1 Tokarlik va aylana jilvirlash dastgoxlari moslamalari. Markazlar, opravkalar; Lyunetlar, patronlar



Yüklə 40,29 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü40,29 Kb.
#164475
1   2   3   4
TOKARLIK DASTGOXLAR TV-7 METALLARNI KESIB ISHLASH DASTGOXLARI

2.Markazlar, opravkalar

Ichi bo’sh zagotovkalarga va markaziy teshikli detallarga ishlov berish uchun opravkalar konsolli va markazli bo’ladi. Ular vtulkalar, xalqalar va shesternyalar kabi (markaziy teshikli detallar) zagotovkalariga ko’pkeskichli tokarlik,jilvirlash va boshqa dastgolarda ishlov berish uchun qo’llaniladi.


Konsolli va markazli opravkalar ishlov berayotgan zagotovkani o’rnatish va markazlash usuliga ko’ra quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin:

  1. Zagotovkani zazorli yoki tarang (natyag) bilan o’rnatish uchun bikr (tekis) opravkalar.

  2. Kengayadigan tsangali opravkalar.

  3. Ponali (prunjerli va sharikli) opravkalar.

  4. Tarelka prujinali opravkalar.

  5. O’zi maxkamlaydigan (kulachokli, rolikli) opravkalar

  6. Markazlab kengayadigan vtulkali opravkalar.

Opravka 2 konusli qismi 1 bilan shpindel konusiga o’rnatiladi. Zagotovkani opravkada o’q bo’yicha yo’nalgan Q kuchi zagotovkani maxkamlaydi.


rasmda kesilgan vtulka 6 li opravka 2 ko’rsatilgan. Bunda vtulkaga zagotovka o’rnatiladi va maxkamlanadi. Konusli qism 2 ga opravka 1 o’rnatilib shpindel konusiga o’rnatiladi. Opravkada detalni maxkamlash bo’shatish mexanizatsialashgan yuritma bilan amalga oshiriladi. Pnemotsilindrni o’ng bo’shlig’iga qisilgan xavoni uzatilganda porshen, shtok va tyaga 7 chapga xarakatlanadi va tyaga galovka (kallak) 5 shayba 4 bilan kesilgan vtulka 6 li konus opravkaga zagotovkani maxkamlaydi.
Qisilgan xavo chap pnevmotsilindirni chap bo’shlig’iga uzatilsa porshen, shtok va tyaga o’ngga xarakatlanadi. Golovka 5 shayba 4 bilan vtulkadan uzoqlashadi va detal bo’shatiladi.
Markazli opravkalar ichi bo’sh detallar zagotovkalariga ishlov berish uchun butun uzunligi bo’yicha va yon tomonlari (taretslar) bilan o’rnatiladi. SHuningdek (disk) sinfidagi detallar xam markaziy teshiklarga bazalashtirilib, o’rnatib maxkamlanadi.
Markazli yuzasi konusli opravkalar 1 (4.20-rasm) tashqi diametri bo’yicha ichi bo’sh detallar zagotovkalarini jilvirlashda ishlatiladi. Zagotovkani bazaviy teshigi 7 kvalitet aniqligida ishlov berilgan bo’lishi shart. Zogotovka opravkaga yoni bilan po’lat yuzaga urish bilan o’rnatiladi.

rasm Markazli yuzasi konusli opravkalar
Markazli tekkis yuzali opravkalarda zogotovkani yon yuzasi tayanch bazasi bo’lib, opravkada uni xolatini aniqlaydi. Tekkis markaziy opravka 1 ko’rsatilgan. Uni tsilindrik yuzasiga zogotovkani ba’zaviy teshiklari bilan o’rnatiladi so’ngra almashinadigan shayba 5 kiydiriladi. Zogotovkani 4 gaykani kalit yordamida burash bilan maxkamlanadi (4.21-rasm.).
Bunday opravkalar aylana jilvirlash dastgoxlarda ishlov berishda keng qo’llaniladi.



rasm Markazli tekkis yuzali opravka.



Yüklə 40,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə