Tashqi muhitning kishi organizmiga ta'siri natijasida to'qima hamda


QOR1N BO'SHLIG'IORGANLAREMING YOPIQ SHIKASTLARI



Yüklə 46,68 Kb.
səhifə8/9
tarix19.12.2023
ölçüsü46,68 Kb.
#150992
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6ci

QOR1N BO'SHLIG'IORGANLAREMING YOPIQ
SHIKASTLARI

Qorinda yopiq shikastlar ko'pincha transport travmasida, odam baland
joydan yiqilib tushganda ro'y beradi.
Ichki organlarning zararlanishi travmalovchi agentning turi va kuchidan
tashqari, boshqa sabablar, ya'ni qorin devorining elastikligi, muskulining
tonusi, yog' qavatining qalinligi, oldingi kasallik belgilari hamda kovak
organlarning to'lib turishiga ham bog'liq bo'ladi.
Chunonchi, kovak organ shikastlanishi vaqtida to'lib turgan bo'lsa, uning
yorilishi osonroq va kattaroq bo'ladi; ichi bo'sh ichaklar va me'da kamdan-kam
yoriladi. Patologik jarayonlar natijasida o'zgargan parenximatoz organlar
(bezgak vaqtida taloq, gcpatitda jigar va hokazo) ning yorilishi ko'proq
kuzatiladi.
Klinikasi. O'tmas travmalardan keyin ko'pincha har xil og'irlikdagi shok
kuzatiladi. Keyingi belgilar va kasallik kechishi zararlahgan organga bog'liq
bo'ladi. Qorin bo'shlig'idagi organlar ikki guruhga - kovak va parenximatoz
organlarga bo'linadi.
Ichi kovak organlar (me'da, ichak, o't va siydik qopi) yorilganda ularning
ichidagi moddalar (me'da shirasi, ichak shirasi va najas, safro yoki siydik)
qorin bo'shlig'iga tushib, qorin pardasining yallig'lanishi, ya'ni peritonit
rivojlanadi. Agar ovqat hazm qilish yo'lining yuqori qismidagi a'zolar
zararlansa me'da, o'n ikki barmoq ichak kasalliklarining belgisi namoyon
bo'ladi.
Shikastlanish paytida bemor kuchli og'riq sezadi, qorin mushaklari
reflektor ravishda qisqarib, taranglashadi («taxtasimon» qorin ) va
nafas harakatida qatnashmaydi. Palpatsiya qilinganda kuchli og'riq, bosib
qo'yib yuborilsa, og'riq kuchayishi Shchetkin-Blyumberg simptomi kuzatiladi.
Yengil perkussiyada ham og'riq paydo bo'ladi. Perkussiyada jigardan
chiqadigan bo 'g'iq ovoz yo'qolib, havo mavjudligi bilinadi.
Rentgenoskopiyada qorin bo'shlig'ida havo borligi aniqlanadi, laparoskopiyada
yot moddalarni, me'da, ichak yorig'ini ko'rish mumkin.
Davolash. Bemor shoshilinch sur'atda operatsiya qilinishi kerak.
Laparotomiya qilib yorilgan joy tikiladi, agar kovak organlar jarohati
chekkalari parcha-parcha bo'lib turgan bo'lsa, unda organning
zararlangan qismi rezeksiya qilinadi. Diagnostika kechiksa, peritonit kuchayib,
qorin bo'shlig'iga yiring, axlat aralashib og'ir oqibatlarga olib keladi. Ichak
atoniyasi vujudga keladi, intoksikatsiya natijasida ko'ngilsiz voqea (o'lim) yuz
berishi mumkin. Parenximatoz organlarning shikastlanishi (jigar, taloq,
buyraklar) bo'shliqqa qon ketishi bilan xavflidir. Birinchi daqiqalarda kuchli
og'riq bo'ladi, ichki qon ketish natijasida o'tkir kamqonlik (anemiya)
rivojlanadi. Bemorning yuzi oqarib, pulsi tezlashadi va kuchsizlanadi, boshi
aylanadi, qusadi, arterial bosimi tobora pasayib boradi. Peritoneal belgilar
avvaliga noaniq bo'ladi. Perkussiya qilinganda qorinning pastki va yon
qismiarida to'mtoq past tovush eshitiladi. Kasalning holati o'zgartirilsa, bu
tovush ham o'z joyini o'zgartiradi. Peritonit rivojlanishi bilan bemor holati
og'irlashadi.
Davolash. Qon ketishini to'xtatish uchun zudlik bilan operatsiya qilinadi.
Jigarning shikastlangan qismi odatda tikiladi va katta charvi bilan tamponada
qilinadi yoki tejamli rezeksiya qilinadi, taloq olib tashlanadi, kichikroq yoriq
bo'lsa tikiladi.
Taloq shikastida ikki bosqichli (jigarda ham shu qayd qilinadi) yorilish
kuzatiladi, avvaliga organ kapsulasi ostiga qon to'planadi va ma Mum vaqt
o'tgach (bir soatdan bir necha kungacha) kapsula ostiga qon ketaversa,
ikkilamchi yoriladi va ichki qon ketish, shok alomatlarini beradi.
Jigar to'qimasiga qon ketishi kompyuter tomografiya, angiografiya,
radioizotop ssintigrafiya, ultratovush yordamida tekshirish bilan aniqlanadi.
Diagnoz qo'yishda laparatsentez va laparoskopiya qo'l keladi.
Me'da osti bezi zararlanganda, uning fermentlari atrofdagi to'qimalarga
yomon ta'sir ko'rsatib, og'ir peritonitni paydo qiladi. Agar me'da osti bezining
bosh qismi zararlangan bo'lsa, diagnostika qiyin bo'ladi va yiringli jarayon qorin
pardasi orqa bo'shlig'ida rivojlanadi. Davolash tezkorlik b ilan operatsiya
qilinish orqali amalga oshiriladi.
Buyrak yorilib ketganda qon ketish qorin pardasi orqa qismidan paranefral
sathga tarqaladi yoki intraperitoneal qorin bo'shlig'iga tarqaladi. Undan tashqari
yorilgan buyrakdan qon aralashgan siydik, retroperitoneal yuzaga yoki qorin
bo'shlig'iga tushadi. Uncha katta bo'lmagan buyrak yorig'i konservativ
davolanadi, buyrak keng yorilganda to'xtamayotgan qon ketish esa operatsiya
yo'li bilan bajariladi. Buyrak yorig'iga chok qo'yiladi yoki olib tashlanadi.
Qorin bo'shlig'i ichida siydik qovug'ining yorilishi natijasida siydik
peritonitga olib keladi, bu holda tezda operatsiya qilib, siydik pufagi butunligini
tiklash zarur. Agar siydik pufagining pastki qismlari yorilsa, undagi suyuqlik
pufak atrofidagi yog' qavatiga tushadi va siydik flegmonasini paydo qiladi, og'ir
intoksikatsiyaga olib keladi. Bu holda siydik pufagi yorig'i tikiladi. Va to'qima
atrofiga drenaj qo'yiladi. Odatda, pufak yorilganda siydik chiqaruv kanaliga
siydik chiqarib turish uchun doimiy kateter yoki siydik pufagiga fistula
(epitsistostoma) qo'yiladi.
Qorin bo'shlig'idagi va qorin pardasi orqa qismidagi organlar ikkilamchi
qovurg'a va chanoq suyaklari singanda ham vujudga kelishi murnkin.
Qovurg'aning qattiq lat yeyishi, sinishi jigar, buyrak va taloqning
zararlanishiga sababchi bo'ladi, chanoq suyagi parchalari esa siydik qovug'ini,
siydik yo'llarini zararlashi mumkin.
Kovak va parenximatoz organlar zararlanganda tezkor laparatomiya zarur,
chunki kechikish og'ir asoratlarga olib kelishi mumkin,

Yüklə 46,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə