Tashqi muhitning kishi organizmiga ta'siri natijasida to'qima hamda



Yüklə 46,68 Kb.
səhifə9/9
tarix19.12.2023
ölçüsü46,68 Kb.
#150992
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6ci

CHIQISHLAR

Chiqish deb, bo'g'im yuzalarining siljib uzoq vaqt davomida nofiziologik birbiriga nisbatan noto'g'ri turib qolishiga aytiladi.


Agar siljish natijasida bo'g'im yuzalari bir-biriga tegmay qolsa, to'la chiqish,
qisman tegib tursa, to'la to'Imagan chiqish deyiladi. Chiqish atamasi fanda
bo'g'imga kiruvchi distal suyak qismi bilan yuritiladi. Masalan, yelka bo'g'imidan
chiqsa, yelka chiqishi, tos-son bo'g'imining chiqishi yoki bo'g'im yuzasi kapsula
yorilgan joydan chiqqan bo'lsa, son chiqishi deyiladi.
Odat tusiga kirgan chiqishda bo'g'imning kapsulasi, uning boylamlari ayniqsa,
bu asoratlar blokli bo'g'imlarda (boldir panja, tirsak, tizza) ko'proq namoyon
bo'ladi.
Chiqishning bo'g'imdan uzoqroq joyda bo'lgan chiqishga birdaniga va kuchli
harakat, shuningdek, bo'g'im uchun fiziologik imkoniyatdan ortiq bo'lgan harakat
sabab bo'ladi.
Ko'pincha (50 foizdan ortiqroq) chiqish yelka bo'g'imida kuzatiladi,
ngra tirsak, tos-son, tizza va boldir-panja bo'g'imlarida uchraydi.
Shuningdek, o'mrov suyagining akromial va ko'krak qismlarida, tizza Ulti
sohasida, kamroq qo'l kafti barmoqlarida chiqish ro'y beradi.
Umurtqalarning, ayniqsa bo'yin umurtqalarining o'z o'rnidan siljishi yoki
sinishi og'ir travmalarga kiradi.
Chiqishlar ichida tug'ma chiqish, ya'ni bola hayotining ona qornidagi
ilnvrida yuz bergan chiqish va orttirilgan, ya'ni travma natijasida yoki bo'g'im
sohasidagi patologik chiqish farqlanadi.
Tug'ma chiqishlar ko'pincha chanoq-son bo'g'imida uchraydi va bolaning
ona qornida g'ayritabiiy joylashishi yoki bo'g'imlarning noto'g'ri rivojlanishi
natijasida kelib chiqishi mumkin. Odatda ikki tomonlama bo'ladi. Kasallik
erta - bolaning bir oylik paytidayoq malum bo'la boshlaydi. Bolaning yura
boshlaganda oqsoqlanishi, bo'g'imning likillab qolishi, keyinchalik og'rish,
oyoqning qisqaligi bilinadi. Chiqish ikki tomonlama bo'lganda lapanglab
yurish («o'rdaksimon yurish») qayd qilinadi. Diagnoz rentgenografiya vositasi
bilan aniqlanadi. Tug'ma chiqish bolalarda qonsiz usul -Oyoqni abduksiya
holatida redressatsiya va fiksatsiya qilish bilan davolanadi. Bu holda son
suyagining boshi vaqt o'tishi bilan o'zidan-O'zi chanoq-bo'g'im sohasiga
tushadi.
Orttirilgan (travmatik) chiqishlar odatda, shikastlanishdan paydo
bo'ladi, ba'zida suyak va bo'g'imlarning kasalligi natijasida (tuberkulez,
ostomiyelit, o'smalar) patologik chiqishlar ro'yobga keladi. Travmatik
chiqishlar, sinishlar qon tomirlarining, nerv tolalarining uzilishi bilan
kuzatilib, 80-90 foizni tashkil etadi. Ochiq Chiqishlar ham paydo bo'lishi
mumkin, unda bo'g'im sohasida jarohat
borligi aniqlanadi.
Ba'zi hollarda bo'g'im paylarining uzilishi yoki kuchsizligi natijasida
lukastlanishlardan so'ng o'rganib qolingan odatiy chiqishlar mayjud lio'lishi
mumkin. Ko'pincha bu hoi yelka va boldir pay bo'g'imlarida, birlamchi
shikastlanishlar yaxshi davolanmaganida kuzatiladi.
Patologoanatomik o'zgarishlar asosan bitta bo'g'im to'qimasi bilan
chegaralanadi, ammo ba'zan atrofdagi to'qimalarda ham uchraydi. I
l a v ma t i k chiqishda bo'g'im kapsulasi yoriladi yoki yirtilib ketadi. Illo k ka
o'xshash bo'g'imlarning (tizza, tirsak, boldir-tovon) chiqishi, lianusha boylam
apparatining uzilishi bilan birga o'tadi. Shu bilan birga pavlarning suyakka
yopishgan joyidan ham uzilib ketishi kuzatiladi. I ndigina yuz bergan
travmatik chiqish vaqtida yuqorida ko'rsatilgan irarlanishlar bilan birga,
bo'g'im ichiga va atrofdagi to'qimalarga qon ilishi kuzatiladi.
Basharti, chiqishlar bilan birga yirik qon tomirlari, nerv tornirlari
zararlangan bo'lsa, bunday chiqishlar murakkablashgan chiqishlar deyiladi.
Klinikasi. Chiqishning klinik belgilari, ularning joyi va turlariga qarab
xillari ko'p bo'Iadi. Shikastlanishdagi vaziyat, chiqish sababi va
zararlanish mexanizmi bemordan so'rash yo'li bilan aniqanadi. Kasal
kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan
shikoyat qiJadi. Harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq
kuchayadi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'g'imda kuchli og'riq bo'lib, uni o'z
o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi
prujinasiruon fiksatsiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l yoki
oyoq karaxt bo'lib qolishi nerv tolasining qisilgan va chiqqan suyak
bo'Iagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo'yishi
natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'1-oyoqning
noto'g'ri holati va bo'g'im sohasining shakli buzilgani kuzatiladi,
ularning uzunasiga qisqargani seziladi. Ba'zida suyakning siljigan uchi
o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan, yelka suyagi chiqqanda uning
boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab
aniqlash mumkin. Nerv qisilib qolgan bo'lsa, bemor oyoq-qo'li
holsizlanganligidan shikoyat qiladi.
Diagnoz rentgenografiya yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar
solishtirilib ko'riladi.
Davolash. Travmatik bo'g'hn chiqishlari tezlikda malakali yordam
ko'rsatishni talab qiladi. Chiqqan suyakni o'z vaqtida o'rniga solib qo'yish zarur,
chunki 3-5 kundan so'ng konservativ
davolash qiyinlashadi, keyinroq esa uning
iloji bo'lmaydi. U holda bo'g'im sohalarini
bir-biriga qo'yish uchun jarrohlik usuli
tavsiya qilinadi. Suyakni o'z o'rniga solib
qo'yish uchun umumiy og'riqsizlantirish
qo'llanilishi kerak, chunki chiqqan
bo'g'imdagi og'riq mushaklarning reflektor
holda qisqarishiga olib keladi. Mushaklami
relaksatsiya qilish umumiy og'riqsizlantirish
bilan bajariladi.
Bo'g'imdagi normal munosabatlarni tiklash
uchun bo'g'im atrofida joylashgan mushaklarni cho'zib, bo'g'imning chiqib ketgan
yuzasini (har bir bo'g'jmga xos harakatlarni qaytarish yo'li bilan) o'z o'rniga
solishga asoslangan bir necha usullar qo'llaniladi. Zararlangan bo'g'imdagi bu
harakat chiqishga sabab bo'lgan harakatni orqadan oldinga qarab qaytarishdan
iborat deyish mumkin.
Yelka chiqqanda ko'pincha Gippokrat, Mott (118-rasm), M.Koxxer va
Janelidze usullari qo'llaniladi.
Shifokor kasal bilan yuzma-yuz zararlangan tomoni bilan o'tiradi va tovonini
bemorning qo'ltig'iga qo'yib tiraydi. So'ngra bemor qo'lini ikki qo'li bilan ushlab,
tovoni bilan richagsimon holda qo'ltig'iga bosadi. Traksiya paytida chiqqan yelka
suyagi boshchasi bo'g'im kosasiga tushadi.
Koxer metodi. Yelka chiqqanda uni o'z o'rniga solish uchun ko'pincha shu
metod qo'llaniladi. (120-rasm). Bemor stolga yotqizilgandan keyin xirurgga
chiqqan tomondan kasalning boshiga yuz o'girgan holda quyidagi usul bilan
yelka suyagini chiqqan joyiga soladi:
1) bilak bo'g'imini bukib.
yelka suyagi tanaga taqaladi;
2)yelka pastga tortilib, tashqari tomonga
bukiladi (rotatsiya);
3) qo'I olclindan
yuqoriga ko'tarilib, shu zahotiyoq bilak
va panja sog'lom yelkaga tashlanadi.
Janelidze usuli (121-rasm) zararlangan qo'1-oyoqning og'riqdan charchashi
tufayli mushaklarining fiziologik
bo'shashishiga asoslangan.
Yelka chiqishida beroor stol chetiga
yotqiziladi, kasalning qo'li osiltirib
qo'yiladi, boshi esa yonidagi stolga
qo'yiladi. Bemor shunday holatda qo'lini osiltirib 20-25 daqiqa yotadi, mushaklari
charchab bo'shashadi. Shundan so'ng xirurg bemor qoiini tirsak bo'g'imidan
bukadi va qo'lini siltamasdan kuch bilan pastga tortib tashqari tomonga bukadi.
Suyakni joyiga solish paytida shiqillagan tovush eshitiladi, bo'g'im esa
harakatlanadigan bo'ladi.
Son chiqishini solishda (122-rasm) ham shunday usuldan foydalaniladi.
Zararlangan oyoq stoldan 20-25 daqiqagacha osiltirib qo'yiladi. (123-
rasm). Shundan so'ng xirurg kasal oyoq tizzasini bukib, bir qo'li bilan bemorning
chanoq suyagini, ikkinchi qo'li bilan boldirini ushlab turib kasalning taqimiga o'z
tizzasi bilan qattiq bosadi va shu vaqtning o'zida son suyagini bir oz tashqari
tomonga bukadi. Odatda shu paytda xarakterli shiqillagan tovush eshitilib,
chiqqan suyak o'z o'rniga tushadi.
Ko'rsatib o'tilgan usullar boshqa bo'g'imlarda chiqish yuz berganda ham
qo'llaniladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinishi bilanoq qilingan kontrol rentgen
surati davolashning to'g'ri yoki noto'g'ri qilingani, shu bilan bir qatorda boshqa
xil zararlanishlar (suyak bir qismining ko'chishi, suyak sinishi va b.) borligini
aniqlashga yordam beradi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solingan oyoq yoki qo'I
qulay funksional vaziyatda 12-16 kungacha bog'lam bilan yoki boshqa usulda
tortib qo'yiladi. Keyinchalik davolash-fizkultura mashqlarining kompleksi
muntazam bajarib turiladi. Ko'pincha yelka suyagi solingandan so'ng Dezo
bog'lami qo'llaniladi.
Pastki jag' suyagini solish uchun shifokor o'tirgan bemor qarshisida turadi va
barmoqlarini bemor og'ziga tiqadi. Barmoqlar ikkala tomonda jag' tishlar ustida
bo'lishi kerak, so'ngra bosh barmoqlar bilan pastki jag' pastga kuch bilan bosilib,
shu onda boshqa barmoqlar yordamida bemor iyagi yuqoriga ko'tariladi.
Jag' solinayotgan paytda bemor vrach barmoqlarini tishlab olmasligi uchun
og'iz kengaytirgich ishlatish yoki barmoqlarni bog'lam bilan mahkam bog'lab
qo'yish zarur.
Cbiqqan suyak o'z joyiga tushirilgach unitig kapsulasi tuzalguncha fiKsatsiya
qilib qo'yish lozim. Shuningdek, suyak joyiga solingach, albatta qaytadan
rentgen qilinadi. Fiksatsiya qilingan bog'lam olingach massaj va shunga o'xshash
fizioterapcvtik muolaja, davolash badantarbiyasi kabi usullar qo'Ilaniladi. Agar
chiqishlarni davolashning iloji bo'lmasa, unda operatsiya metodi ishlatiladi.
Shuningdek, xirurgik davo usuli eskirgan chiqishlarda ham qo'Ilaniladi (bu holda
plastik operatsiyalar yoki bo'g'imni endoprotez qilinadi).
Patologik chiqishlar bo'g'im kapsulasi va paylarini cho'zishga sabab
bo'ladigan patologik jarayonlar (o'sma, sil, yiringli infeksiya) bo'g'im yuzlarining
bir-biriga nisbatan qisman (yarim chiqish) va to'la siljishiga (chiqishiga) olib
borish natijasidan iborat.
Yüklə 46,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə