Mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishi Reja



Yüklə 142 Kb.
səhifə1/7
tarix18.05.2023
ölçüsü142 Kb.
#111091
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qo llanilishi


Mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishi
Reja:

  1. Axborot texnologiyalarining biznes sohasida qo’llanilishi

  2. Axborot texnologiyalarining bank va robototexnikada qo’llanilishi

  3. Axborot texnologyalarining san’at, fan va texnikada qo’llanilishi

  4. Axborot texnologiyalarining marketing va ishlab chiqarishda qo’llanilishi

  5. Axborot texnologiyalarining tibbiyot soҳasida qo’llanilishi


Axborot - bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof-muhit to’g’risidagi ma’umotlardir.
Axborot tеxnologiyalari - axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari — bu, kompyuterlarni qo‘llash, foydalanuvchilarning (dasturlash sohasida kasb egasi bo‘lmaganlarning) axborot jarayonida keng ishtirok etishiga, do‘stona foydalanuvchi interfeysning yuqori darajasiga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo‘llashga, EHMning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kirishiga asoslangan texnologiyalardir.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo`jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, komp`yuterlar keng qo`llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko’rib chiqamiz.


Biznes sohasi

Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishida katta rol` o`ynashi mumkin.


Masalan:

  • biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;

  • kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli xujjatlarini tartibga keltirishda;

  • kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o`tkazishda;

  • reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;

  • mijozlar haqidagi ma`lumotlar ro’yxatini tayyorlash, saqlash va u bilan ishlashda;

  • boshqa firmalar, potensial ta`minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog’lanishda;

  • mijozlar va ta`minotchilar bilan muzokara olib borish va xokazolarda.

Bank sohasi

Bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega.


Masalan:

  • yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma`lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to`lash imkoniyatini yaratish;

  • mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;

  • kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo`lga qo’yish va boshqalar.




Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə