Tashqi muhitning kishi organizmiga ta'siri natijasida to'qima hamda


BOSH SUYAGI, KO'KRAK VA QORIN BO'SHUG'IDAGI A'ZOLARNING YOPIQ SHIKASTLARI



Yüklə 46,68 Kb.
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü46,68 Kb.
#150992
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6ci

BOSH SUYAGI, KO'KRAK VA QORIN BO'SHUG'IDAGI
A'ZOLARNING YOPIQ SHIKASTLARI

Bu zararlanishlar alohida turdagi reaksiya berishi, o'ziga xos klinik


ko'rinishda bo'lishi va bemorning hayotiga xavfsizligi sababli alohida
guruhlarga kiritiladi. Simptomlari travmaning xili va og'irligi, shikastlangan
organlarning fiziologik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.
Miyaning yopiq zararlanishi miya shikastlari ichida ko'p uchraydi, uning
asosiy sabablari ko'cha va transport fojiaiaridir. Gippokrat o'z vaqtida bosh miya
travmalarining belgilarini va davolash taktikasini ■ yoritdi. Abu Ali ibn Sino bu
zararlanishda bosh suyagi trepanatsiyasini «Tib qonunlari» kitobida bayon etadi.
1575-yilda A.Pare miya lat yeyishini batafsil yoritib berdi. XVIII asrning oxirida
J.L.Pti miya zararlanishining uch turini aniqladi: lat yeyish, shikastlanish va
qisilish.
1986-yilda rcspublikamizda bosh miya lat yeyishining yangi
klassifikasiyasi (tasnifi) ishlab chiqildi:
1. Miya lat yeyishi.
2. Miya shikastlanishining yengil formasi.
3. Miya shikastlanishining o'rtacha formasi.
4. Miya shikastlanishining og'ir formasi.
5. Miya shikastlanishi bilan uning ezilishi (qisilishi).
6. Miya shikastlanmasdan uning qisilishi.
Miyaning chayqalishi
Yopiq shikastlar ichida ko'p uchraydigani miya chayqalishi hisoblanadi.
Bu holda miya to'qimasi kam zararlanadi va patologoanatomik o'zgarishlar
kam bo'ladi. Autopsiyada miya anemiyasi hamda oq va kulrang moddalar
chegarasida nuqtasimon qontalashlar, miya shishi aniqlanadi. Travma ta'sirida
limfa va qon aylanishi hamda organlarning funksiyalari buziladi.
Klinikasi. Miya chayqalganda, kuchli shikastlanishda bemor hushidan
kctib, o'ziga kelgach bo'lgan voqeani eslay olmaydi. Bu hoi retrograd
amneziya deyiladi.
Zararlanishning og'ir-engilligiga ko'ra, behushlik qisqa (bir necha daqiqa)
va uzoq (bir necha soat, kun) davom etishi mumkin. Bu vaziyatda bemor hech
narsaga ahamiyat bermaydi, atrofdagilarga befarq bo'ladi. Rangi oqarib, boshi
aylanadi, og'riydi, ko'ngli ayniydi, qulog'iga guvillagan tovush eshitiladi, nafas
olish yuzaki bo'lib, tomir urishi sekinlashadi. Qorachig'i qisqarib, yorug'likka
reaksiya bermaydi, teri va pay reflekslari kuchsizlanadi yoki sezilmaydi. Og'ir
holatda qayt qilish, o'z-o'zidan ich ketish, siyish belgilari paydo bo'ladi.
Klinik belgisiga ko'ra, miya chayqalishining yengil, o'rtacha va og'ir
darajalari farqlanadi. Odam faqat qisqa vaqt o'zidan ketib qolib. atrof-muhitni
to'g'ri tahlil qiladi. O'rta darajada miya chayqalishida kishi uzoq vaqt beliush
bo'lib, asta-sekin hushiga keladi, shu orada qo'zg'alish davrlari ham ro'yobga
keladi. Og'ir holatda bemor bir necha kun davomida hushsiz yotib, keyin o'ziga
kela boshlaydi. Hushiga kelgach, bemorning boshi og'riydi, o'zini behol sezadi,
ko'ngli aynib qayt qiladi. Yengil darajada bu belgilar tez yo'qolsa, og'ir
shikastlanishda esa uzoq vaqt bemorni bezovta qilib turadi.
Davolash. Miya chayqalishining har qanday turida ham bemor albatta
kasalxonaga yotqizilishi shart. 2-3 hafta davomida u tinch sharoitda bo'lishi
kerak. Bemorning hamma shikoyatlari yo'qolgach, turishga ruxsat etiladi. Kalla
ichi bosimini va miya shishini kamaytirish uchun har kuni dori eritmalari (30-
50 ml 40 foiz glyukoza; 20-50 ml 10 foiz natriy xlorid, 10 ml 40 foiz urotropin,
5-10 ml 25 foiz magniy sulfat eritmalari) yuboriladi, shishga qarshi va
mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi moddalardan reopoliglyukin (10 ml/kg),
diuretiklar (laziks, furosemid 2-6 ml) qilinadi. Agar bir necha kunda sezilarli
o'zgarish bo'lmasa, orqa miya suyuqligini (lyumbal punksiya) olish tavsiya
qilinadi, u kalla ichi bosimini kamaytiradi va bemorning subyektiv holatini
yaxshilaydi. Subaraxnoidal pardaga deksametazon (4 ml) yuboriladi. Orqa
miya suyuqligini olish (40-50 ml) davolash bilan birga diagnostik jihatdan ham
yordam beradi. Agar likvorda qon boisa, miya urilganidan, subaraxnoidal qon
quyilganidan yoki kalla asosiy suyagining singanidan dalolat beradi. Agar
davolash to'g'ri olib borilsa, bemor hech qanday asoratlarsiz tuzalib ketadi.
Miya urilishi

Yüklə 46,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə