O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi



Yüklə 60,17 Kb.
səhifə1/6
tarix11.04.2023
ölçüsü60,17 Kb.
#105047
  1   2   3   4   5   6
Muqumiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQUMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA – PSIXOLOGIYA FAKULTETI
DEFEKTOLOGIYA YO’NALISHI 402-GURUH TALABASI USMONOVA SARVINOZNING
LOGOPEDIYA FANIDAN

 KURS ISHI

Mavzu: Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish


Bajardi:Usmonova S.


Ilmiy rahbar:Yo‘ldosheva D.


Mundarija
KIRISH………………………………..……………………………………..3
1.Bob.Muammoni o`rganishning ilmiy-nazariy asoslari……………………..7
1.1.Motor afaziyani bartaraf etish bo‘yicha metodik adabiyotlar tahlili……..7
1.2.Afaziyaning turlari……………………………………………………….13
2.Bob.Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish…………..21
2.1.Afaziyada nutqni tiklash metodikasi……………………………………..21
2.2.Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-reablitatsion ishlar tizimi….24

XULOSA……………………………………………………………………31


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………33

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi qaroriga asosan Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi faoliyatini yana-da takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilish belgilangan.Qarorda xalq taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish, ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish mexanizmini yana-da takomillashtirish, kasb-hunarga yoʻnaltirishning ilgʻor tajribalarga asoslangan zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish, inklyuziv taʼlimni joriy etish, rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va jamoatchilikni ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratish koʻzda tutilgan.Xoʻsh, bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratish boʻyicha Markazda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ushbu savolga Markazning defektologiya va tibbiyot boʻlimi boshligʻi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ubayda Fayziyeva javob berdi.— Ayni vaqtda Markaz tomonidan “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi”ning Nizomi hamda inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, pedagog xodimlarning malaka oshirish kurslari uchun “Inklyuziv taʼlim” oʻquv modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida tashkil etiladigan “Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi” negizida inklyuziv sharoitlarda taʼlim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.— Bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratishda nimalarga eʼtibor qaratish kerak? Korreksiyalovchi (kamchiliklarini tuzatish) taʼlim mazmunini oʻquvchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda individual boʻlishini taʼminlash orqali har bir oʻquvchi inklyuziv taʼlim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazilishi zarur. Buning uchun taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi barcha pedagog xodimlar, tarbiyachilar oldiga yagona talab qoʻyiladi. Bunda oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga yaʼni oilada, mahallada, jamoat joylarida, umuman olganda hayotda qoʻllaniladigan shaxslararo munosabatlardagi barcha kommunikativ koʻnikma va malakalar berilishini taʼminlashni koʻzda tutadi.— Inklyuziv taʼlimda maktab sinf xonalariga ham alohida talablar qoʻyiladimi?— Ha albatta, inklyuziv taʼlimga oʻtishda maktab va undagi sinf xonalariga alohida talablar qoʻyiladi. Chunki barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari sogʻlom bolalarni taʼlim olishiga moʻljallangan. Shuning uchun harakati cheklangan, zaif koʻruvchi, koʻzi ojiz, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus qurilmalar, moslamalar, darslik va oʻquv materiallari, jihozlar boʻlishi talab etiladi.— Inklyuziv taʼlim imkoniyati cheklangan oʻquvchilar umumiy dasturlar orqali oʻqitiladimi va unda qanday mutaxassislar faoliyat olib boradi?— Inklyuziv sinflarda umumtaʼlim maktablarining barcha oʻqituvchilari faoliyat olib boradi, faqat sinfdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan maxsus taʼlim mutaxassislari (surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog) maxsus oʻqituvchi sifatida hamkorlikda ish olib boradi. Inklyuziv taʼlim umumtaʼlim dasturlari asosida har bir yoʻnalishdagi (koʻrishdagi, eshitishdagi, aqliy faoliyatida muammosi mavjud) bolalarga yoʻnaltirilgan, moslashtirilgan oʻquv dasturlari asosida individual yondashuv orqali oʻqitiladi Ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni ta'minlash nazarda tutilgan. 2- bosqichda ( 2023-2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy etish, bu bo'yicha chora - tadbirlarni amalga oshirish kabilar. Inklyuziv ta'lim - bu maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatini teng ravishda ta'minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta'lim olish imkonini beradi. Inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma -bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi.ifodalashga xizmat qiladi (2)Joriy yilda «Zamin» fondi «Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish» dasturi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabida «Zamin Education» loyihasiga start berilib, loyihaning asosiy maqsadi eshitish qobiliyati zaif bolalarning kasb mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qo'llab-quvvatlash, ularni oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o'qituvchilarining malakasini oshirish va yangi metodologiyani ishlab chiqishdan iborat.Ushbu loyiha birinchi «Zamin Education» o'quv-resurs markazi ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaga mo'ljallangan sinfda ma'lumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan yordamchi uskuna — FM-tizimi o'rnatilgan. Shuningdek, har bir o'quvchiga individual eshitish vositalari taqdim etilgan.«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoeva o'quv jarayoni bilan tanishish uchun ushbu sinfga tashrif buyurib, 102 va106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning yuqori sinf o'quvchilari bilan suhbatlashib, bolalar o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va o'rganilayotgan mavzular haqida so'zlab berdi.Birinchi o'quv-resurs markazining muvaffaqiyatli natijalaridan so'ng mamlakatning barcha hududlarida «Zamin Education» sinflarini tashkil etish rejalashtirilgan. O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida" gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, bu qonunga muvofiq 2020-yil 15 oktabrda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" gi O'RQ-641 sonli qaror qabul qilingan bo'lib, bu hujjat ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan Brayl alifbesida ham nashrdan chiqarildi [4-7]. Prezidentimiz tomonidan 2020- yil 13- oktabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim - tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2020- yil 14 - oktabrdan kuchga kirgan. Hujjatga ko'ra 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo'yicha " Yo'l xaritasi" tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 1- bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni ta'minlash nazarda tutilgan. 2- bosqichda ( 2023-2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy etish, bu bo'yicha chora - tadbirlarni amalga oshirish kabilar. Inklyuziv ta'lim - bu maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatini teng ravishda ta'minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta'lim olish imkonini beradi. Inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma -bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi.

Yüklə 60,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə