1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi



Yüklə 74,79 Kb.
səhifə11/15
tarix29.04.2023
ölçüsü74,79 Kb.
#107720
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot

Bu borada Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev bosh bo‘lgan ichki ishlar vazirligi xalq militsiyasining tashkil etilishi katta voqea bo‘ldi. Pul islohoti o‘tkazishga kirishildi va zayomlar chiqarilgan. Muxtoriyat o‘z bayrog‘i va madhiyasini yaratgan. Shunisi e’tiborliki, Muxtoriyatni bir qator xorijiy mamlakatlar ham tan olgan. Shu bois Muxtoriyat hukumati yordam so‘rab xorijiy mamlakatlarga murojaat qildi, ulardan ham moddiy, ham harbiy yordamlar olishga harakat qilingan. Muxtoriyatni Angliya, Fransiya, Germaniya, Turkiya va boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatlagan edilar.9

Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tganligi va unda Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabar tezda butun o‘lka mehnatkashlar ommasi o‘rtasida keng tarqaldi va katta qiziqish uyg‘ogdi. Turli shaharlar va tumanlarda Turkiston Muxtoriyati baland va ko‘tarinki ruh hamda shodu xurramlik bilan kutib olindi, Muxtoriyatni qo‘llab quvvatlab joylarda ko‘p ming kishilik miting va namoyishlar uyushtirilgan. Jumladan, 1917-yil 6-dekabrda Toshkent shahrida, Eski Juvadagi Beklarbegi jome’ masjidida uyushtirilgan miting bu jihatdan xarakterlidir. Unda 60 ming shaharlik fuqaro qatnashgan. Mazkur miting tashkilotchilari “Sho‘roi-Islomchi”lar va “Sho‘roi ulamochi”lar edilar.

“Ulug‘ Turkiston” gazetasining bergan xabariga qaraganda: “Masjidning ichki sahni va tomlari odam bilan liq to‘lgan”. Miting Saidg‘ani Mahmud raisligida o‘tgan (Munavvarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, Sherali Lyanin va boshqalar uning o‘rinbosarlari edilar). Gazeta miting qatnashchilari Turkiston Muxtoriyatini batamom qo‘llab-quvvatlaganliklarini yozgan. 1917-yil 1-dekabrida Namangan uyezdida 10 mingga qadar kishi qatnashgan ommaviy xalq namoyishi bo‘lgan. Unda namoyish qatnashchilari “Yashasin Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!” degan shiorlar yozilgan da’vatlarini ko‘tarib bordilar. Bunday harakatlar 6-dekabrda Andijon uyezdi Jalolobod rayoniga qarashli Xonobod qishlog‘ida ham bo‘lgan.


Yüklə 74,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə