Optika bo'limi o'qitish uslublari. Elibayev Abdulhamid Bahrom o'gli


International Conference on Developments in Education



Yüklə 62,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü62,41 Kb.
#165014
1   2   3   4
107 (2)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org June 10
th
2022 
343 
formuladan hisoblanishini taklif qilish kerak. U yorug‘likning vakuumdagi (va havodagi) tezligiga teng. 
Gyuygens tamoyili -Yorug‘likning qaytish va sinish qonunlarini muhokama qilinayotganda faqat yorug‘lik 
uchun emas, hamma to‘lqin hodisalar uchun umumiy bo‘lgan Gyuygens-Frenel tamoyilini kiritish kerak. 
O‘qituvchilarning ish tajribasidan ma’lumki, bu tamoyilga diqqatni qaratmay turib (ayniqsa to‘lqin 
difraktsiyasida) o‘quvchilar masalani yetarli darajada sayoz va yuzaki o‘rganadilar. So‘ngra ikki muhit 
chegarasida to‘lqinning qaytish va sinish hodisalari tahlil qilinadi. Gyuygens tamoyilini umumlashtirishning 
hojati yo‘q, faqat difrak­tsiya hodisasini tahlil qilishda Frenel taklifini ham, ikkilamchi to‘lqinlarning 
kogerentligini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun Gyuygens tamoyili ustida to‘xtalib o‘tish zarur. 
Materialni bayon qilish uchun sirtiy (ikki o‘lchamli) va hajmiy (uch o‘lchamli) to‘lqin xarakteristikasi 
hisoblangan ikki asosiy “to‘lqin fronti” va “nur” tushunchalari zarurdir. Bu yerda biz faqat izotop muhitdagi 
hodisalarni ko‘rib chiqish bilan chegaralana-miz, dasturga mos ravishda maktabda anizotrop muhit o‘rganil-
maydi. Hamma nuqtalari bir xil fazada tebranadigan sirt to‘lqin fronti deyiladi. Boshqacha aytganda, bir xil 
fazadagi sirtlar to‘lqin frontidir. To‘lqin olib o‘tayotgan energiya oqimi bilan mos tushgan yo‘nalish nur deb 
ataladi. Bir jinsli muhitda nur to‘lqin fronti yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi.Yorug‘likning qaytish va sinish 
qonuni. Yorug‘likning qaytish hamda sinish hodisasi bilan, qaytish qonuni bilan o‘quvchilar VI sinfda 
tanishishgan; sinish qonuni u yerda kiritilmagan. Ammo IX sinfda bu tushuncha va qonunlar shunchaki 
qaytarilmaydi, balki jiddiy ravishda umumlashtiriladi va chuqurlashtiriladi. 
-birinchidan, qaytish va sinish hodisalari yorug‘lik nurining xususiy holi bo‘lmasdan, to‘lqinlarning umumiy 
xossasi sifatida ko‘rib chiqiladi. 
-ikkinchidan, qaytish va sinish qonunlari Gyuygens tamoyilidan nazariy holda asoslanib, nazariyaning 
to‘g‘riligi tajriba orqali tasdiqlanadi. 
-uchinchidan, ikki muhit chegarasida yorug‘lik to‘lqinining holati energetik nazardan tahlil qilinadi. 
Shuning uchun o‘quv materiallari takrorlanadi degan fikrlarning asosi yo‘q. Yorug‘likning qaytish va sinish 
qonunini o‘rganish hammaga ma’lum. Odatda yorug‘lik nurlarining yo‘li ko‘rib chiqiladi. Biroq, bitiruvchi 
sinf o‘quvchilari elek­tromagnit to‘lqinlarni energetik xarakteristikalarini o‘rganganliklari uchun, yorug‘lik 
nuri (yassi to‘lqin) ikki tiniq sirt chegarasiga tushgandagi hodisalarni ko‘rsatish, so‘ngra energetik nuqtai 
nazardan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Hodisani tahlil qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazish yaxshi 
natija beradi. Optik doiraning o‘rtasiga shishadan tayyorlangan yarim sharni mahkamlaymiz. Yorug‘lik 
dastasi uning tekis sirtiga qiya holda tushsa, yorug‘likning, bir qismi qaytadi, ikkinchi qismi sinadi va 
qisman plastinka orasidan o‘tadi. Bu yorug‘lik dastalarida yorug‘likning jadalligi (nurlanish oqimining sirtiy 
zichligi) bir xil emas. Tushish burchagi o‘zgarganda, mos holda ularning har bir qismida yorug‘lik 
intensivligi ham o‘zgaradi. Xususan, yorug‘­lik qaytgan qismida kamaysa, singan qismida ortadi va 
aksincha. Yorug‘lik optik shaffof muhitlarning chegarasiga tushganda yorug‘lik energiyasining balansini 
ko‘rib chiqamiz. O‘quvchilar diqqatini quyidagi o‘zaro bog‘lanishga qaratamiz: 
-agar to‘shayotgan yorug‘lik oqimini-Iо, qaytganini-I1 yutilganini-I2 sindirayotgan muhitdan o‘tganini I3 
bilan belgilasak, u holda energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagini yozish mumkin: 
-ikki shaffof muhit chegarasida yorug‘likning tushish burchagi o‘zgarsa, qaytgan va singan yorug‘lik 
oqimlarining qiymati ham o‘zgaradi, lekin energiyaning umumiy balansi saqlanadi; chunonchi tushish 
burchagi ortishi bilan qaytgan nur oqimi ortib, singani esa kamayib boradi; 
-tajriba va nazariyaning ko‘rsatishicha, yorug‘lik oqimi shisha plastinkadan o‘tayotganda uning har bir 
sirtida yorug‘lik qaytadi: havodan shisha plastinkaga normal holda tushsa, taxminan 4 foizi, 60° burchak 
ostida tushsa, 9 foizi qaytadi. Bundan linzalar va murakkab optik sistemalar fotoapparat, proyektor
tele-skop, mikroskop va boshqalar tayyorlashda foydalaniladi. 
-optik muhit (shisha, suv, uglerod sulfid, havo) da yorug‘lik qisman yutiladi va nurlanish energiyasi 
moddaning ichki energiyasiga aylanadi. 
Kursning ana shu joyiga quyidagi o‘quv muammosini quyish mumkin: yorug‘likning qaytish va sinish 
hodisalarini miqdoriy jihatidan o‘rganing va shunga mos keladigan qonunini toping. Ravshanki, yorug‘lik 
elektro­magnit to‘lqin deb talqin qilingani uchun unga mos keluvchi qonunlar esa nazariy holda Gyuygens 
tamoyili­dan hosil qilinadi. Kursni murakkabroq darajada o‘rganmoqchi bo‘lganlar esa interferensiyaning 
chegaraviy shartlaridan foydalanadilar. Biroq nazariy isbotlash mumkinligi, demonstratsion tajribalarni 
zarur ekanligini inkor etmaydi. Darsni shunday tashkil etish kerakki, tajriba va nazariya navbatma-navbat 



Yüklə 62,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə