Optika bo'limi o'qitish uslublari. Elibayev Abdulhamid Bahrom o'gli



Yüklə 62,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü62,41 Kb.
#165014
  1   2   3   4
107 (2)



International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org June 10
th
2022 
341 
OPTIKA BO'LIMI O'QITISH USLUBLARI. 
Elibayev Abdulhamid Bahrom o'gli 
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Fizik asisstent 
Annotatsiya
:Yorug‘lik yoki aniqirog‘i yorug‘lik fizikasi yorug‘lik manbaining nurlanishi, yorug‘likning 
tarqalishi modda bilan o‘zaro ta’siri kabi fizikaviy hodisalar haqidagi ta’limotdir. Bu vaqtda “yorug‘lik” 
tushunchasini o‘zi har xil ma’noda talqin qilinadi. 
Kalit so'zlar
: Optik asboblar, optika, yorug'lik, kvant fizikasi, elastik yorug'lik. 
O‘tgan asrning o‘rtalarigacha yorug‘lik deb ko‘zimiz bilan idrok qilinadigan, ya’ni ko‘zga ko‘rinadigan 
nurlanishni tushunganlar. U vaqtlarda yorug‘likning tabiati aniq emasdi. Ba’zi olimlar jumladan, I.Nyu­ton 
va uning izdoshlari yorug‘lik hodisalarining davriyligini (Nyuton halqasi) payqagan bo‘lsalar ham yorug‘lik 
xuddi zarralar (korpuskulalar) oqimidek talqin qilindi. Boshqa olimlar, masalan, X.Gyuygens, T.Yung, 
O.Frenel yorug‘likni maxsus muhit dunyo efirida xuddi elastik to‘lqinlar deb, talqin qilishdi. Bu fikrlarning 
har biri o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga ega edi. XIX asrning 30-yillarida Frenelling muhitda yorug‘lik 
tezligini aniqlashga doir hamda difraktsiya hodisasini o‘rganishga doir ajoyib tajribalarga asosan 
yorug‘likning to‘lqin nazariyasi barcha fiziklarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.Elastik yorug‘lik eltuvchi efir 
tushunchasi doirasida hal qilib bo‘lmaydigan qator qiyinchiliklar bor edi, chunonchi, yorug‘-likning ikki 
muhit chegarasidagi holati, xususan yorug‘likning qutblanishi kabi muammolaridir. O‘tgan asrning 60-
yillariga kelib Maksvell tomonidan elektromagnit maydonning matematik naza-riyasi yaratildi hamda 
yorug‘likning elektromagnit to‘lqin tabiati ochildi. Yorug‘lik elastik ko‘rinishda bo‘lmay elektromagnit 
to‘lqin ko‘rinishida ekan. Bu kashfiyot yorug‘likning qutblanishi va ikki muhit chegara-sidagi 
ko‘rinishlariga doir hamma qiyinchiliklarga barham berdi. Shu bilan birga Optika-fizikaning maxsus bo‘limi 
bo‘lmay qoldi, chunki hamma optikaga tegishli muammo, bevosita elektromagnit maydonga oid 
Maksvellning to‘lqin tenglamalari yordamida hal qilinadi. 1905-yil Eynshteyn tomonidan yorug‘likning 
kvant xossalarining kashf etilishi, yorug‘likning elektromagnit to‘lqinlar haqidagi ta’limotni o‘zgartirmadi. 
Faqat modda bilan o‘zaro ta’sirda yorug‘likning nurlanish va yutilish mexanizmini tushunish o‘zgardi. 
Nurlanishda to‘lqin va korpuskulyar (zarra) xossasi mavjudligi, ya’ni yorug‘likning ikki xil tabiatga ega 
ekanligi ravshan bo‘ldi. 1924-1927-yillarda Lui de Broyl, K. Devisson va L.Jermerlar tomonidan 
yorug‘likning ikki xil zarra va to‘lqin xususiyatlari kashf etilgach haqiqatan muhim metodologik ahamiyat 
kasb etdi. Bu bilan muhim metodik vazifa vujudga keldi, ya’ni yorug‘likni maktab fizika kursining alohida 
bo‘limi sifatida o’rganish maqsadga muvofiqligi, buning uchun esa, yorug‘lik bo‘limining mazmunini va 
tuzilishini ko‘rsatish zaruriyati tug’ildi. Tabiatda mavjud bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar spektrini 
taxminan, uch qismga bo‘lish mumkin to‘lqin uzunligi bir necha kilometrdan tortib, to santimetrgacha 
bo‘lgan radioto‘lqinlar; ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinlaridan (taxminan 0,72 dan 0,40 mkm) 
tashqari, to‘lqin uzunligi 0,1. nm gacha bo‘lgan millimetrli, infraqizil, ultrabinafsha va yumshoq rentgen 
nurlanishidan iborat to‘lqinlar hamda to‘lqin uzun­ligi 0.1 nm dan kichik bo‘lgan qattiq rentgen nurlaridan 
iborat gamma- nurlanishlardir. 
Optik hodisalarni talqin qilish asosida hozirgi zamon fizikasining ikkita asosiy bo‘limlari; nisbiylik 
nazariyasi va kvant fizikasi vujudga keldi. Optikada haqiqiy inqilob XX asrning 60- yillarida optik kvant 
generatorlari (lazerlari)ning ixtiro qilinishi bilan ro‘y berdi. Bu kashfiyotlar optik usullar, hisoblash va 
o‘lchash texnikasida, modda tuzilishining nozik tomonlarini aniqlashda hamda o‘ta qattiq materiallarga 
ishlov berishda, shuningdek, harbiy texnikada boshqariluvchi termoyadro reaktsiyalarni amalga oshirishda 
keng foydalanish istiqbollarini ko‘rsatib berdi .“Optika” bo‘limining har xil tuzilishi mavjud. Bulardan eng 
ko‘p tarqalgani ikkita bo‘lib, ularni shartli ravishda an’anaviy va zamonaviy deb yuritamiz. [1]An’anaviy 
tuzilishga muvofiq materiallar tarixiy ketma-ketlikda o‘rganiladi. Dastlab geometrik optika, keyin 
yorug‘likning to‘lqin nazariyasi yoritiladi, so‘ngra yorug‘likning elektromagnit tabiati haqidagi tushuncha 
kiritiladi va nihoyat yorug‘likning kvant xossalari qarab chiqiladi. Hozirgi zamon metodikasi materiallarni 



Yüklə 62,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə