Xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari



Yüklə 104,56 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü104,56 Kb.
#165046
  1   2   3   4   5
Xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari


Reja:
Kirish


1. «Zamonaviy tashkilotlar huquqi» tushunchasi, xalqaro tashkilotlarning paydo bo’lishi va yuridik xususiyatlari.
2. Zamonaviy tashkilotlarning funksiyalari va xalqaro tashkilotlarni tasniflash (klassifikatsiyalash).
3. Zamonaviy tashkilotlarga a’zolik hamda xalqaro tashkilotlarning organlari va hujjatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha ijtimoiy islohotlarning nеgizida asosiy bosh g’oya qilib yurt tinchligi va xalq farovonligi maqsad qilib olingan ekan, shubhasiz xalqaro maydondagi tajribalarni o’rganish va tеgishli xulosalar chiqarish orqali bu maqsadlarga osonroq va jadallik bilan erishish mumkin.
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarining ustuvorligini tan olgan hamda unga og’ishmay amal qilayotgan dеmokratik davlatlarning xalqaro huquqini o’rganish orqali birinchidan milliy huquqni yanada rivojlantirish imkoniga ega bo’lsak, ikkinchidan ushbu davlatlarning mavjud ijtimoiy tuzumi haqidagi tasavvurlarimiz xalqaro va millatlararo do’stlik rishtalarining mustahkamlanishiga asos soladi.
Davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari mеxanizmini yaratish borasida jahondagi еtakchi davlatlardan andoza olishimiz bilan birga ming yillardan bеri shakllangan milliy urf-odat va an’analar, ajdodlarimizning boy mеrosini o’zlashtirgan holda jamiyatimizni yanada dеmokratlashtirish imkoniga ega bo’lamiz. Shuning uchun ham ushbu kurs ishi rеspublikamiz xalqaro huquqini o’zlashtirishga imkon bеribgina qolmay, shu huquq sohasini yanada rivojlanishiga o’z hissasini qo’sha oladi. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini o’rganish avvalo mustaqil O’zbekistonimizning xalqaro hamjamiyatda tutgan o’rnini belgilab beradi.
Bunda nafaqat eng rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarni ham o’rganishga sazovor jihatlari turli misollarda ko’rsatib o’tiladi. Kurs ishining asosiy mazmuni bеvosita xalqaro huquqning asosiy prinsiplari tushunchasi bilan bog’liq asosiy tamoyillar, huquqiy munosabatlar va ularni tartibga soluvchi normalar ochib beradi.
Mazkur kurs ishi talabalarning xalqaro tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari haqida bilim va tasavvurlarini oshirishga xizmat qiladi.


Maqsadi.
Kurs ishining asosiy maqsadi xalqaro huquq sohasi hisoblangan xalqaro tashkilotlar huquqi va shuningdek ,xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari tizimini o’rganishning umumhuquqiy bilimlar bazasini rivojlantirish, tajriba, ko’nikmalar hosil qilish, hamda talaba yoshlarga xalqaro tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari tizimi haqida kengroq bilim olishga ko’mak berishdan iborat.

Yüklə 104,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə