Tashqi muhitning kishi organizmiga ta'siri natijasida to'qima hamda



Yüklə 46,68 Kb.
səhifə4/9
tarix19.12.2023
ölçüsü46,68 Kb.
#150992
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6ci

Qisilish. Qisilishda shikastlantiruvchi agent bemor tanasiga uzoq vaqt ta'sir
qilishi mumkin. Yengil qisilishlar klinikasi lat yeyilgandek kechadi, ammo
qisilishda qon quyilishlar chuqur va keng boMib, og'ir asoratlarni olib keladi.
Uzoq kompressiyada, qon aylanishning buzilishi kichik qon tomirlarini
qisib, teri, teri osti yog' qavatini, shu tuzilmalarning nekrozga va yara-chaqa
bo'lishiga sabab bo'ladi. Yara-chaqa qo'ltiq sathida, tananing bo'rtib turuvchi
suyak, bo'g'im sohalarida, ayniqsa shu sohalar harakatsiz turgan bo'lsa, yoki
to'qimalar gips bog'lami, bemor tanasining og'irligi bilan bosib turilsa vujudga
keladi.
Yengil qisilishlar mahalliy zararlanishni vujudga kelliradi. Bemor hayoti
uchun xavf tug'dirmaydi. Og 'ir qisilishlar, ayniqsa yer qimirlaganda, qurilish
ishlarida va harbiy sharoitda og'ir oqibatlarga sabab bo'ladi. To'qimalarning
qisilishi katta qon tomirlarini (son, tizza
osti, yelka arteriyalari) ham qisib qo'yadi va mushaklarni og'ir shikastlantiradi,
bu hoi pozitsion travma deyiladi. Uning natijasida qo'l-oyoqda shish paydo
bo'ladi, nervlarda parez va falajliklarga, buyrak shikastlanishiga olib keladi,
ya'ni qo'1-oyoqlarning ezilish sindromi (travmatik toksikoz) yuzaga keladi.
TRAVMAT1K TOKSIKOZ (TO'QIMALARNING UZOQ EZILISH
SINDROMI,KRASH-SINDROM)


1885-yilda N.I Pirogov «joyli travmatik sovuq qotish», «to'qimaning
travmatik tarangligi», «mahalliy asfiksiyaw ni bayon qilgan edi. Ko'pincha
oyoq yumshoq to'qimasining biror katta qismi uzoq vaqt qisilib qolganda
to'qima va butun organizmda o'ziga xos o'zgarishlar yuz beradi. Birinchi marta
uning klinikasi Italiyada yer qimirlashda ro'y bergan fojiaga asoslangan.
Keyinchalik mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi oqibatlariga asoslanib,
N.N. Yelanskiy, M.I Kuzin uning klinikasini keng yoritib berdilar.
Shuningdek, travmatik toksikozning ma'lum belgilarini Ashxobodda ro'y
bergan (1949) yer qimirlashida M.I Kuzin batafsil bayon qildi.
Travmatik toksikoz o'pirilish, yer qimirlash, bombardimon qilish, temir
yo'l halokatlari va boshqalar vaqtida kuzatiladi.
Klinikasi. Og'ir ezilishlarning mahalliy belgilari dekompressiyadan keyin,
ya'ni ezilgan joyni bosib turgan yuk olib tashlagandan so'ng namoyon bo'ladi.
Birinchi soatning o'zidayoq qo'1-oyoq hajmi tez kattalasha boshlaydi,
to'qimalar ushlab ko'rilganda suyuqlik yuborilgandek seziladi. 24 soat ichida
shish haddan tashqari kattalashadi. Qo'1-oyoq qotib oqaradi, rangsizlanib,
ko'kimtir dog'lar paydo bo'ladi, sezish qobiliyati yo'qolib, tomir urishi
aniqlanmaydi, harakatlar kamayadi. Borib-borib terida qo'ng'ir dog' va
pufaklar (har xil kattalikda) yuzaga kelib, ular seroz va gemorrag'ik
suyuqliklar bilan to'lgan bo'ladi. Tirnoqlar ko'karib, muzday bo'lib qoladi, teri
sathida yorilishlar, momataloq va jarohatlar paydo bo'ladi. Bu patologiyada
suyak sinishlari ham vujudga kelishi mumkin.
Patologik o'zgarishlar. Zararlangan qo'1-oyoq mushaklari qonsiz, kulrang
nekrozlangan bo'ladi. Nekroz populyatsiya xilini tashkil qiladi, shish va
to'qimalarda qon bilan immobilizatsiya kuzatiladi. Vena va arteriya
tomirlarida tromboz, to'qimalarning hamma qavatlarida mexanik xarakterdagi
zararlanish namoyon bo'ladi. Shish kattalashishi bilan quyuqlashadi va
travmatik shok belgilari paydo bo'ladi. Ezilgan to'qimalardan va interstitsial
kenglikdan plazma yo'qoladi, gematokrit
tez balandlashadi, gemoglobin, eritrotsitlar soni ko'payadi, to'qima chirishi
natijasida toksik moddalar - polipeptidlar, fosfor, kaliy, gemoglobin
organizmga so'riladi. Buyraklarning hajmi kattalashadi, to'qimasining bir
qismi yot to'qimaga aylanadi, buyrak naychalarining bir qismi o'ladi (nekroz),
mushak pigmenti (mioglobin), oqsil moddalar o'lishi va qon quyilishi
kuzatiladi. Shunday qilib, mushak to'qimalarida keng nekrozlar yoki og'ir
distrofik o'zgarishlar namoyon bo'ladi. Bu holat to'qimalarning uzoq ezilish
sindromi (M.I.Kuzin), travmatik toksikoz (N.N.Elanskiy) yoki urush sindromi
deb yuritiladi. Respublikamizda akademik O'.O.Oripov boshchiligida
M.V.Rasulova (1970) eksprimental Krash sindromini o'rganib chiqqan.
Umumiy belgilari uch bosqichdan iborat. Erta (boshlang'ich), oraliq va
kechki, ularning har biri o'ziga xos belgilarga ega.
Birinchi soatlarda bemorning ahvoli yaxshidek ko'rinadi va u diagnostik,
davolashda turli xatolarga sabab bo'ladi. Shikastlangan sohada kuchli og'riq,
kam harakatlik, darmonsizlik sezadi. Ko'ngli ayniydi, tomir urishi tezlashadi,
arterial bosimi kamayadi, unda qo'zg'alish eyforiyasi kuzatiladi. Shish
kattalashishi bilan umumiy ahvoli og'irlashadi, behol, beparvo bo'ladi bu
sharoitda travmatik shok belgisi namoyon bo'ladi. Siydik kamayadi, rangi
o'zgaradi, oqsil paydo bo'ladi. Travmatik shok belgilari bo'lgan boshlang'ich
bosqichi 1-2 kunga cho'ziladi. Uning asosida mushaklar nekrozi va mioglobin
chiqishi, buyrak naychalarining berkilishi kuzatiladi. Bir necha kun ichida
o'tkir buyrak yetishmovchiligi va sarg'ayib ketish kuzatiladi. Bu o'tkir jigarbuyrak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi, yurak-tomir yetishmovchiligi
kuchayadi. Bu bosqich oraliq bosqichga mansub bo'lib, uning negizida
to'qimalar chirishi yotadi.
Kechki bosqich jigarva buyrak faoliyatining tiklanishi bilan ifodalanib,
to'qimater nekrozi, yiringli-septik holat oldingi saiga chiqadi.
Klinik formasi uch xil kechadi. Ular:
Yengil formasi (qo'1-oyoqning 4 soatdan oshmasdan bosilishi); o 'rtacha
(qo'l-oyoq, yoki tananing boshqa sohasini bosilib turishi 6 soatdan
oshmaganda, unda buyrak faoliyati buzilishi va plazma yo'qotish kuchsiz
bo'ladi; og'ir (qo'1-oyoqning 8 soat ichida ezilib turishi). Buyrak
yetishmovchiligi avjga chiqqan, plazmaning ko'p yo'qotilishi va qonning
quyuqlashishi, o'ta og'ir - ikki qo'1-oyoqni 6 soatdan uzoqroq ezilishini, 3 kun
ichida o 't k i r buyrak yetishmovchiligining avj olishi va qon aylanishining
buzilishi bilan ko'ngilsiz voqea ro'y beradi.
Davolash. Ezilgan qo'1-oyoqni bosib turgan yuk olingach, uni qattiq
bog'lam bilan bog'Iash, taxtakachlash, ba'zida jgut qo'yish kerak. Zararlangan
sohaga muz qo'yiladi, ezilgan sohani yuqorisidan aylanma
qilib maxsus apparatlar bilan (krielektronika: 4,7 gipoterm) sovutiladi,
novokain blokadasi bajariladi. Agar shish kattalashib, ishemiya va ezilish
belgilari yo'qolmasa, to'qimalarga yengillik berish uchun keng fassiya ochiladi,
nekrektomiya yoki amputatsiya bajariladi. Giperbarik oksigenatsiya qilinadi.
Bu harakatlar umumiy davolash bilan birga olib boriladi. Bemorga narkotik,
antigistamin preparatlar (promedol, dimedrol) yuboriladi. Gemodez,
poliglyukin, reopoliglyukin qo'yiladi. Gemodinatnika buzilsa noradrenalin,
mezaton, dopamin, dobutamin, qon va plazma, sintetik qon o'rnini bosuvchi
moddalar venaga yuboriladi. Intoksikatsiya davom etaversa, diurez
tezlashtiriladi, 3-4 litrdan ortiq suyuqlik tomir ichiga yuboriladi (1/3 xlorid
natriyning izotonik eritmasi; 1/3 5 foiz glyukoza eritmasi yoki laktosol va 1/3
plazma qon o'rnini bosuvchi suyuqlik). Ular qatorida 2-5 foiz natriy
gidrokarbonat eritmasi (400-500 1), vitaminlar, antibiotiklar, tomirni
kengaytiruvchi moddalarni qoilash mumkin.
Diurezni aniq bilish uchun siydik qopiga kateter qo'yiladi, chiqayotgan
siydik soatiga 1,5 ml/kg bo'lishi kerak. Agar anuriya vujudga kelsa, bemorda
s u n 'i y buyrak (gemodializ), gemosorbsiya apparatlari qo'llaniladi.


Yüklə 46,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə