Mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishi Reja


Та’limda zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 142 Kb.
səhifə4/7
tarix18.05.2023
ölçüsü142 Kb.
#111091
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qo llanilishi

Та’limda zamonaviy axborot texnologiyalari

Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir.
AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi.
Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
Elektron va masofaviy texnologiyalar — ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.
Elektron ta’lim (E-Learning) — avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə