1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Parazitlarning yashash sharoitiga morfologik adaptatsiyalari. Devastatsiya ta’limoti



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə11/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Parazit

6. Parazitlarning yashash sharoitiga morfologik adaptatsiyalari. Devastatsiya ta’limoti.
Parazit va xo‘jayin bir-biri bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda yashaydi. Lekin parazitlar xo‘jayini organizmiga har tomonlama ta’sir qiladi.
Bu albatta,
parazitning turiga,
organizmdagi yashash joyiga,
parazitning miqdoriga,
organizmning yoshi va umumiy holatiga, himoya moslamalarning xarakteriga,
hamda tashqi muhit sharoitiga bog‘liq.
Xo‘jayin organizmi sharoiti tashqi muhit sharoitlaridan keskin farq qiladi. Buni oqibatida evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlarning hayot uchun xos moslamalari paydo bo‘lgan.
Ko‘payishi va rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Natijada, parazitik hayot uchun mos ayrim organlar rivojlanib, ayrim kerak bo‘lmaganlari reduksiyaga uchragan.
Parazitlikka o‘tishdagi morfologik adaptatsiyalar evolyutsion xarakterga ega bo‘lib, uch xil tipga ajratiladi:
1. Morfologik progressiv adaptatsiya
2. Morfologik regress adaptatsiya
3. Biologik adaptatsiya
Morfologik progressiv adaptatsiya.
Parazitik hayot uchun kerak bo‘lgan a’zolarni paydo bo‘lishi:
a)turli yopishuv organlari (so‘rg‘ich, ilmoq, xitinli tishchalar va boshqalar),
b)ovqat hazm qilish organlarini kuchli rivojlanishi, nasldorlik va boshqalar (bitlar, kanalar, parxo‘rlar).
Morfologik regress adaptatsiya.
Parazitik hayot uchun kerak bo‘lmagan a’zolarni yo‘qolishi (qanotlar, nafas olish organlari, rangni yo‘qolishi va boshqalar).
Biologik adaptatsiya.
Evolyutsion taraqqiyot natijasida parazitlarning rivojlanish siklidagi o‘ziga xoslik, ko‘p nasl qoldirish va boshqalar.
Mexanik ta’sirda parazitlar xo‘jayinining to‘qima va organlarida yashab, ularni mexanik jihatdan qattiq shikastlaydi.
Yirik va ko‘p sondagi ichak parazitlari (askaridalar, sestodalar) ichak bo‘shlig‘iga tiqilib qolib, ichakdan moddalarni o‘tkazmay qo‘yadi.
Exinokokkning lichinkalik pufaklari o‘pka va jigar hajmining kattalashishiga olib keladi, to‘qimalarni qisib qo‘yadi.
Ko‘pgina trematodalar, sestodalar, nematodalar, qisqichbaqasimonlar, kanalar va hasharotlar hosil qilgan shikastlar orqali xo‘jayin organizmiga xilma-xil zararli mikroblar, viruslar kiradi va boshqa turdagi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Parazitlarda har xil yopishuv organlarning bo‘lishi ham ularning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi.
Parazitlar ana shu yopishuv organlari yordamida xo‘jayiniga mustahkam bog‘langan holatda yashaydi. Yopishuv organlar ham parazitizm hodisasi tufayli vujudga kelgan.
Ular ektoparazitlarda ham, endoparazitlarda ham har xil ko‘rinishda uchraydi.
Ilmoqlar parazitlarning eng asosiy yopishuv organi bo‘lib, ular bir hujayrali hayvonlardan tortib, hasharotlarda ham uchraydi.
Bir hujayrali hayvonlardan infuzoriyalar va gregarinalarda bo‘ladi.
Nematodalarda ilmoqchalar boshqa gelmintlardagiga nisbatan juda oz miqdorda uchraydi.
Ilmoqchalar asosan xitinli tishchalar ko‘rinishida og‘iz bo‘shlig‘i va uning atrofida bo‘ladi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning panjalari uchida joylashgan tirnoqchalar ham yopishuvchi ilmoqlar vazifasini bajaradi (bitlar, burgalarda).
So‘rg‘ichlar ham asosiy yopishuv organlar funksiyasini bajaradi. Ular, ayniqsa, ektoparazitlarda kuchli rivojlangan. Monogeniyalarda uchraydigan so‘rg‘ichlar gavdasining oldingi va orqa uchida joylashgan.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə