1. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan? Pedagogika atamasi, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogika fanining metodologiyasi, ob’yekti, asosiy kategoriyalari


Pedagogika fanining ob`ekti asosan maktab o`quvchilaridir, predmeti esa



Yüklə 66,18 Kb.
səhifə2/4
tarix23.05.2023
ölçüsü66,18 Kb.
#112323
1   2   3   4
1. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan? Pedagogika at

Pedagogika fanining ob`ekti asosan maktab o`quvchilaridir, predmeti esa
o`quvchilarga berilayotgan ta`lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir.
O’zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millat - elatlarning orzu – istaklariga monand ta’lim – tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to’g’ri xal etib berishdir
Pedagogika ta`lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o` quvchilarning
yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o`rganib borishni taqozo etadi, tarbiyaning
tarkibiy qismlarini va ular o`rtasidagi bog’lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta`lim
va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish
istiqbollarini, yo`llarini ko`rsatib beradi.
Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta`lim», «tarbiya», hamda «ma`lumot»
degan so`zlarni ishlatdik. Bu so`zlar o`zaro bog’langan bo`lib, bir-birini to`ldiradi.
Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya-tushunchalari deb nomlaymiz.
Bulardan
tashqari «o` quvchi», «o` qituvchi», «metod», «intizom», «jamoa», «irsiyat»,
«muhit», «direktor» kabi tushuncha-nomlar mavjudki, bu haqida mavzular
yuzasidan fikr yuritilganda alohida to`xtaymiz.
Tarbiya tarixini o`rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat
butun hayoti davomida tarbiya bilan Shug’ullanganligiga ishonch hosil qilamiz.
Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta`sirning samarali yo`l, metodlari va
manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya
haqidagi g’oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo`la boshlagan. Bu pedagogika
fanining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Jahon mutafakkirlari o`zlarining pedagogik
g’oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo`shdilar. Bu jarayonda o`zbek
mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo`shgan hissalari cheksizdir.
Tarbiya haqidagi g’oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida
ma`lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g’oyalarning shakllanishida
zardushtiylik ta`limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»da qimmatli fikrlar talqin
etilgan. Kishilik tarixida islom ta`limotining tarbiya haqidagi g’oyalarining
shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur`oni Karim va hadisi-shariflarda musulmon
ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma`naviyati, axloqi, e`tiqodi, har tomonlama
barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo`llari bayon qilingan.
Tarbiya haqidagi g’oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy, Abu
Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy,
Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlari
kattadir.
Prezidentimiz aytganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning
ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday
yangicha yondashishlar pedagogika fanining ob`ekti va predmetini kengaytirdi.
Endilikda pedagogika fanining ob`ekti faqat ta`lim-tarbiya jarayonining nazariy,
metodologik amaliy ta`minlovchi emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini
ta`minlaydigan keng sohalarni o`z ichiga oladi. Shuning uchun, «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida»gi milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob`ekti
va sub`ekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha
fikrlaydigan, yangicha tafakkur, milliy mafkuraga ega komil insonni shakllantirish
vazifalari qo`yildi.
Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida,
ta`limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta islohiy
o`zgarishlar bo`ldi. Bu o`zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o`z aksini
topishi lozim.

Yüklə 66,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə