6-Mavzu: Kompyuter grafikasi. Reja: Kompyuter grafikasi tushunchasi



Yüklə 260,02 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü260,02 Kb.
#149331
1   2   3   4
6-Ma\'ruza ATKFQ

Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil oʻlcham va yacheykalarga ega boʻlgan nuqtalar (piksellar) toʻplami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan koʻpgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga moʻljallangan.
Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bo’lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi.
Vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tavirlarni yaratishga moʻljallangan. Vektorli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flashlarni keltirish mumkin. Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari hamda ushbu nuqtalardan oʻtuvchi chiziqlar hamda vektorlar formulalaridan iborat boʻladi.
Vektorli grafika-shrift va oddiy geometrik elementlarni qoʻllash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi ma’lumot operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida obyektlar oʻzining xususiyatini yoʻqotmaydi. Murakkab obyektlarni vektorli grafikada ularning oʻlchamini kattalashtirib koʻzdan kechirish mumkin.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan boʻladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi.
Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz har-xil tasvirlarni olish mumkin.
Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir.
Fraktal grafika odatda oʻyin dasturlarini yaratishda koʻproq qoʻllaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsiyentlarini oʻzgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika boʻlib, uning vektorli grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar oʻzgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qoʻllaniladi.

Yüklə 260,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə