6-Mavzu: Kompyuter grafikasi. Reja: Kompyuter grafikasi tushunchasi



Yüklə 260,02 Kb.
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü260,02 Kb.
#149331
  1   2   3   4
6-Ma\'ruza ATKFQ


6-Mavzu: Kompyuter grafikasi.
 
Reja:
1. Kompyuter grafikasi tushunchasi.
2. Rastrli grafika.
3. Vektorli grafika.
4. Fraktal grafika.
5. Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlari.
Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommabop yoʻnalishlardan biri boʻlib bormoqda. Hozirda bu yoʻnalish bilan hatto professional rassom va dizaynerlar ham shugʻullanmoqda. Kompyuter grafikasi - kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yoʻnalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda koʻpgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qoʻllanila boshlandi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yoʻnalishlarni tinmay oʻrganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta oʻzgarishlar yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini oʻzida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Kompyuter grafikasi axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ulrga ishlov berish, shuningdek, grafik obʻektlar va fayllarda boʻlgan nografik obʻektlar oʻrtasida bogʻlanish oʻrnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb ataladi.
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga boʻlib oʻrganiladi: rastrli grafika, vektorli grafika, fraktal grafika. Ular oʻrtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan oʻtish usulidan iborat. Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qogʻozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya boʻylab bir marta chopib oʻtadi, uning izi esa ekranda keyinga buyruq berilguncha saqlanib qoladi.

Yüklə 260,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə