
quymich do'ngligiga yiqilganda umurtqa pog'onasi sinadi) hosil bo'lgani
vositali shikastlar nomini oladi.
Shikastlanish xarakterini hisobga olib, shikastlar yakka-yakka va ko'p
(politravmalar) bo'ladi.
O'tkir shikastlanish u yoki bu kuchli ta'sir etuvchi agent ta'siridan kelib
chiqadi. Birgina shikastlovchi agent tananing muayyan bir joyiga ko'p marta
ta'sir qilsa, u surunkali shikastlanish deyiladi. Bu shikastlar ko'pincha kasbkorga bog'liq bo'ladi.
Shikastlanishning og'ir-engilligi quyidagilarga bog'liq bo'ladi:
- tashqi ta'sirning kuchiga;
- ta'sir kuchning nuqtasiga va yo'nalishiga;
- qo'l va oyoq holatiga.
Shikastlanishning og'irligi va oqibatlari bir necha omillar bilan farqlanadi:
1. Shikastlanish ta'siri va tashqi omil. Og'ir va qattiq vositalar ko'pincha
to'qimalarni chuqur zararlaydi, yopiq bo'lishi mumkin, o'tkir narsalar ko'pincha
ochiq shikastlanishga sabab bo'ladi.
2. A'zo va to'qimalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari. Parenximatoz
a'zolar uncha kuchli bo"lmagan ta'sirotdan ham shikastlanishi mumkin,
terining anatomik tuzilishi esa ta'sir qiluvchi vositaga chidamli bo'ladi va kalla
suyagi, qorin va ko'krak bo'shlig'i a'zolari zararlanganda ham teri butunligi
buzilmasligi mumkin.
3. Patologik o'zgargan a'zo va to'qimalar tez shikastlanadi.
4. Tashqi muhitning noqulayligi. Sovuq paytda yuzaga kelgan
shikastlanish og'ir shok, sovqotish, sinishlar, zotiljam, osteomiyelit va
boshqalar bilan kechishi mumkin.
5. Organizmning umumiy holati.
Immunitetning pastiigi, alkogolizin, allergik reaksiyalar, anemiya va
boshqalar shok, infeksiya oldini olishga to'sqinlik qiladi.
SHIKASTLANISHLARNING OLDINI OLISH VA ULARGA
YORDAM KO'RSATISHNI TASHKIL QILISH


Sanoatda, qishloq xo'jaligida, ishlab chiqarishning turli sohalarida,


texnik va transport harakatida esa yo'l harakati qoidalariga rioya
etmaslik natijasida shikastlanishlar kundan-kun ko'payib bormoqda. Bu
shikastlanishlar oqibatida kishi uzoq vaqtgacha ish qobiliyatini
yo'qotadi, ba'zan nogiron bo'lib qoladi. Profilaktika ishlari yaxshi yo'lga
qo'yilishi uchun travmatizmni aniq hisobga olish kerak. Buning uchun
zararlanishning ko'p yoki kam uchrashi, sabablari, qanday sharoitda,
holatda yuz berishi o'rganiladi. Travmatizm profilaktikasida korxona
rahbarlari, texnika xavfsizligi injenerlari, davlat avtoinspeksiyasi, uyjoy ekspluatatsiyasi, maktab, bolalar uyi va boshqa tashkilotlarning
xodimJari tibbiyot muassasalari xodimlari bilan birga faol
qatnashadilar. Shikastlanishlar ko'pincha mast holda yuz berishini
hisobga olib. ichkilikbozlikka qarshi jiddiy kurashmoq lozirn.
Sanoat travmatizmiga sanoat korxonalarida ishlab chiqarish bilan
shug'ullanish vaqtida yuz bergan zararlanishlar kiradi. Mamlakatimizda
uning oldini olish uchun ma'lum ijobiy ishlar qilingan. Bu tadbirlar texnika
xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va sogiiqni saqlash organlari
vakillarining hamjihatlikda ishlashi natijasida yuzaga kelgan. Ular
quyidagilar: ishchini ishga olishdan oldin u maxsus o'qitiladi, texnika
xavfsizligi qoidalari bilan batafsil tanishtiriladi, so'ngra turli xildagi
himoya vositalari hamda kiyim-kechaklar (ko'zoynak, qo'lqop va
hokazolar) bilan ta'minlanadi.
Ma'lumki, ishchilarning malakasi qancha yuqori bo'lsa, shikastlanish
shunchalik kam bo'ladi. Shuning uchun ishchilarning texnik malakasini
oshirishning to'g'ri uyushtirilishi, mehnat unumdorligini va mahsulot
sifatini yaxshilash bilan bir qatorda travmatizmni ham kamaytiradi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi travmatizmiga qishloq xo'jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarishga bevosita aloqador boigan shikastlar
kiradi. Hozirgi kunda qishloq xo'jaligining batamom mexanizatsiyalashtirilgani tufayli qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi travmasi
shikastlanish xususiyatiga ko'ra sanoat travrnasidan kam farq qiladi.
Transport xavfsizligi to'g'ri yo'lga qo'yilishi uchun chorrahalarni
tartibga solish, piyoda o'tish joylari va tunnellarni ko'rish, transport
vositalarini doimo texnik nazorat qilish kerak.
Bolalar travmatizmini profilaktika qilish tadbirlariga maktablarda yo'l
harakati qoidalarini uzluksiz o'qitish, sport lagerlarini tashkil qilish kiradi
Turmushda (ovqat pishirish, kir yuvish va shunga o'xshash) ro'y bergan
zararlanishlar, turmush travmalari guruhiga kiradi. Uning
profllttktikasi aholining moddiy va maishiy darajasini yuksaltirish yo'li ill
in umalga oshiriladi.
11 urn yo'l travmasi ko'pincha og'ir shikastlanishlardan iborat I'-'
li'.mligj uchun, u maxsus guruhga kiradi.
Miiinl.ikatimizdasportningkengrivojlanishi bilan sport mashg'ulotlari iul.i
uchraydigan travmalarning sabablari, yuz berish sharoitlarini inisli va
ulaming oldini olish tadbirlarini aniqlash zaruriyati sababli, Iporl liavmatizmi
maxsus guruhga ajratilgan.
I i.ivmadan zararlanishlar umumiy xirurgik kasalliklarning 30-35 mi
tashkil etadi. Shikastlanishda birinchi va yuqori malakali Utisoslashgan
yordamni to'g'ri yo'lga qo'yish kerak. Respublikamizda travmatologik
xizmat uch asosiy guruhdan iborat:
I) shikastlanish ro'y bergan joyda birinchi tibbiy yordamni tashkil qijj
') ambulatoriya-poliklinikada shikastlanishga yordam ko'rsatish; t)
navmatologik yordamni statsionarda tashkil qilish. I r . i v ma yuz bergan
joydayoq, birinchi yordam ko'rsatish quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:
I. Shifokor kelgunicha bo'lgan birinchi oddiy yordam. Bu ko'pincha
maxsus kasbi bo'lmagan kishilar (o'z-o'ziga va bir-biriga yordam)
iiunonidan ko'rsatiladi. Ular shikastlangan kishining o'rtoqlari, initariya
drujinasi vakillari, qarindoshlari yoki begona kishilar, yo'l
harakati va militsiya xodimlari, o'rta ma'lumotli tibbiyot xodimlari
bo'Iishi mumkin.
2. Yuqori malakali yordamni maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan vrach
bajarmog'i kerak.
Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya
qilish kerak:
I. Shikastlangan kishiga iloji borichazudlik bilan yordam berish zarur.
Birinchi malakali yordam tezroq ko'rsatilishi uchun, avvalo oddiy tibbiy
yordamdan so'ng bemor maxsus davolash muassasasiga olib borilishi
zarur.
I k i v i n g i bosqichda yordam beruvchi travmatologiya xodimlariga
II.II bu qilingan davolash usullarini keng va batafsil bayon qilishi kerak
(birlamchi xirurgik ishlash, qoqsholga qarshi zardob yuborish va
hokazolar),
4. Il.ii bit kishi shikasllanish yuz herganda qayerga, qachon so'rab
murojaal qili ihni bilishi kerak
Slnka Il.itit*.;iii k i s l n n i to'g'ri Bvakuatsivfl qilish travmatologik
lamninj isosl bo limlaridan birl hjsoblanadl
Shaharlarda tez yordam tibbiy stansiyalari, sanitariya mutaxassislari bo'lib,
ularning asosiy vazifasi bemorni tez va ehtiyotlab davolash muassasasiga
yetkazishdan iborat.
Shikastlanganlarga maxsus davolash usuli kasalxona va poliklinika
qoshida ochilgan travmatologik punktlarda bajariladi. Statsionar davolash esa
maxsus travmatologik kasalxonalarda yoki boiimlarda olib boriladi. Ularning
ishini kuzatib turish va amaliy yordam ko'rsatish travmatologiya ilmiytekshiruv va tibbiyot institullarining travmatologiya kafedralari xodimlari
tomonidan bajariladi.

Yüklə 46,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə