6-Mavzu: Kompyuter grafikasi. Reja: Kompyuter grafikasi tushunchasi



Yüklə 260,02 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü260,02 Kb.
#149331
1   2   3   4
6-Ma\'ruza ATKFQ

Grafik formatlar. GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati –Internetda eng keng tarqalgan grafik format boʻlib, u Internet tarmoqda birinchi boʻlib paydo boʻlgan. Internet tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning koʻp qismi GIF formatli fayllaridir. GIF tasvirni zichlashtirishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu zichlashtirish jarayoni sifatga ta’sir qilmaydi, ya’ni, zichlashtirishdan keyin olingan tasvir boshlangʻichi kabi boʻladi.
Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega boʻlsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati koʻp rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun moʻljallangan boʻlib, foydalanish darajasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi grafik format hisoblanadi.
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha boʻlgan rangni saqlaydigan tasvirlarni zichlashtirish imkoniyatini beradi. Bunday zichlashtirish tasvirning sifati yoʻqolishi (lossy compression) hisobidan sodir boʻladi.
JPEGda boshlangʻich tasvirni zichlashtirishda “zichlashtirish darajasi”ni juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “zichlashtirish darajasi” tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, zichlashtirish darajasi qancha yuqori boʻlsa tasvirning koʻrinishi boshlangʻich tasvirga nisbatan shuncha koʻp yomonlashadi.
PNG grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus yaratilgan zichlashtirish formati boʻlib Deflate zichlashtirish algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik tomonlarini oʻzida mujassamlashtirgan.
TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan boʻlib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma’nosini anglatadi. Bu grafik format etarlicha murakkab boʻlsa ham uning strukturasi ma’lumotni yozishning qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud boʻlib ularning qoʻllanilishi koʻpgina qoʻshimcha funktsiyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi

Yüklə 260,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə