Tashqi muhitning kishi organizmiga ta'siri natijasida to'qima hamda


TRAVMATOLOGIK BEMORLARNI TEKSHIRISH VA DAVOLASH



Yüklə 46,68 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü46,68 Kb.
#150992
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6ci

TRAVMATOLOGIK BEMORLARNI TEKSHIRISH VA
DAVOLASH
 XUSUSIYATLARI
Shikast olgan bemorlarni tekshirishda xuddi xirurgik bemorlarni
tekshirishda qo'llaniladigan usullar ishlatiladi. Shuni esdan chiqarmaslik
kerakki, og'ir travmalardan keyin, bemorda uning simptomlari tez rivojlanadi.
Ko'pincha bemorning ahvoli og'ir bo'ladi, shok asorati vujudga keladi.
Bularning hammasi jarrohdan zudlik bilan harakat qilishni, diagnoz qo'yishni
va kerakli yordam berishni talab etadi. Anamnez yig'ish va travmatologik
bemorlarni tekshirib ko'rish, umuman xirurgik kasallarni tekshirib ko'rishdan
farq qilmasa-da, ammo o'ziga xos xususiyatlari bor.
Shikastlangan joyning ko'rinishi hamma vaqt ham shikastlanishning og'irengilligiga to'g'ri kelavermaydi. Masalan, uncha katta bo'lmagan ko'krak
qafasi yoki qorin bo'shlig'iga yetkazilgan jarohat ichki organlar butunligining
buzilishiga olib keladi. Kalla va orqa miyaning og'ir shikastlari ham aniq
tashqi belgilariga ega bo'lmasligi mumkin.
Simptomlari aniq bo'lgan har qanday travma ham inson hayoti uchun
xavfli bo'lmasligi mumkin. Aytaylik, katta (birgalashgan) travmalarda og'ir
asoratlar organizmning boshqa qismlarida namoyon bo'lishi mumkin. Qo'1-
oyog'ining terisi shilingan bemorda jigar, taloq yoki boshqa ichki organlarning
butunligi buzilgan bo'lishi mumkin. Ayniqsa, hushsiz yotgan, kalla suyagi
shikastlangan, uning ustiga spirtli ichimliklar ichgan, shok holatiga tushgan
bo'lsa diagnoz qo'yish qiyin bo'ladi.
Travma olgan bemorda og'ir qo'shimcha holatlar (shok, qon ketish,
travmatologik toksikoz va hokazolar) bo'lishi mumkinki, ular ham vaziyatni
aniqlashga yordam berolmaydi.
Bemorning og'ir travma ta'sirida ahvoli ypmonlashganda unga tez yordam
bera olish kerak. Masalan, kamqonlikka olib keladigan arterial qon ketayotgan
yoki nafas yo'llariga yot moddalar tiqilib qolgan bo'lsa, avvalo, shu
asoratlarning oldini olishga, davolashga intilish kerak, so'ngra anamnez yig'ish
va boshqa tekshirishlarni boshlash mumkin.
Bemorning anamnezini to'plash va uning shikoyatlari bilan tanishish
vaqtida beriladigan savollar aniq, qisqa va ravshan bo'lishi kerak. Zararlangan
kishi yoki uni olib kelgan odamlar orqali shikastlanish vaqti, sabablari, qanday
sharoitda yuz berganligi, bemorning travma olishdan oldin va keyingi holati,
qachon va qayerda birinchi yordam ko'rsatilganini aniqlash muhim ahamiyatga
ega. Shu bilan birga bemorning boshqa sistema va a'zolariga bo'lgan
shikoyatlari, qo'shimcha xastalik belgilarini ham surishtirmoq lozim.
Savollarga olingan javoblar, zararlangan joyni chuqur ko'rish va tekshirish,
diagnoz qo'yishga, davolash usullari asoratlarining oldini olishga yordam
bermog'i lozim. Masalan, suyaklar sinishi ncrv tolalari va magistral qon
tomirlarining shikastlanishi, ko'krak qafasidagi jarohat plevral bo'shlig'iga qon
quyilishi yoki yurak tamponadasiga sababchi bo'lishi mumkin.
Jarohatga tuproq tushishi yoki ifloslangan kiyim-kechak qoqshol, gazli
gangrenani olib ketishi mumkin. Yoki miya chayqalib lat yeyishi vaqtida
boshning shikastlanishi bilan bir qatorda kishi hushidan ketadi. Bunday
bemorlarning 1,5-2 soatdan keyin hushdan ketishi miya ichiga qon quyilib,
uning asosiy markazlari oqayotgan qon bilan ezilishini bildiradi.
Shuning uchun travmadan so'ng (ayniqsa, boshqa kasalliklar bilan birga
kechayotgan bo'lsa) bemorning anamnezini yig'ish, uni tekshirishga qat'iy
e'tibor berish zarur. Bu borada o'pka, yurak-tomir va boshqa hayotiy
sistemalarni tekshirib chiqish lozim. Shikastlangan sohani ko'zdan kechirish,
ushlab ko'rish, perkussiya, auskultatsiya kabi turli tekshirib ko'rish usullaridan
foydalanish mumkin.
Travma ta'sir qilgan sohani ko'zdan kechirishda shu sohadagi terining rangi,
qo'1-oyoqning kalta-uzunligi, sohaning konfiguratsiyasi, shaklining o'zgarishi,
jarohatning katta-kichikligi, chuqurligi, xarakteri (kesilgan, yirtilgan, urib
olingan) va boshqa belgilarga ahamiyat beriladi.
Bemorni qo'1-oyog'i ko'zdan kechirilganda, quyidagilarga ahamiyat berish
kerak:
1) bo'g'imlarda patologik holat;
2) qo'1-oyoq o'qining o'zgarishi;
3) bo'g'imlarni tashkil qiluvchi sohalarning bir-biriga munosibligi.
1. Patologik holatlarda qo'1-oyoqlar majburiy vaziyatda bo'lib, uning
sababi kasallik yoki uning oqibati bo'lishi mumkin. Unda qo'1-oyoq yoki uning
ayrim segmentlari (ankiloz, kontraktura) ma'lum bir holatda qotib qolgan
bo'ladi. Masalan, tizzada bo'lishi («qenu flexum»), chanoq-son bo'g'imda -
bukilish - qotish holati («coxa vata et flexum») va boshqalar.
2. Qo'lning normada o'qi yclka suyagi boshchasini, markazidan bilak
suyagini boshchasi va tirsak suyagini boshchasiga (bilakning distal uchi)
tortilgan ip bilan o'Ichanadi. Oyoqningo'qi esa normada yonbosh
chanoq suyagining oldingi yuqori nuqtasidan tizza likopchasining ichki
qismidan tovonini 1 natijasiga tortilgan chiziqqa to'g'ri keladi. Agar
oyoq tashqi tomonga qiyshaygan bo'lsa, oyoqni valgus («0» simon) li
ichki tomonga varus («X» simon) qiyshayishi deyiladi. Qo'l uchun
Gyunter chizigi, burchagi va Marks chiziqlari mavjud.
Ushlab ko'rish vositasi bilan og'riyotgan joyni, suyak siniqlarini,
qisirlash simptomini, bo'g'imlar butunligini aniqlasa bo'ladi. Agar qon
tornirlari kesilgan bo'lsa, palpatsiya bilan magistral tomirlarda ularning
urishini aniqlash mumkin.
Perkussiya vositasi bilan ko'krak qafasi, qorin bo'shlig'i ichiga qon
to'planganda o'tmas tovush, suyak singanda qattiq og'riq borligi
aniqlanadi.
Auskultatsiya orqali tekshirishda o'pka yoki ko'krak qafasi
devorining shikastlauishi, qovurg'alarning sinishi natijasida qon
to'planib havo o'tmay qolishi, nafas shovqinlari, ichak harakatining
eshitilmasligi ma 'lum bo'ladi.
Qo'shimcha qo'Ilaniladigan usullar ichida rentgen vositasi bilan
tekshirib ko'rish alohida o'rin egallaydi. Odatda, zararlangan sohani ikki
xil vaziyatda rentgen rasmini olish, diagnozini aniqlashga imkon beradi.
Shikastlangan bemorni tekshirishda zararlangan joyni aniqlab diagnoz
qo'yilarkan, davolash va paydo bo'ladigan asoratlar to'g'risida ham
fikrlashmoq zarur. Bundan asosiy maqsad zararlangan kishi hayotini
saqlab qolish, shikastlangan a'zoning anatornik tuzilishini, funksiyasini
tiklash va bemorning mehnat qobiliyatini tiklashdan iborat bo'ladi. Kishi
hayotini saqlab qolish uchun travmaning murakkablashishiga yo'l
qo'ymaslik, shuningdek shok, kamqonlik ro'y bergan bo'lsa, ularni darhol
davolash tadbirlari ko'riladi.
Qo'1-oyoq zararlanganida santimetrli lenta bilan sog' qo'1-oyoqni
(bo'g'imlarni burchak o'lchagich (uglomer) yordamida) o'lchash lozim.
Bu holda qo'1-oyoqning anatornik nisbiy va funksional qisqarishini,
ularning o'rta fiziologik turishini hisobga olish kerak.
Shikastlanish oqibati erta va kechki, mahalliy va umumiy bo'lishi
mumkin.

Yüklə 46,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə