1. Tarbiyasi qiyin bolalarga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish tartibi Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam



Yüklə 29,89 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü29,89 Kb.
#166780
  1   2   3   4
2-Mavzu maruza


2-mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko’nikmalarni shakllantirishdagi o’rni.
Reja:

1.Tarbiyasi qiyin bolalarga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish tartibi

2. Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam


Insoniyat mavjudligining muhim shartlaridan biri- bola tarbiyasi hisoblanganligi bois,u dunyoga kelmasdanoq tarbiyaviy tadbirlar boshlab yuboriladi.Shunday bo‘lsa-da jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil, ijtimoiy me’yorlarni qabul qilolmaslik xohishi, hatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan shunday xulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun kattadan-katta yo‘qotishlarga olib keladi. Shu bois tarbiyasi va xulq-atvorida o‘zgarishi bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatuvchi kishilar psixologlar, pedagoglar hisoblanadi. Chunki tarbiyasi qiyin bolalarda bir qator o‘ziga xos tipik illatlar kuzatiladi. Quydagilarni misol qilishimiz munkin
*ota-onalar, pedagoglar va boshqa katta yoshdagilar bilan munosabatda
*o‘rtoqlari, sinfdoshlari va boshqa tengdoshlari bilan munosabatda
*o‘ziga munosabatda va o‘zini o‘zi tushunishda
*ichki yagonalik, boshqalar bilan do‘stlasha olmasligi
*o‘qishdagi qiyinchiliklarni boshdan kechiruvi kabi tipik illatlar kuzatiladi.
Ushbu illatlardan bolalarni xalos etish yoki ularning oldini olish uchun qanday psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish mumkin?Bugungi kun psixologik-pedagogik tajribalar tarbiyasi qiyin bolalarga yordam ko‘rsatish uchun quyidagi tartibda ish tutishni taqazo etmoqda:
Yosh jihatlariga qarab proflaktika va psixokorreksiya ishlarni boshlash talabi.
Chunki, tarbiyasi qiyin bolalarga o‘smirlik yoshiga xulqdagi buzilishi qat’iy shakllangan bir davrda proflaktik va korreksion tadbirlarga qo‘l uriladi. Aslida xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘lgan davrida unga chora ko‘rishni kutib o‘tirmaslik lozim. Shu bois maktabgacha yoshdayoq maqsadli proflaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi.



Yüklə 29,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə