O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi


II.Bob.Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish



Yüklə 60,17 Kb.
səhifə4/6
tarix11.04.2023
ölçüsü60,17 Kb.
#105047
1   2   3   4   5   6
Muqumiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti

II.Bob.Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish.
2.1.Afaziyada nutqni tiklash metodikasi.
Reabilitatsion ta’limning ilmiy asoslari va vazifalari. Oliy psixik funksiyalar va nutqni afaziya yuz berganda tiklash (reabilitatsiya qilish)yo‘llari va im koniyatlar haqidagi ta ’limotning rivojlanishini ham shartli ravishda ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich XIX — XX asring birinchi choragini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda afaziya tufayli yuz bergan nutqiy buzilishlarni tuzatish mum kin emas deb hisoblagan. Bunday xulosaga kelinishning asosiy sabablari — psixik funksiyalarning miyadagi muayyan markazlar bilan to‘g‘ridan tog‘ri lokallashtirib
qo‘yilishi va ulami tug‘m a, o ‘zgarmas hodisalar sifatida ko‘rib chiqilishida edi. Bunday q arash lar oliy psixik funksiyalar (OPF )n i hech ham reabilitatsiya qilib b o‘lmaydi, degan xulosaga olib kelardi.Tor lokalizatsion fikrlar XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida shakllanib XX asr birinchi choragiga qadar yetakchilik qilib keldi. Ularning paydo bo‘lishiga fransiyalik anatom P. Broka (1861) va nemis psixiatri K. Vemike (1872) larning kashfiyotlari sabab bo‘ldi. OPF ning miyadagi muayyan markazlarda lokollashishihaq idagi taxminlar natijasida psixik funksiyalarning turli-tum an "markaz"lari aniqlana boshlandi. Jum ladan, "yozish markazi" (Eksner), "hisoblash markazi" (G enshen), "tushunchalar markazi" (Sharko, Brodbent) va hokazolarning kashf etilishi fikrimizning dalilidir.Tor lokalizatsionizm taiim otining tarafdorlari barcha psixik funksiyalar butun miya faoliyatining emas, balki miyadagi alohida markazlaming ishlashi natijasi ekanini isbotlashga urinishar edi.Psixologiya, nevrologiya, fiziologiya sohalarida to'plangan bilimlar, ma’lum otlar psixik funksiyalarning paydo bo’lishi miyadagi bir necha markazlaming birgalikdagi faoliyati natijasi ekanligini ko‘rsata boshlagach, lokalizatsionizmga tamom ila teskari, qarama -qarshi ta’lim otantilokalizatsionizm paydo boldi.
Antilokalizatsionistlar faqatgina elem entar psixik jarayonlar (ko‘rish, eshitish, sezgirlik) miyaning maium markazlarida lokalizatsiyalanishi, OPF lar esa butun miya faoliyatining natijasi ekanligini ta ’kidlashdi, biroq ular xam OPF larni reabilitatsiya qilish yoilari va imkoniyatlari m uam m osini hal etib bera olmadilar.
OPF larni reabilitatsiya qilish haqidagi bunday qarashlar ikkinchi jahon urushi davrida tamom ila qayta ko'rib chiqildi. Chunki miyasi jarohatlangan jangchilarni nafaqat davolash, balki buzilgan psixikfunksiyalami tiklash ham zarur edi. Aynan shu davr OPF larni reabilitatsiyaqilish haqidagi ta’limot rivojining ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu davrda rus psixologlari, fiziologlari, defektologlari OPFlarni tiklash masalasiga o'zgacharoq yondashib, psixik funksiyalarni tiklashning yangi yomini funksional sistemalarni qaytadan o ‘qitish metodi yordamida qayta
ko‘rish yo'lini ishlab chiqdilar. Bu yo‘l avvallari mavjud bo‘lgan vikariatva tormozlanishdan chiqarish yoMlaridan tubdan farqlanadi.
Yangi reabilitatsion yo‘lning paydo bo‘lishi nazariy va metodologik qarashlarning qayta ko‘rib chiqilishi natijasidir.Zamonaviy psixologiya fani OPF laming quyidagi xususiyatlarini ajratib ko'rsatadi: birinchidan, inson psixik funksiyalari tarixiy taraqqiyot natijasi bo‘lib, ularning kelib chiqishi ijtimoiy tabiatga ega; ikkinchidan, inson psixik funksiyalari hayot davomida ijtimoiy tajribani o ‘zlashtirish jarayonida shakllanadi: uchinchidan, psixik jarayonlarning rivojlanishi birqancha bosqichlarni bosib o'tgach, ular murakkab psixik jarayonlarga aylanadi; to‘rtinchidan, barcha murakkab psixik funksiyalarning shakllanishi va rivojlanishida nutq yetakchi rolni o ‘ynaydi.Shunday qilib, psixik funksiyalarga kelib chiqimiga ko‘ra ijtimoiytarixiy, (uzilishi jihatidan bevosita kcchishiga ko'ra ixtiyoriy tuzilma bo‘lib hisoblanadi. Barcha OPF lar faoliyatida nutq juda muhim ahamiyatga ega bolib, aynan uning hisobiga psixik funksiyalar anglangan va ixtiyoriy boshqariluvchi bo‘lib boradi OPF lar haqidagi yangi tasavvurlar ularning lokallashuvi to‘g‘risidagi yangi ta’limotni paydo boiishi uchun asos bo‘ldi. Bu ta’limotga ko‘ra:
1) OPF birgalikda faoliyat ko'rsatuvchi, ammo funksional jihatdan yuksak differensiallangan miya zonalari tomonidan amalga oshiriladi;
2) har bir OPF ning ro'yobga chiqarilishi ularning psixologik strukturasini realizatsiya qiluvchi miya zonalari tomonidan amalga oshiriladi.Mazkur nazariy qarashlar asosida neyropsixologiya OPF buzilishining bir qancha qonunlarin; tushuntirib berdi, hamda ularni tiklash yo‘llari va imkoniyatlarini ko‘rsatdi.Neyropsixologiyariing ko'rsatishicha;
1) miya organik jarohatlangan OPF laming dezorganizatsiya yuz beradi, ya’ni tuzilishi, o ‘zaro aloqalar buziladi;
2) u yoki bu fiziologik omilning (kinestetik, akustik som atofazoviy, fazoviy va h.k. ) ishdan chiqishi funksiyaning psixologik strukturasidan u yoki bu bo‘yog‘ning tushib qolishga olib keladi.
Angliyalik nevrolog X. Djeksonning bu g'oyasi A.R. Luriyaning tadqiqotlarida o ‘z isbotini topdi va yanada rivojlantirildi;
3) u yoki bu omilning tushib qolishi butun funksiyaning tizimi buzilishiga olib keladi;
4) miyaning muayyan sohasi zararlanganda bir emas, bir necha psixik funksiya ishi buzilishi mumkin;
5) miyaning bir necha sohasi zararlanganda aynan bir funksiyaning ishi buzilishi mumkin;
6) miya jarohatining o‘chog‘ini lokallashtirish funksiyaning lokallashtirishi bilan aynan mos kelmaydi. Shunday qilib, reabilitatsiya ta’limning nazariy asosi bo‘lib psixologiyadagi OPF haqidagi to‘plangan zamonaviy qarashlar xizmat qiladi. Ushbu nazariy asosga tayanib rus psixologlari, fiziologlar, nevrologlar, logopedlar bilan birlikda OPF larni tiklashning yangi yo‘lini— reabilitatsion t a ’lim orqali funksional tizim larni qaytadan ko‘rish yo‘lini ishlab chiqdilar. Am aliyotda bu yo‘l quyidagi ikki yo‘nalishga ega:

  1. Birinchi y o ‘nalish muayyan funksiyaning shakllanishi davrida yo‘qolib ketmagan, balki yetakchi afferentatsiyaga o‘rin bo'shatib, o‘zi "zaxiraga" o‘tgan afferentatsiyalarni ishlatishga asoslanadi. Bunda reabilitatsion ta ’lim shunday tashkil etiladiki, defTekt asosida yotgan, funksional tizim ning buzilgan afferentatsiyasi "zaxira"dagisi bilan almashtiriladi. Masalan, kinestetik bo‘g ‘ini zararlangan og'zaki nutq va o‘qishning tiklashda saqlanib qolgan (zaxiradagi) tovushlarning okustik analiz ishga tushiriladi. Bu metod qo‘llanilganda kasal bir vaqtning o‘zida matnni eshitadi va uning grafik tasvirini (suratini) ko'radi. Optik va akustik afferentatsiyaning bunday birgalikda ishga tushirilishi og'zaki nutq va o‘qish funksiyalarini tiklash imkonini beradi.

2. Ikkinchi yo‘nalish o‘z ichiga yangi bo‘g‘inlar (afferentatsiyalar)ning ishini olgan yangi funksional tizimlarni yaratishga asoslanadi. Yangi bo‘g‘in la r ishga tushirish zararlangan funksiyani go‘yo qaytadan konstruksiyalaydi.
Masalan, o‘qish funksiyasi bu metodda quyidagicha tiklanadi:
1) bo‘rtib chiqqan harflar ustidan barmoq yurg‘aziladi;
2) harf barmoq bilan havoda chiziladi;
3) bir vaqtning o‘zida tovush eshittiriladi, uning grafik shakli ko‘rsatiladi va gapirishga undaladi. Albatta, bunday metodning qo’llanishi, avvalo, deffekt tabiati, mexanizmi va strukturasini
hisobga olib ta ’lim vazifalarini aniq belgilab olishni taqozo etadi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:
a) kasalni deffekt bilan birga yashashga o‘rgatish emas, nutqni psixik funksiya sifatida tiklash;b) nutqning alohida sensomotor operatsiyalarini emas, nutqiy muloqot faoliyatini tiklash;d) avvalo, nutqning alohida tomonlarini emas, butun kommunikativ funksiyasini tiklash;
e) kasalni normal ijtimoiy muhitga qaytarish.Ushbu vazifalar afaziya bilan kasallangan kasallarning shaxsiy va ijtimoiy reabilitatsiyada keng amaliy effektga samaraga erishishi maqsadiga qaratilgan.



Yüklə 60,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə