1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Elektron tijoratning ustunliklari



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə39/50
tarix20.09.2023
ölçüsü160,08 Kb.
#122696
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

94. Elektron tijoratning ustunliklari

Elektron tijoratning ustunliklari


Agar chakana elektron magazinlari O’zbekiston bozori uchun endi kirib kelayotgan bo’lsa, ko’plab kompaniyalar Internet orqali ishchi operatsiyalarni yuritishning ustunliklarini sezdilar. Bu ayniqsa, iqtisodiy krizis va korxona internet-texnologiyalarni tadbiq qilgandan so’ng yuzaga keladigan ustunliklar sharoitlarida dolzarb bo’ldi.
Internet-texnologiyalarning ko’plab ustunliklari mavjud. Ularning ba’zi birlarini keltirib o’tamiz:
axborotni olish tezkorligi, asosan, xalqaro operatsiyalarda, sezilarli darajada o’sadi;
ishlab chiqarish va savdo aylanmasi sezilarli darajada ortadi, chunki olingan hujjatlarni har safar kiritish zarurati yo’q, bundan tashqari kiritishdagi xatoliklar ehtimolligi kamayadi;
ancha arzon kommunikatsiya vositalaridan foydalanish hisobiga axborot almashish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar sezilarli kamayadi;
elektron tijoratning internet-texnologiyalaridan foydalanish kompaniyaga mijozlarga nisbatan ochiqroq bo’lish imkonini yaratadi;
mahsulotlar va xizmatlar haqida mijozlarni va hamkorlarni tez va oson xabardor qilish imkonini beradi;
sotishning muqobil kanallarini yaratish imkonini beradi. Masalan, korporativ saytda internet magazin orqali.
95. Elektron tijoratdan foydalanish

Elektron tijoratdan foydalanish


Zamonaviy Internet-texnologiyalarni tijoratda qo’llash Web-sayt yaratish yoki mumkin bo’lgan buyurtmalar elektron kataloglari bilan chegaralanmaydi, balki texnologiyadan, jamlangan malakalardan va Internet yordamida ish jarayonlarini tadbiq qilishning yangi usullarini mos tarmoq kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda samarali tadbiq qilishni nazarda tutadi. Elektron tijorat – bu Internet- texnologiyalardan foydalangan holda mablag’ ishlash jarayonidir.
Tarmoqda elektron savdoning samarali tadbiq qilinishi uchta tashkil etuvchi bilan aniqlanadi:
to’g’ri texnologik platformani tanlash; raqobatbardosh mahsulotning mavjudligi;
zarur infratarkib va biznes-jarayonning mavjudligi.
Agarda bu bo’g’inlardan birortasi mavjud bo’lmasa, zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish samara bermaydi.
on-line savdo texnologiyalaridan foydalanish rivojlangan va hududiy tarmoqqa ega bo’lgan kompaniyalar uchun juda zarur. Chunki bu texnologiya buyurtmalarni bajarish harajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Hududiy hakmorlar bilan Internet orqali ishlash uslubiyati tadbiq qilinganidan so’ng, buyurtmalarga ishlov berish va ro’yxatdan o’tkazish harajatlari deyarli ikki barobarga kamayadi. on-line rejimida harid qilishda asosiy to’lov vositasi kredit kartochlari hisoblanadi. Ammo, yangi to’lov vositalari ham chiqmoqda: smart- kartalar, raqamli pullar (digital cash), mikroto’lovlar va elektron cheklar.
Elektron tijoratning qiziqarli va ommaviy foydalanilayotgan yo’nalishlardan biri – tarmoqda kitob tijorati hisoblanadi. Ko’plab magazinlar kitob bilan savdo qiladilar, hozirgi kunda rus tarmog’ida eng
«omadli» savdo loyihalaridan biri Ozon magasini hisoblanadi. Ko’plab rus tarmoq magazinlari ichida bu real ishlayotgan magazindir. Internetda kitob savdosi kelajagi to’g’risida gapiradigan bo’lsak, tarmoq orqali sotib oluvchilar yoki sotib olishni rejalashtirayotganlarning 40%i yuqori o’ringa kitob sotib olishni qo’ymoqdalar, 40%i tarmoq orqali bilet bronlash imkoniyatini ko’rsatdilar. Bunday xizmatni KiberPlat tizimi orqali ishlovchi Transinform serveri ko’rsatadi.
Taniqli bo’lgan Demos provayderlik xizmati foydalanuvchilariga Internetga dial-upda kirishni on-line rejimda to’lash imkoniyatini taqdim etadi. So’rovlarning natijasiga ko’ra, 34% foydalanuvchi bu xizmatni qulay va qiziqarli deb hisoblaydilar. Yaqin kunlarda undan ham ommaviy ravishda foydalanadilar.
Keyingi yillarda kompyuter va kompyuter jamlovchilar, dasturiy ta’minot va boshqa shunga o’xshash mahsulotlar bilan savdo qiluvchi magazinlar soni ortib bormoqda. Bu yo’nalishda omadlilardan biri sifatida Moskvaning «Iks-MIR» magazinini ko’rsatish mumkin.
Axborot xizmatlariga yo’naltirilgan bozorning tez o’sishi bilan birga axborotni pulli taqdim etish xizmatlari soni ham ortib bormoqda.
Yana bir xizmat toifalaridan biri – bu telefon, kommunal va shunga o’xshash xizmatlarni to’lashdir (so’ralgan mijozlarning deyarli 50% i). Bunday imkoniyat mavjud: «KiberPlat» tizimida tizimdan foydalanuvchilar uchun on-line rejimi yordamida to’lovlarni amalga oshiradigan to’lovlar mexanizmi ko’zda tutilgan. Hamda, xuddi shu so’rovga asosan 40% foydalanuvchilar musiqa tashuvchilar: kompakt- disklar va kassetalarni, 20% i esa – videokassetalarni sotib olishni xohlashlarini bildirganlar.
To’lov qobiliyatiga ega bo’lgan talabning faollashish omillaridan biri, xaridor nuqtayi nazarida optimal bo’lgan, to’lov tizimini tashkillashtirish hisoblanadi. «Platina» tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-yilda tijoratda tadbiq qilingan «KiberPlat» tizimi Rossiya elektron tijorat bozorida birinchi real mexanizm bo’ldi. Tizimning foydalanuvchilari – elektron magazinlar va ularning mijozlari kredit kartalari va bank hisoblaridan foydalangan holda on-line rejimda
xaridlarini to’lash va to’lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Elektron-raqamli imzodan foydalanishga asoslangan samarali himoyalash mexanizmi tizimning yuqori darajada himoyalanishini va katta to’lovlarni amalga oshirishni ta’minladi. Amalga oshirilgan to’lovning mijoz tomonidan bekor qilinishi bankning tijorat-tavakkali hisoblanadi. Yaqin kunlargacha elektron tijorat ommaviy bo’lgan
«Monopoliya» o’yinini eslatar edi – stol atrofida o’yinchilar soni ko’p bo’lib, ularning o’yinda qolishini hech kim kafolatlamaydi.
Internet-tijoratning «o’yin maydoni» sezilarli darajada o’zgardi. Zona Research tomonidan 500 dan ortiq xodimi bo’lgan 100 dan ortiq kompaniyalarda o’tkazilgan so’rovlar shuni ko’rsatdiki, ularning 80%i marketing uchun Internetdan foydalanadilar, 10%i esa hozirda elektron tijorat bilan shug’ullanmoqdalar. Kuzatishlarga ko’ra, bu kompaniyalarning deyarli 45%i yaqin 2–3 yil ichida Internet orqali savdo dasturini tadbiq qilishni rejalashtirmoqdalar.
Ayrim kompaniyalar, masalan, Dell Computer, elektron tijorat sohasida sezilarli darajada yutuqlarga erishganliklarini e’tirof etmoqdalar. Dell Web serverdan nafaqat savdoni tashkillashtirish, balki texnik jihatdan qo’llab-quvvatlashga bo’lgan sarflarni kamaytirish uchun ham foydalanmoqda. Elektron tijorat bilan samarali shug’ullanayotgan kompaniyalardan Federal Express va Cisco Systemsni ham aytish mumkin. «Monopoliya» o’yini kabi, elektron tijoratning ham o’z qoidalari mavjud.



Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə