Mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishi Reja



Yüklə 142 Kb.
səhifə3/7
tarix18.05.2023
ölçüsü142 Kb.
#111091
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qo llanilishi

Tibbiyot sohasi

Ma`lumki, shifokorga borishni ko’pchiligingiz xush ko`rmaysiz. Birinchidan, siz bemorsiz. Sog`lom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda hamma joyda navbatda turishga to’g’ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun va xokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo’ladi.


Komp`yuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo’lishi ko’p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o`zgartirib yuboradi. Endi siz to’g’ridan-to’g’ri shifokor xuzuriga yo`l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari komp`yuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo`yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo’lsangiz, sizniki ham bo’ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo’lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yerning o’zida shifokor komp`yuterga kiritib qo`yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma`lumotlar komp`yuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo’yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Reseptni olib, boshqa kop`yuter yordamida ushbu retseptdagi dorilarni eng yaqin bo’lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.
Komp`yuter medisinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, komp’yuterli tomograf — ya`ni siljib xarakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to`liq ma`lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jins­lar (masalan, buyrakdagi tosh) haqida ma`lumot berishi mumkin. T omograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko’rsatish uchun albatta u komp`yuter bilan bog’langan bo’lishi shart.


Komp`yuter va san`at

Komp`yuterning san`atga qanday aloqasi bor? Komp`yuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San`at esa — bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham komp`yuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda komp`yuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichiq royal yoki elektroorgan yordamida komp`yuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko’rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o’zida, shu onda eshitib ko’rishi ham mumkin.


Komp`yuterlar rassomlarga ham xo`b yoqib qolgan. Komp`yuter grafikasi bo’yicha birinchi ko’rgazma 1956 yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar komp`yuterdan foydalanib kelmoqdalar.
Bundan tashqari, kino va televidenieni ham komp`yuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, xatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda.



Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə