1 sinflar uchun mavzulashtirilgan diktantlar to’plami oila



Yüklə 108,84 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü108,84 Kb.
#141439
diktantlar to\'plami (1)



DIKTANTLAR
TO’PLAMI




1 - SINFLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN DIKTANTLAR
TO’PLAMI

OILA
Oilamiz katta. Buvim , otam , onam , akam , ukam bor . Biz bir – birimiz bilan inoqmiz.

DARS
Darsimiz o’qish . Ustoz keldilar . Biz kitob o’qidik . Akmal so’zlab berdi .

O’QUV QUROLLARI
O’quv qurollarini toza saqlaymiz . Kitobni yirtmaymiz . Kitob - bilim manbai .

ONA
Ona – aziz . Onamiz bizga ovqat tayyorlab beradilar . Biz onamizni sevamiz .

ODOBLI BOLA
Abror odobli bola . U hammaga salom beradi .Abror ziyrak bola .

MAKTAB
Maktabimiz katta . U juda toza , ozoda . Biz maktabimizni sevamiz .

OLAPAR
Elbekda iti bor . Nomi Olapar . Olapar ziyrak it . Elbek itiga ovqat beradi .

ASALARI
Gullar ochildi . Asalari gullarga qo’ndi . U ko’p asal to’pladi .Asal mazali .

SEZGIR QIZ
Olma quriyotgan edi . Uni Nozima sezib qoldi . Suv quydi . Olma o’sib ketdi .

QUYONLAR
Quyonlar o’ynardi . Tulki paydo bo’ldi . Quyonlar qo’rqdilar . Ular inlariga kirdilar. Tulki qaytib ketdi .
BAROQ
Bobur boqqa keldi . U yerda Baroq mushugi bor edi .Bobur uni erkaladi . Non , sut berdi . Baroq uning oyoqlari ostida erkalandi .

BUVIM
Mening buvijonim borlar . Ular menga ertak aytib beradilar . Issiq non tayyorlaydi
lar . Biz buvijonimizni sevamiz .

AZIZ
Aziz ikki yoshga to’lmagan . Birdan pildirab ketadi-yu yiqilib tushadi . Yana yuraman deb o’rnidan turadi .

MAKTAB BOG’I
Maktab bog’i bor . Bog’da gular ko’p . Biz bog’da dam olamiz . Salqin joylarda o’tirib kitob o’qiymiz .

KITOB
Men kitob oldim . U qushlar haqida edi . Maza qilib o’qidim . Bu kitobni Nosirga berdim .

KUZ
Kuz keldi . Qushlar uchib ketdi . Daraxt barglari to’kildi . Kunlar sovidi . Yomg’ir yog’di .

AKAMNING KITOBI
Akam kitob berdi . Rasmli , qiziq ekan . Ukalarimga o’qib berdim . Ular xursand bo’lishdi.

EGIZAKLAR
Hasan bilan Husan bir kunda tug’ilgan . Yoshlari ham , bo’ylari ham teng . Bir – birlari bilan inoq yashaydilar .


YAXSHI O’QUVCHI
Maktabning o’z tartib , qoidasi bor. Yaxshi o’quvchi tartibni buzmaydi . Darsga kechikmaydi . Ozoda kiyinadi . O’quv qurollarini yaxshi saqlaydi .

HASHAR
Uyimizga ancha odam yig’ildi . Ularning biri loy qordi . Biri guvala tashidi . Boshqasi devor ura ketdi . Barcha ishga mashg’ul edi .

O’LKAM
Hur o’lkam mening,
Gul o’lkam mening,
Dunyoda ulkan –
Zo’r o’lkam mening.

CHITTAK
Chittak ayvonga qo’ndi . Biz don berdik . U donni yedi . Qanotlarini silkitdi . Rahmat aytganday bo’ldi . Chittak bizga o’rgandi.
G’ALLA HOSILI
Bu yil g’alla mo’l bo’ldi . Bug’doyning katta – katta boshoqlari ko’zni qamashtiradi . Oltinrang makka donlari kishini quvontira-
di .Bular mo’l hosil belgisidir .

TONG
Tong otdi . Shabada esdi . Qushlar sayrashi eshitildi . Quyosh nurini sochdi . Ko’chalarda harakat boshlandi .

SAMARQAND
Samarqand – katta shahar . U yerda baland – baland binolar bor . Ular pishiq g’ishtdan ishlangan .
HAKKALAR
Ola qanot hakkalar ,
Shoxdan – shoxga qo’nasiz .
Chug’urchiqlab nimanidir ,
Izlab topgan bo’lasiz .
KAPALAK
Kapalak gulga qo’ndi . U juda chiroyli ekan . Biz kapalakka ozor bermaymiz .

SOAT
Vaqtimiz juda qadrli . Vaqtni ko’rsatib turadigan soat borligi yaxshi . Soat tinmay yuradi . Vaqtingni foydali ishlarga sarfla .

CHUMCHUQ
Chumchuq olma shoxida edi . So’ng ayvonga qo’ndi . Biz don berdik . U donni yedi . Qanotlarini silkitdi . Rahmat aytganday bo’ldi .

KUTUBXONA
Biz kutubxonaga a’zo bo’ldik . U yerda kitoblar ko’p . Juma kuni kitob olishga boramiz . Kitoblarni yaxshi saqlaymiz .


YODDAN YOZUV DIKTANTI

Oltin o’tda bilinadi,


Odam – mehnatda.
*****
Hunar bo’lsa qo’lingda,
Non topilar yo’lingda.
*****
Yer egasi bo’lma,
Mehnat egasi bo’l.
*****
Kamtar bo’lsang,
Kamol topasan.
*****
Nega endi eridi qor?
Nega endi oqar anhor?
Nega qushlar nag’ma chalar?
Chunki keldi go’zal bahor.
Yüklə 108,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə