1. To’lov balansining mohiyati va tarkibi Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati To’lov balansi muvozanatini ta’minlash



Yüklə 42 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü42 Kb.
#137363
  1   2
To’lov modeli


To’lov modeli
Reja:
1. To’lov balansining mohiyati va tarkibi
2.Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati
3.To’lov balansi muvozanatini ta’minlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. To’lov balansining mohiyati va tarkibi
To’lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to’lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog’liq bo’ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyuta bo’lishi mumkin.
4-jadval
To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar. Shunga ko’ra to’lov balansi strukturasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operatsiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «qo’shish», import esa «ayirish» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig’i deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko’ra ko’proq olib keladi (-75).
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug’urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo’lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo’lgan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko’proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko’proq boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug’urta xizmatlarini ko’rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug’urta kompaniyalari ko’rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va
h.k. Bu operatsiyalar bo’yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chet to’lovlari bo’yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to’lanadigan to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi (+8).
Transfert ko’rinishida pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to’lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazmalari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini o’z ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo’yicha barcha operatsiyalar yig’indisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo’lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha kamomadga ega.
Xulosa:
Qisqa istiqbolda to’lov balansi qoldig’i jamg’arish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o’zgarishi mumkin.
Agar mamlakatda rag’batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy jamg’armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o’z navbatida joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg’armalar hajmlarini oshiradi, bu o’z navbatida kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi.

Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə