O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi


Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-reablitatsion ishlar tizimi



Yüklə 60,17 Kb.
səhifə5/6
tarix11.04.2023
ölçüsü60,17 Kb.
#105047
1   2   3   4   5   6
Muqumiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti

2.2.Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-reablitatsion ishlar tizimi.

Afaziyada korreksion-pedagogik ish rejasini ishlab chiqish har doim alohida yondashuvni talab etadi. Ish rejasini tuzishda, bem orning kasallik davrini hisobga olib nutqiy imkoniyatlarini va afaziya shaklini oldindan sinchiklab o'rganish, shu bilan birga qiziqishlarini, xulq darajasini, oila a’zolari bilan o'zaro munosabatini va shu kabilarni o ‘rganish lozim.Mashg‘ulotga kirisha turib logoped shifokor bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Bunda bemorning umumsomatik holati, uning ayrim yuklamalari, masalan, boshqa mutaxassislarda qo‘shimcha tekshirilishi va shu kabilarni hisobga oladi. Agar bem orda nutq funksiyalarining yomonlashuvi o'ssa,


logoped bu haqda darhol shifokorga m a’lum qilishi kerak, chunki bu arterial bosim oshganligi haqida xabar berishga yoki shishganlik jarayonining borligini bildirishga xizmat qiladi.Insultdan so‘ng dastlabki bosqichlarda qoida bo‘yicha bemorlar statsionarda bo'ladilar. Ular bilan mashg‘ulot insultdan so‘ng dastlabki 2—3 haftalarda boshlanadi, chunki bu buzilgan funksiyalarni tezlashtirish va harakatga solish uchun eng qulay vaqtdir. Insultdan so‘ng birinchi kunlari mashg‘ulotlar 7—15 daqiqalardan, iloji bo‘lsa kuniga 2—3 martadan, so‘ng 15 dan 30 daqiqagacha o ‘tkaziladi. Buning uchun qarindoshlarjalb qilinadi, ular bemorlar bilan logoped vazifalarini tushdan so‘nggi vaqtlarda bajarishlari mumkin. Miyada qon aylanishi buzilgandan so‘ng 3 oy o‘tib, m ashg'ulotlar vaqti 30 dan 40 daqiqagacha uzayishi mumkin. Bunda kichik tanaffuslar va turli ish ko‘rinishlari mashg'ulot orasida o‘tkaziladi.Insultdan so‘ng rezidual bosqichda bemorlar bilan individual (yakka) mashg'ulotlar kabi, 40—60 daqiqalik frontal mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi.
Dastlabki 2-yil davom ida (insultdan so‘ng) bem or statsionardagi kabi (1,5—2 oy) — shifoxonada ham shug'ullansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Logoped statsionarda bemor bilan haftasiga 4 —5 marta ishlaydi, shifoxonada haftasiga 2—3 marta ishlaydi. Bu nutq buzilishining og‘irligiga, somatik holatiga va shu kabilarga borliq.
Har 2—3 oydan so‘ng m ashg‘ulotlar orasida tanaffus qilinadi (1—2 oy) so‘ng logoped yana yangitdan bemor kartasini, korreksion-pedagogik ish usullari va vazifalari bilan tuzadi. A yrim bem orlarning nutqi tanaffusdan so‘ng yomonlashadi, biroq bu yomonlashuv qoida bo‘yicha vaqtinchalik b o iad i va 3 — 4 m ashg‘ulotdan so‘ng bemorda uning oldingi darajasigacha nutq tiklanadi. Logopedik mashg'ulotlarning umumiy davomiyligi turlicha, gohida 2 — 3 yil. Oliygoh yoki maktabdagi o‘qishiga, yoki mutaxassisligi bo‘yicha ishga qaytuvchi 40 dan 50 gacha yoshdagi bemorlar bilan mashg‘ulotlar 4 — 5 yilgacha cho‘zilishi mumkin.Nutq funksiyalarini tiklashning imkoni bor natijalarini oldindan aytib berishda hisobga olinadi:a) chapaqaylik belgilarining borligi;b) umumiy somatik holat;d) ambulator mashg‘ulotlarni uyushtirish imkoniyati;e) fe’l-atvor darajasi;f) qarindoshlar bilan o‘zaro m unosabat, ya’ni uzoq davom etuvchi, sistemali logopedik m ashg‘ulotlar imkoniyatini ta’minlovchi omillar.Korreksion-pedagogik ishni rejalashtirishga: individual va guruhli mashg‘ulotlaming prespektiv rejasini tuzish, individual vazifalar, dasturlar tuzish va har bir bemorning nutq buzilishlarini bartaraf etish usullarini tanlash kiradi.Individual kartaga logoped bemorning ismi, sharifi, otasining ismini, chapaqaylikning borligi, yoshi, millati, ko‘p tillarni bilish-bilmasligi, ma’lum oti va mutaxassisligi, insult yoki travma kuni, logopedik mashg‘ulotlarning boshlanishi va tugashi, kasallikning klinik tashxisi, turli bosqichlarda nutq statusi haqida xulosa, vazifalar, usullar va korreksion-pedagogik ish natijalarini yozadi.Buzilgan nutq funksiyalarini sinchiklab o‘rganish, individual
mashg‘ulotlarda korreksion-pedagogik ishning aniq rejasini tuzishda; kasallik bosqichlari, kasallik bosqichlariga mos keluvchi korreksionpedagogik ishning usullarini tanlash, individual mashg‘ulotlami o‘tkazish joyi (bemor palatasida, logoped xonasida) yoki guruhli m ashg‘ulotlarda ishtirok etish hisobga olinadi.Har bir mashg‘ulot-darsga logoped qisqa reja tuzadi va didaktik material tanlaydi. Mashg‘ulot kundalikka yozib qo‘yiladi (bemor uchun tutilgan kundalik).Individual mashg‘ulotlarda logoped uy vazifalarini tekshiradi, og'zaki nutqini, o‘qish, yozish, hisob va tushunishning buzilishini bartaraf etish bo‘yicha turli mashqlar bilan shug'ullanadi. Har bir mashg‘ulot bemorning umumiy daftariga navbatdagi uy vazifalarini (albatta ko‘rsatmasi bilan), qachon va nechada bemor keyingi mashg‘ulotga logoped oldiga kelishi haqidagi yozuv bilan tugaydi.Tiklash bo‘yicha ta’lim vazifalari reja asosida quriladi. Bunda nutqning barcha tomonlari buzilishi darajasiga va xarakteriga mos bolishi kerak, aynan esa:
1) vaziyatli nutq fonematik eshituvni tushunishni tiklash va hokazo;
2) elem entar ekspressiv nutqni tiklash, ekspressiv agram atizm ni bartaraf etish va shu kabilar;
3) analitik o ‘qish va yozuvni tiklash.Buzilgan nutq funksiyalarini bartaraf etish bo'yicha korreksionpedagogik ish usullarini tanlash, yuqorida aytib o ‘tilganidek, tiklanish bosqichlari (erta, rezidual bosqich) afaziya formasi, nutq buzilishining og‘irlik darajasiga qarab aniqlanadi. Agar buzilgan funksiyalarning tiklanishi tez kechsa, u holda nutq buzilishlarini bartaraf etish usullari va vazifalarini almashtirish har 1 — 2 hafta mobaynida sodir bo‘lishi mumkin. Chapaqaylikda va insultdan so‘ng erta bosqich uchun tiklanishning tez kechishi xarakterli. Agar nutqning tiklanishi sekin kechsa, u holda logoped 2 oyda 1 marotaba korreksion-pedagogik ish usullarini va vazifalarini
aniqlab oladi va yangitdan mashg‘ulot rejasini tuzadi.Korreksion-pedagogik ish natijalarini baholash Bemorni kasalxonadan chiqarishda yoki ambulator mashg‘ulotlaming yakunlovchi bosqichida logoped tiklash bo‘yicha ta’lim natijalarini baholaydi, nutq buzilishining og'irlik darajasini belgilaydi, bemorning
faolligini, nutqning turli tomonlarini tiklanishi darajasini, ekspressiv va impressiv nutqni tiklanishini turli temp borligi, o‘qish va yozuvni belgilaydi.Tiklovchi ta’limning natijalarini 4 ta baholashdan foydalaniladi: ma’lum , ko‘p miqdordagi tiklanish; umumiy yaxshilanish; qisman yaxshilanish; o‘zgarishsiz.Ko‘p miqdordagi tiklanish ostida agramatizm elementlari bilan erkin og‘zaki va yozma o‘z fikrini tushunarli bayon qilish va yozuvdagi kam xatolar nazarda tutiladi. Ko‘p miqdordagi tiklanish uzoq davom etuvchi sistemali m ashg'ulotlar natijasida yoki insultdan so‘ng nutq buzilishining erta bosqichida yaqqol namoyon bo‘lgan yengil darajasida kuzatiladi.Umumiy yaxshilanishda m otor afaziyali bemorlami frazalar yordamida muloqot qilish imkoniyatini, sensor afaziya - fonematik idrokni tiklanishi, sujetli rasmlar seriyasi bo'yicha murakkab bo‘lmagan matnlar tuzishimkoniyatini, o ‘qish va yozuvning ma’lum m iqdorda tiklanishini nazarda tutish kerak. Qisman yaxshilanish 2—3 oylik ishning turli bosqichlarida tiklovchi ta’lim natijalari haqidagi birm uncha doimiy xulosa. Bemor bilan uzoq muddat ishlash bem or nutqining turli tom onlarini ko‘p marotaba qisman yaxshilanishini jamlashga imkon beradi. 2 — 3 yildan so‘ng bemor umumiy yaxshilanish yoki ko‘p miqdordagi tiklanish bahosini oladi. Qisman yaxshilanish, ayrim so‘zlar yoki qisqa gaplar yordamida muloqot qilishim koni paydo bo'lishini nazarda tutadi. Bundan tashqari nutqni tushunishni yaxshilanishi, yozma nutqning u yoki bu darajada yaxshilanishi ham qisman yaxshilanishga taalluqli. Tiklovchi ta’limning bahosi hech bir o'zgarishsiz nutq funksiyalari, yaxshilanishning o‘sishi yo‘qligini qayd qiladi va tasdiqlaydi. Bunday dinamikaning yo‘qligini total va boshqa istalgan afaziyaning erta tiklanishi bosqichida kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari bemorning yomon somatik holatida va uzoq davom etuvchi korreksion -pedagogik tadbirlarning yakunida kuzatiladi.Tiklovchi ta ’lim natijalarini baholashda bundan tashqari bir qator miqdoriy va sifatli baholar mavjud. Bundan ham nutq funksiyasining buzilishini va uning tiklanishini baholashda foydalaniladi.Bemorni statsionardan chiqarishda yoki am bulator mashg‘ulotlarni vaqtinchalik to‘xtatganda bemorga vazifalar uyiga berish tavsiya qilinadi. Vazifalar berishda afaziya formasi, uning og‘irlik darajasi va bemorning shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. O‘rtacha og‘irlikdagi aralash akustikagnostik, akustika-mnestik va semantik afaziya bilan og‘rigan bemorga uyga berilgan tavsiyanomaning namunasi: 2 hafta to‘liq dam olish; uyni tartibga keltirish, bog‘da sayr qilish, kunduzi uxlash, ya’ni sizda kanikul ekanligini unutmaslik. Faqat gazetalar o‘qish, televideniya bo‘yicha sport ko‘rsatuvlarini tomosha qilish. 1—2 kishidan ko‘p bo‘lmagan, eng yaqin, bemorni toliqtirmaydigan mehmonlarni kutish mumkin. 2 haftadan so‘ng mashg‘ulot boshlanadi:
1) kitob bo‘yicha matnlar o‘qish, matn savollariga yozma javob berish;
2) rasmlar bo'yicha og‘zaki insho tuzish, biroz ijod qilish, fantaziya qilish;
3) turli jurnallar, asarlar bo‘yicha insho yozish;
4) diktovka ostida kichik m atnlar yozish (bemor qarindoshlariga: matnni 1—2 so‘zdan diktovka qilishi. Gap 5—6 so‘zdan oshmasligi kerak. Diktant sujetli rasmga tayangan bo‘lsa yanada yaxshiroq);
5) nutq eshituv xotirasini mashq qildirish; 12—16 ta rasm orasidan vazifa bo'yicha 2—3 ta rasmni topadi. Bemor kerakli so'zni oson topishi uchun predmetning "unutilgan" sifatlarini aytib berish mumkin;
6) maqol va matallar ma’nosini muhokam a qilish;
7) 3-sinf darsligi bo'yicha arifmetik misol va masalalarni yechish;
8) ko‘rsatmalar bera turib o ‘ng va chap orientatsiyasini ola bilishni tiklash; chapda turgan qoshiqni ol va hokazo.
9) ko‘p m a’noli sonlarni yozma, harfli yozish, so‘ng ularni raqam bilan yozish. Qanday va qancha shug'ullanish kerak; o'zini yomon his qilgan, kayfiyati yomon kunlari, dam olish kunlari, mehmon kutish kunlari va shu kabilarda shug‘ullanmaslik lozim . Odatdagi kunlard a 20—30 daqiqadan, kuniga 2—3 marta turli uzunlikdagi tanaffuzlar bilan shug'ullanish lozim. Bemor bilan individual mashg‘ulotlar ko‘p rejali darslar singaridir.
Efferent afaziya bilan og‘rigan bem or uchun dars rejasining namunasi:
1. Uyga berilgan yozma vazifalarni tekshirish. (Bunda bem orning hamma xatolari belgilanmay, balki uni jarohatlamaslik uchun faqat 3—4 tasiga belgi qo'yiladi).
2. Uyga berilgan og‘zaki vazifalarni tekshirish (rasmlar bo'yicha frazalar tuzish, o‘qiganini gapirib berish).
3. Yozuv ko‘nikmalarini tiklash (kesma harflar bilan ishlash, so‘zdagi tushib qolgan harflarni to‘ldirish, eshitib diktant yozish).
4.Predmet, rasm va m a’noli ishoraga tayanuvchi so‘zni kontekstdan chiqarish
5. Sujetli rasmlar bo'yicha frazalar tuzish, ularni muhokama qilish, daftarga mustaqilyoki logoped yordamida yozish.
6. Matnni o‘qish va uni reja bo‘yicha gapirib berish (savollar bo‘yicha, tayanch so‘zlar bo‘yicha).
7. Uyga vazifa kichik matnni o‘qish va gapirib berish, o ‘tkazib yuborilgan so‘z yoki harflarni to ‘ldirish, rasm bo‘yicha hikoya tuzish va shu kabilar. Afaziyali bemorlar bilan guruhli mashg‘ulot. Guruhli mashg'ulotda korreksion-pedagogik ishning vazifalari quyidagilar:
1. Nutqiy m uhitda kommunikativ funksiyani tiklash.
2. Nutqiy qo‘rquvni bartaraf etish.
3. Afaziyali bemorlarga xos bo‘lgan nutqiy qiyinchiliklarni, kundalik hayotim izda uchraydigan turlicha vaziyatlarga yaqinlashgan sharoitlarda yengishni o‘rganish.Afaziyani motor formasida guruhli mashg‘ulotlar eng ixtiyoriy, birmuncha saqlangan, emotsional va ifodali nutq funksiyalarini amalga oshirishga yordam bermog‘i lozim. Semantik va sensor afaziya vaqtida guruhli mashg‘ulotlarda so‘z topish, izlash qiyinchiliklari bartaraf etiladi.Guruhli mashg‘ulotlarda afaziyaning bir xil formasi bilan og'rigan yoki nutq faolligi bir xil bo‘lgan 3 — 4 bem or birga qo‘shiladi.Motor afaziyali bem orlarning aniq talaffuzi boshqa bemorlarga (afaziyani boshqa formasi bilan og‘rigan) nutqni tushuntirishda qiyinchilik tug‘diradi.
Motor afaziyada guruhli mashg‘ulotlarda suhbatlardan , turli instsenirovkalardan ("dorixonada", "Shifokor qabulida"), teleko‘rsatuvlar muhokamasidan (sport ko‘rsatuvlari, xalqaro ko‘rsatuvlar, bolalar tarbiyasi haqida) foydalaniladi. Eng og‘ir nutqsiz bemorlar uchun noverbal kommunikatsiya usullaridan foydalaniladi. Bu usullar rasmlar, piktogrammalar yordamida amalga oshiriladi, geografik karta bo'yicha "sayohat" foydalidir, bem orlarning qayerda yashaganliklari yoki dam olganlari, nima bilan shug'ullanganliklari aniqlanishi mumkin. Bemorlar logoped savollariga javob berishda rasm lar va imo -ishoralardan foydalanadilar. Sensomotor afaziyali nutqsiz bem orlar bilan ishlash tartibiga nutqiy guruhli o'yinlarini kiritish mumkin. Bu nutq diqqatining yaxshilanishiga, harakatini ifodalash, tasvirlash uquvini yoki imo-ishora yordamida predmetni tasvirlash ukuvini o‘zlashtirish uchun foydalidir .Guruhli mashg‘ulot boshida logoped bemorga mashg‘ulot mavzusini ma’lum qiladi, unga "ssenariy" rejasini beradi. Birmuncha tez-tez ishlatiladigan nutqiy iboralar maxsus kartochkalarga yozilgan boiishi mumkin. "Ssenariy" mavzusini individual mashg'ulotlarda oldindan ishlab,
o'rganib chiqish m um kin. G uruhli m ashg‘ulotlar jarayonida logoped suhbatda faol ishtirok etadi, o‘z vaqtida yordamga keladi, nutqiy aloqa qiyinchiliklarini silliqlaydi.
Sensor va sem antik afaziyali bemorlarni bir guruhda 2—3 kishidan birlashtirish mumkin. Bu bemorlar bilan olib boriladigan ish vazifalari fikr bayon qilish aniqligini tarbiyalash va keng dialog disput olib borish uquvini tarbiyalashdir. Turli xil nutq o'yinlaridan foydalaniladi. Eng avvalo, murakkab bo’limagan krossvordlar, maqolalar ahamiyatini tahlil qilish, matallar, idiomalar aham iyatini tahlil qilish, kichik disputlar, masalan, qayerda yaxshi dam olish mumkin va shu kabilardan foydalaniladi.

Xulosa
Bilamizki, biz o‘rganayotgan barcha fanlar o‘ziga yaqin bo‘lgan fanlar bilan


o‘zaro munosabatda bo „ladi. Shu kabi neyrolingvistika fani ham ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan fan hisoblanadi.O‘rganilgan ishdan shuni xulosa qilish mumkinki, neyrofiziologiya va tilshunoslik fanlari oralig‘ida vujudga kelgan chegaradosh fan neyrolingvistika nutqiy faoliyatning miyadagi mexanizmlarini va miyaga mahalliy shikast yetishinatijasida nutqiy jarayonlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganuvchi fandir.namoyon bo‘ladi. Afaziyaning til sathlarida namoyon bo„lish omillariga introlingvistik omillar kiradi. Afaziya holati tilning fonetik, leksik, semantik, morfologik va sintaktik sathlarida voqelanadi. Ishda keltirilgan misollardan ham ko‘rish mumkinki, afaziyaga chalinganlarning nutqida tovushlarni almashtirib talaffuz qilish yoki umuman talaffuz qila olmaslik, so‘zlarni, iboralarni ma‟nosini farqlamaslik, bir guruhga mansub so‘zlarni almashtirib qo‘llash, gap tuzishda so‘zlarni o‘rniga qo‘ya olmaslik va bir uslub o‘rniga boshqa uslubni farqlamasdan ishlatish kabi kamchiliklar uchraydi. Afaziyaga chalinganlardagi bu kabi nutqiy buzilishlarni tilshunoslikka bog‘liq holda o‘rganish logopedik muammolarni hal etishda nazariy ahamiyat kasb etadi. Afaziyaga chalinganlarda kuzatuv o‘tkazilganda, afaziya turiga qarab ularda har xil kamchiliklar uchragan. Semantik afaziyada umuman o‘zlari fikr yurita olmaydi, ular aytilgan fikrni yodlab olib takrorlashi mumkin. Afaziyaning tilda namoyon bo’lishini kopgina olimlar o‘rgangan va afaziyaga chalinganlar tovushlarni qo’llashda, so’zlarni qo’llash va ularning ma‟nolarini ifodalashda, gaplar qurilishida xatoliklarga yo‘l qo‘yishini alohida ko‘rsatib o‘tgan. Afaziyaga chalinganlar nutqida bundan tashqari uslubshunoslikka oid nutqiy buzilishlar ham uchraydi. Afaziya holatining til sathlarida namoyon bo‘lishi neyrolingvistika fanining neyrofiziologiya tilshunoslik fanlari oralig‘ida vujudga kelganligining yana bir isbotidir. Bosh miyaning shikastlanishi inson nutqiy faoliyatiga o‘ ta‟sirini ko‘rsatishini, bosh miya faoliyati bilan nutqiy organlarning bog‘liqligini neyrolingvistika fani o‘rgatsa, uning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan afaziologiya bo‘limida biz nutqdagi buzilishlarni o‘rganamiz. Afaziya bo‘yicha ko‘pgina olimlar tadqiqot olib borgan. Ushbu ishda ko‘rilgan masalalardan kelib chiqib, nutqdagi buzilishlar o‘z- o‘zidan sodir bo‘masligi, unga qandaydir omillar ta‟sir ko‘rsatishini bilish mumkin.Afaziologiyada biz nutqiy buzilishlarni,ya‟ni bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqiy buzilishlarni o‘rganar ekanmiz, ishda ko‘rsatilgan nutqiy buzilishlar tasnifida tashqari har bir nutq buzilishi shakllarining ichida turlari ajratilgan. Afaziyaning yuzaga kelishida bosh miyaninjarohatlanishi sabab bo‘lar ekan, bosh miya po‘stlog‘idagi nutq markazlari nutq jarayonini amalga oshirishda asosiy o‘rinda turuvchi zonalar hisoblanadi. Hatto o‘zgalar nutqini tushunish va gapirayotgan kishi o‘z nutqini idrok qilishi ham bosh miya po‘stlog‘ining faoliyati bilan bog‘liq. A.R. Luriya bosh miya shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqiy buzilishlarni uch blok asosida o‘rganadi. Birinchisi gapirolmay qolish, ya‟ni nutqning yo ‘qolishi, ikkinchisi eshitib saqlab qololmaslik va uchinchisi fikr yurita olmaslikdir. Ushbu ishda afaziya turlarini va ularga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsatishda A.R. Luriya tasnifiga asoslanildi.



Yüklə 60,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə