|
1-qisim. Mexanika va molekulyar fizika1 qism Masalalar to\'plami Moskovkina pagenumber35.1.
Karno sikli bo’yicha ishlovchi ideal issiqlik mashinasining FIK 80% ga teng. Isitgichning absolyut
temperaturasi sovutgichnikidan necha marta katta?
35.2.
Ideal gaz Karni siklini bajaradi. Isitgichning absolyut temperaturasi sovutgichnikidan 4 marta marta
katta? Isitgichdan olingan issiqlik miqdorining qanday qismi sovutgichga beriladi?
35.3.
Issiqlik mashinasi 200 J ish bajardi, bunda sovutgichga 300 J energiya berdi. Issiqlik mashinasining
FIK ni aniqlang.
35.4.
Qandaydir vaqtda issiqlik mashinasi isitgichdan 60 kJ issiqlik miqdori oldi va sovutgichga 50 kJ
issiqlik miqdori berdi. Sovutgich temperaturasi 300 K bo'lsa, isitgich temperaturasini aniqlang.
35.5.
Ideal issiqlik dvigateli isitgichning absolyut temperaturasi, sovutgichnikidan 3 marta marta katta.
Isitgich gazga 60 kJ issiqlik miqdori berganda, gaz qancha ish bajaradi?
35.6.
Ideal issiqlik mashinasi isitgichdan har 1000 J issiqlik miqdori olganda, 100 J ish bajaradi. Sovutgich
temperaturasi 280 K bo'lsa, isitgich temperaturasini aniqlang.
35.7.
Ideal gaz ikkita izoterma va ikkita adiabatadan iborat siklda 600 J ish bajardi. Isitgich temperaturasi
500 K, sovutgichniki 300 K. Bir siklda sovutgichga berilgan issiqlik miqdorini aniqlang.
35.8.
Dvigatel slindrida gazni qizdirish uchun 2 kg neft yonganda, gaz 36 MJ ish bajardi .Neftning
solishtirma yonish issiqligi 4.3∙10
7
J/kg . Dvigatelning FIK ni aniqlang.
35.9.
Ideal issiqlik mashinasining ishchi moddasi bug’ bo’lib, boshlang’ich temperaturasi 710 K vaqaytgan
bug’ning temperaturasi 350 K. Agar bug’ isitgichdan 1 minutda 142 kJ issiqlik miqdori olsa, Mashinaning
foydali quvvatini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |
|
|