1. Prokseniya va amfiktoniya. Simmaxiya. Elchilar va elchilik



Yüklə 30 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü30 Kb.
#144910
  1   2   3
Qadimgi Yunonistonda xalqaro munosabatlar va diplomatiya


Qadimgi yunonistonda xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Reja:


1. Prokseniya va amfiktoniya.
2. Simmaxiya.
3. Elchilar va elchilik.
4. Grek-fors urushi.
5. Makedoniyaning yuksalishi.


Prokseniya va amfiktoniya. Qadimgi Gretsiyada xalqaro aloqalarning va xalqaro huquqning eng qadimiy shakli «prokseniya», ya'ni mehmondo‘stlik edi. Prokseniya ayrim shaxslar, qabilalar, qavmlar va butun bir davlatlar o‘rtasida ham amalda edi. Proksenlar shu amal bilan shug‘ullanuvchilar vositasida diplomatik muzokaralar olib borilar edi; va shaharga tashrif buyurgan elchixona vakillari avvalan o‘zining prokseniga murojaat qilar edi. Prokseniya instituti, keyinchalik bo‘lib o‘tadigan Qadimgi Gretsiya dunyosidagi barcha xalqaro aloqalarning asosiga aylandi.
Qadimgi Grek dunyosi zamirida asosan xalqaro instituti yotadi.
Xuddi shunday xalqaro institutlardan biri bu “amfiktoniya”dir. Ular diniy birlashmalar, qandaydir muqaddas ziyoratgoh atrofida tuzilgan. O‘ta muhim va ardog‘da bo‘lgan «xudolar» qarorgohlari qoshida paydo bo‘lgan diniy ittifoqlar shunday nomlanar edi. Bu diniy birlashmalarga urug‘lar, atrofda yashagan urug‘ munosabatlari kirgan. Bayram arafalarida barcha qarindosh-urug‘lar, qabilalar to‘planib, ular o‘rtasida urushlar to‘xtatib qo‘yilgan, ya'ni «ilohiy tinchlik» deb e'lon qilingan. Shuning uchun ham Amfiktoniya instituti diniy siyosiy xarakterga ega. Qadimgi Gretsiyada amfiktoniya turlicha bo‘lgan: eng qadimgi va rivojlangani Delfiya-Fermopiliya amfiktoniyasidir. U ikki xil amfiktoniyadan mavjud bo‘lgan:

  1. Delfiya-Appollon ibodatxonasi.

  2. Fermopiliya-Dimetri ibodatxonasi.

Delfiya-Fermopiliya amfiktoniyasiga 12 ta urug‘lar kirgan. Delfiya-Fermopiliya amfiktoniyasining asosiy maqsadi-yer va yer osti boyliklari hamda Appalon ibodatxonasini qo‘riqlashdan iborat edi. Shuning bilan birga amfiktoniyada xalqaro qoidalarga barcha qatnashuvchilarni rioya etishga undagan.

Yüklə 30 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə