Pythonda satrlar bilan ishlash: literallar.
Pythonda satrlar – bu matnli axborotni saqlash va tasvirlash uchun ishlatiladigan simvollarning tartiblangan ketma-ketligidir, shuning uchun satrlar yordamida matnli ko`rinishda tasvirlash mumkin bo`lgan har qanday ob`yektlar bilan ishlash mumkin.
Ushbu birinchi qismimizsatrlar bilan, aynan, satrlar literallar bilan ishlashga bag`ishlanadi.
Satr literallari.
Pythonda satrlar bilan ishlash juda ham qulay. Bir nechta satr literallari mavjud bo`lib, biz hozir ularni ko`rib chiqamiz.
Apostroflar va qo`shtirnoqlar ichidagi satrlar
S = 'spam"s'
S = "spam's"
Apostroflar va qo`shtirnoqlar ichidagi satrlarning bir-biridan farqi yo`q. bunday 2 xil variantning mavjudligiga sabab – satrlar literallarida qo`shtirnoq yoki apostroflarni ekranlashtirish belgilarisiz qo`llash imkonini berishdan iboratdir.
Ekranlashtirilgan ketma-ketliklar – xizmatchi simvollar
Ekranlashtirilgan ketma-ketliklar klaviatura orqali kiritish murakkab bo`lgan simvollarni kiritish imkoniyatini beradi.
Ekranlashtirilgan ketma-ketlik
|
Vazifasi
|
\n
|
Satrni ko`chirish
|
\a
|
Qo`ng`iroq
|
\b
|
Tiqilinchlik
|
\f
|
Sahifa ko`chirish
|
\r
|
Karetkani qaytarish
|
\t
|
Gorizontal tabulyatsiya
|
\v
|
Vertikal tabulyatsiya
|
\N{id}
|
Yunikod ma`lumotlar ombori ID identifikatori
|
\uhhhh
|
16 lik ko`rinishdagi 16 lik Yunikod simvoli
|
\Uhhhh…
|
32 lik ko`rinishdagi 32 lik Yunikod simvoli
|
\xhh
|
Simvolning 16 likdagi qiymati
|
\ooo
|
Simvolning 8 likdagi qiymati
|
\0
|
Null simvoli (satr yakuni belgisi bo`lib hisoblanmaydi)
|
“Xom” satrlar – ekranlashtirishni bekor qiladi.
Agar ochilayotgan qo`shtirnoqdan oldin ‘r’ belgisi (har qanday registrda) turgan bo`lsa, u holda, ekranlashtirish mexanizmi o`chiriladi.
S = r'C:\newt.txt'
Lekin, uning vazifasiga qaramasdan, “xom” satr teskari slesh belgisi bilan yakunlanishi mumkin emas. Bu muammoni hal etish yo`llari:
S = r'\n\n\\'[:-1]
S = r'\n\n' + '\\'
S = '\\n\\n'
Dostları ilə paylaş: |