1 Tokarlik va aylana jilvirlash dastgoxlari moslamalari. Markazlar, opravkalar; Lyunetlar, patronlar



Yüklə 40,29 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü40,29 Kb.
#164475
1   2   3   4
TOKARLIK DASTGOXLAR TV-7 METALLARNI KESIB ISHLASH DASTGOXLARI

3.Lyunetlar, patronlar
Lyunetlar: Uzun l > 12d, bo’lgan detallar zagotokalarini egilishdan saqlash uchun qo’shimcha tayanch sifatida ishlatiladi (l –detal uzunligi, d-detalning eng katta diametri).
Lyunetlar konstruktsialariga ko’ra universal va maxsus, dastgoxga o’rnatish usuli bo’yicha qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan bo’ladi. Xarkatlanadigan kulachokli universal lyunetlar xar xil diametrga ega bo’lgan zagotokalarni tutib turishda ishlatiladi. Maxsus lyunetlar bir xil o’lchamga ega bo’lgan 1 partiyadagi detallarga ishlov berishda ishlatiladi.
Universal lyunetlar stanokka o’rnatilgan bo’lsa qo’zg’almas va karetkaga o’rnatilgan bo’lsa qo’zg’aluvchan deb yuritiladi. rasmda universal qo’zg’almas lyunet ko’rsatilgan.



rasm. Universal qo’zg’almas lyunet


TSangali patronlar turli profildagi kalibrlangan prutoklarni revolьver dastgox va avtomatlarda ishlatiladi. SHuninigdek yupqa devorli detallarni revolьver va jilvirlash dastgoxlarida o’rnatish uchun xam ishlatiladi. TSangali patronlarda prutok yoki zagotovkani markazlash va maxkamlash o’q bo’yicha yo’nalgan tsangani mexanizattsiyalashgan yuritmasidan xosil bo’ladigan kuch bilan amalga oshiriladi.
TSangalar o’lchamlari normallashtirilgan bo’ladi. TSangali patronda xar xil o’lchamli (diametr va formasi) prutoklarga ishlov berish uchun unga almashinadigan tsangalar komplekti taqdim etiladi.
Universal kulachokli patronlar tokarlik va jilvirlash dastgoxlarida ishlov beriladigan turli zagotovkalarni o’rnatish va maxkamlash uchun ishlatiladi.Ular patrondagi kulachoklarni soniga qarab 2 kulachokli 3 kulachokli va 4 kulachokli bo’lishi mumkin. Ikki kulachokli va uch kulachokli patronlar o’z-o’zini markazlaydigan ko’rinishda va to’rtkulachokli patronlarda kulachoklarni bir biriga bog’lanmagan xolda xarakatlanishi ta’minlanadi, bundan tashqari o’zi markazlaydigan bo’lishi ham mumkin.
Zogotovkalarni tsilindrik yuzalari bo’yicha o’rnatish va maxkamlash uchun yon tomonidan kalit bilan qo’lda maxkamlanadigan universal 3 kulachokli markazlovchi patronlar donalab va seriyalab ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
rasmda tokarlik dastgoxida shpindelini rezbali qismida o’rnatiladigan o’zi markazlovchi spiral-reykali 3 kulachokli patron keltirilgan. Patron 1 ni tanasiga bir tomonda reykali pazlar bilan 2 chi tomonda konusli tishli g’ildirakka ega bo’lgan reyka 3 bilan ilashgan disk joylashgan. Reyka 3ni krestsimon pazlariga 4 vintlar yordamida to’g’ri va teskari nakladkali kulachoklar 5 o’rnatiladi va maxkamlanadi.



rasm O’zi markazlovchi spiral-reykali 3 kulachokli patron
Konusli disk g’ildiragi 2 bilan ilashishda bo’lgan 3 konusli g’ildirak 6 toretsli kalit yordamida aylantirganda yordamida 3 reyka yordamida 5 kulachoklar patron o’qi bo’yicha zagotovkani maxkamlaydi va bo’shatadi.
Qopqoq 7 disk 2 bilan patron tanasini bo’ylama xarakatini cheklaydi va patronga qirindilarni tushishidan saqlaydi.
rasmda tsilindrik qismiga zagotovka 3 o’rnatilgan tekis opravka 2 ko’rsatilgan. Bunda tortqich, pnevmotsilindr shtokiga maxkamlangan bo’lib, shtok bilan porshenni chapga xarakati galovka 5 bilan tez almashinadigan shayba 4 ni tortadi va zagotovka 3 ni tekkis opravka 2 ga maxkamlaydi.
rasm Ichi bo’sh zagotovkalarga va markaziy teshikli detallarga ishlov berish uchun opravka.

Yüklə 40,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə