Optika bo'limi o'qitish uslublari. Elibayev Abdulhamid Bahrom o'gli


International Conference on Developments in Education



Yüklə 62,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü62,41 Kb.
#165014
1   2   3   4
107 (2)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org June 10
th
2022 
342 
tarixiy ketma-ketlikda emas, balki yorug‘lik tabiatiga muvofiq, o‘rganishni taqozo etadi. Ana shunga 
muvofiq Maksvellning asosiy g‘oyasi o‘rganilgandan keyin radioto‘lqinlarning nurlanishi va qabul qilish 
metodlari bilan tanishtirilib, to‘lqin optikasining asosiy g‘oyasi kiri­tiladi. Geometrik optika to‘lqin 
optikaning chegaraviy hodisasi tariqasida o‘rganiladi hamda eng sodda optik asboblarni o‘rganishda 
foydalaniladi. To‘lqin optikadan keyin kvant optikasi bayon qilinib, yutilish spektrlarining hosil bo‘lishi 
atom tuzilishiga bog‘liq holda o‘rganiladi. Bu tuzilishda bayon qilib muhim tarixiy dalillarga diqqatni 
qaratmaslik kerak demoqchi emasmiz. Yorug‘­lik tabiatiga bo‘lgan qarashning rivojlanish tarixi ibratli 
ekanligini bilib, o‘quvchilar yorug‘lik haqida­gi ta’limotning rivojlanishidagi eng muhim bosqichlarni 
tasavvur etishi va hozirgi zamon op-tik hodisalarning nazariyasini yaratgan I.Nyuton, X.Gyuygens, T.Yung, 
O.Frenel, A.Eynshteyn, M.Plank, N.Bor, G.Basov va A.Proxorov kabi buyuk olimlarning xizmatlari haqida 
ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Yorug‘lik bo‘limini tuzishda yorug‘lik hodisalari tabiatini zamonaviy 
tushunishda kurs tuzilishini tarixiy material hal qilmaydi, balki hodisaning fizik tabiati hal etadi. Tarixiy 
materiallardan faqat fizikaviy g‘oyalarning kelib chiqishini ochib berishda foydalaniladi.O‘n ikki yillik 
maktab dasturiga asosan, geometrik optikaning ba’zi bir tushunchalari VI sinfga kiritiladi (10 soat hajmida). 
Fizik optikaning asosini tashkil etgan butun materiallar uch bo‘limga bo‘lingan to‘lqin optikasi 
elektromagnit to‘lqinlar haqidagi ta’limotga kiritilgan, kvant optika asoslari “Yorug‘lik kvantlari. Yorug‘lik 
ta’sirlari” bo‘limida ko‘riladi, spektral hodisalar va lazerlar atom tuzilishi bilan birga o‘rganiladi. Optik 
hodisalarni shu asosda bayon qilish fundamental fizik nazariyalar asosida materialni ko‘rib chiqilishga 
imkoniyat yaratadi.Yorug‘likning to‘lqin xossasini bayon qilishda ikki xil qarash mavjud. Avval yorug‘lik 
to‘lqin ekanligini isbotlash mumkin, so‘ngra qutblashishi asosida ko‘ndalang to‘lqin degan xulosaga 
kelinadi. Faqat dars oxirida Maksvell g‘oyasi asosida yorug‘lik - bu elektromag­nit to‘lqin ekanligi beriladi. 
Bunday yondashish, tabiat qonunlarini bilishning taqribiy yo‘liga mos keladi. Ikkinchi xil yondashishda 
o‘quvchilarga yorug‘likelektro-magnit to‘lqinidan iborat degan hozirgi zamon tasavvuri beriladi. Bu 
mazmun 1865 yilda Maksvell tomonidan ilgari surilib, gipoteza (taxmin) holida berilgan va keyinchalik 
hozirda dalillar asosida to‘la tasdiqlanadi. Tajribaga asoslangan ko‘plab hodisalar umumlash-tirilib, hozirgi 
zamon fizik nazariyasi yaratildi. Bunday yondashuv natijasida qator hodisalarni kuzatish shartlari yana 
oydinlashtiriladi. Ularni o‘quv tajribalarida kuzatish mumkin. Bunday yondashuvning ilmiy va metodik 
nuqtai nazardan afzal tomonlari bor. U muammoli holatni vujudga keltirish, o‘quv eksperimentida nazariy 
mulohaza qilishda katta imkoniyatlar ochib beradi. Vakuumda yorug‘lik tezligi. Fizikada yorug‘lik tezligi 
qiymati o‘zgarmaydigan asosiy doimiylardan biri hisobla-nadi. Uning ta’rifi fizika rivojlanishidagi qator 
davrlar to‘lqin optikasi (T.Yung, O.Frenel), elektrodinamika (J. K. Maksvell, G. Geri, P.N.Lebedev), kvant 
naza­riyasi (M. Plank, A. Eynshteyn, I. Bor), maxsus nisbiylik nazariyasi (A. Eynshteyn) bilan bog‘liqdir. 
Maktab fizika kursida o‘quv ma­terialini o‘rganishda yorug‘lik tezligi asosiy tushunchalardan biri maxsus 
nisbiylik nazariyasi bo‘limida esa oxirgi natijaviy tushuncha hisob­lanadi. Yorug‘likning vakuumdagi tezligi 
chegaraviy kattalik bo‘lib, sanoq tanlanishiga qarab nisbiydir. Yorug‘likning bu xossalarini fizika kursining 
maxsus bo‘limlarida ko‘rib o‘tiladi.Yorug‘lik tezligini chekli ekanligini to‘g‘ri va bilvosita metodlar bilan 
tajribada isbotlash mumkin. Turli metodlarda yorug‘likning manbadan qabul qilgichgacha bo‘linib—
tarqalishidan foydalaniladi. Hozirgi zamon radiolashgan qurilmalarida uzatuvchi qurilmalar impulsni davriy 
ravishda uzatadi, qaytgan to‘lqin uzatuvchi radiostantsiyaga kelib uriladi. [2]Hozirgi vaqtda lazer texnikasi 
yordamida yorug‘lik tezligi yorug‘lik to‘lqin uzunligini radio nurlanish chastotasiga ko‘paytmasi bilan 
aniqlanadi va for­mula bo‘yicha hisoblanadi. Fizika kursining asosiy vazifasi - kuzatish va tajribalarda 
yorug‘lik tezligi juda katta, chegaraviy tezlik bo‘lib, bu xulosa yaqindan ta’sir qilish tamoyiliga mos 
kelishini ko‘rsatishdan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash natijasida yorug‘likning vakuumdagi tezligi 
aniqlandi. Hozirda yorug‘lik tezligi с=299792458 1,2 m/s ga teng deb qabul qilindi. Keyingi yillarda geliyli-
neonli lazer nurlari yordamida topilgan yorug‘likning vakuumdan tezligining qiymati с=299792456,2 1,1 
m/s ga teng ekanligini o‘quvchilarga bildirib qo‘yish kerak. Bu tajribadan ko‘rinadiki, o‘lchash aniqligi 1 
m s ga, nisbiy xato 10-9 ga teng ekanligiga erishilgan. O‘quv maqsadlari uchun yorug‘lik tez­ligi shu 
3,00х108 m s ga teng, deb qabul qilingan.Darsda yorug‘lik tezligini katta aniqlikda o‘lchanishini ilmiy 
maqsadlar uchun (radio va yorug‘lik lokatsiyasi) zarur ekanligini o‘quvchilarga tushuntirish ke­rak. Hamma 
diapozondagi elektromagnit to‘lqin tezligi­ning yorug‘likning vakuumdagi tezligiga mos kelishi 
yorug‘likning elektromagnit tabiatining isbotidan biridir. Elektromagnit to‘lqinning vakuumdagi tezligi 



Yüklə 62,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə