1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə12/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Parazit

Morfologik regress adaptatsiya.
Parazitlik qilib hayot kechirish natijasida ko‘pchilik hayvonlarning ovqat hazm qilish sistemasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y bergan. Shunga ko‘ra parazitlarning oziqlanish xususiyatlari erkin yashovchi hayvonlardan keskin farq qiladi.
Qon bilan oziqlanuvchi parazitlarning ichagi juda ko‘p miqdorda oziqni qabul qilib olishga muvofiqlashgan bo‘lib (masalan, zuluklar, chivinlar, pashshalar, kanalar), ichagi morfologiyasiga ko‘ra o‘zgarmasdan, uning devori elastik cho‘ziluvchan bo‘lganligidan oziqni qabul qilgan sari hajmi kengayadi.
Shunga muvofiq ravishda parazitning gavdasi (qorin qismi) ham kattalashadi.
Bir guruh parazitlarda (masalan, zuluklar, kanalar, ayrim bo‘g‘imoyoqlilarda) ichaklari shoxlanib, yuzasi kengaygan bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida juda ko‘p miqdordagi oziqni sig‘dira oladi.
Bunday parazitlar bir marta oziq moddasini g‘amlab olgan holda uzoq vaqt (2-3 yilgacha) oziqlanmay yashay oladi.
Bundan tashqari, qon bilan oziqlanuvchi ba’zi parazitlar (zuluklar) qonning ivib qolmasligi uchun unga maxsus bezlardan gemofilin yoki girudin moddasini yuboradi.
Boshqa guruh parazitlarda yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlarning teskarisi kuzatiladi, ya’ni ularda ovqat hazm qilish organlari qisqarib ketgan.
Ular oziq moddalarni butun gavdasi orqali so‘rib oladi (tasmasimon chuvalchanglarda).
Bir guruh endoparazitlarda hazm organlarining reduksiyalanib ketishiga sabab, bu parazitlar tayyor holdagi suyuq oziq (qon, limfa suyuqligi, shiralar) ichida yashashidadir.
Biologik adaptatsiya.
Parazitlarning hayot faoliyatidagi dominant funksiyalardan yana biri ularning ko‘payishi, ya’ni avlod qoldirishidir.
Parazitlarda germafroditizm va jinsiy organlari faoliyati nihoyatda kuchaygan bo‘lib, serpushtlilik hodisasi yuqori darajada turadi.
Ko‘pchilik parazitlar nihoyatda serpusht bo‘lib, juda ko‘p miqdorda tuxum qo‘yadi. Lekin bu xususiyat quyidagi ikki holat bilan bog‘liq.
Birinchidan, parazitlar cheklanmagan oziq moddasi bo‘lganligi tufayli, uni cheklanmagan miqdorda iste’mol qiladi.
Bu esa ularning jinsiy organlari sistemasini yanada rivojlanishi va faoliyatining kuchayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, ko‘p nasl qoldirgan parazitlargina tabiiy tanlanish davomida tur sifatida saqlanib qolgan. Ko‘p nasl qoldirish, ayniqsa, parazit chuvalchanglarda uchraydi.
Odam askaridasi bir kecha-kunduzda 250 ming, 5-6 oylik hayoti davomida esa 50-60 mln. dona tuxum qo‘yadi.
Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi o‘z hayoti davomida 200-300 mln. dona tuxum.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi bir kecha-kunduzda 500 mln., bir yilda 440 mln., 10-15 yillik hayoti davomida esa 10 mlrd dona tuxum qo‘yadi.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə