1. Turkiston xonliklarini bosib olish yo`lidagi dastlabki harakatlar. Turkiston masalasida ingliz-rus raqobatining kuchayishi


Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi va mustamlakachilik tizimining o`rnatilishi



Yüklə 85 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#135296
1   2   3
2-mustaqil ish

3.Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi va mustamlakachilik tizimining o`rnatilishi.
O‘rta Osiyoni o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadida podsho hukumatining olib borgan harbiy istilochilik yurishlari natijasida uning katta hududlari bosib olindi. Yo‘qotishlar va talafotlarga qaramay, imperator Aleksandr II ning buyrug‘i bilan navbatdagi harbiy rejalarni amalga oshirish davom ettirildi. 1865- yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati O‘rta Osiyodagi harbiy harakatlarni olib borishda harbiy markaz rolini bajardi. Navbatdagi vazifa bosib olingan hududlarda podsho hukumati hukmronligini mustahkamlash va ma'muriy-hududiy birliklarni tashkil qilishdan iborat edi. Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun bosib olingan joylarni o‘z ichiga oluvchi ma'muriy-boshqaruv hudud, ya'ni alohida generalgubernatorlik tashkil etishga kirishildi. Buning sababi O‘rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi bo‘lsa, boshqa yana bir sababi bu kelgusida bosib olinadigan yerlarni ham birlashtirish bo‘lgan. Bu hududlarning imperiya tarkibida yana bitta generalgubernatorlik tashkil qilish uchun aholisi va hududi to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga O‘rta Osiyoda alohida general-gubernatorlikni tashkil qilish orqali uning geografik xususiyatlari, iqtisodi, tabiiy boyliklari, mineral resurslarini imperiya manfaatlariga har tomonlama moslashtirish edi. 1867-yilda bosib olingan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi va Turkiston harbiy okrugi tuzildi. 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi. Bu davrda Turkiston harbiy okrugidagi harbiylar soni 40 ming kishidan iborat bo‘lgan. Toshkentshahri general-gubernatorlikning markazi qilib belgilandi. U qulay geografik makonda joylashgan bo‘lib, harbiy, siyosiy, strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi. Turkiston general-gubernatori o‘lkada joylashgan harbiy qo‘shinlar qo‘mondoni, Yettisuv kazaklari qismi qo‘mondoni va shu bilan birga bosh sudya ham hisoblangan. Turkiston general-gubernatorligiga 1867-yil Rossiya imperatori farmoniga ko‘ra general- K.P.Kaufman adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867-1881) tayinlandi. U bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugining qo‘mondoni ham edi. Yangi ma'muriy hududlarning tashkil qilinishi Turkiston general-gubernatorligi Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismini ham o‘z ichiga oldi. Dastlab Turkiston generalgubernatorligi ma'muriy jihatdan ikkita viloyat: Sirdaryo (markazi - Toshkent) va Yettisuv (markazi - Verniy) viloyatlariga bo‘lingan. Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil Turkiston general-gubernatorligining markaziy boshqaruvi qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo‘lgan yerlar va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining bir qismidan iborat holda tashkil qilindi. Bosib olingan hududlar hisobiga keyinchalik quyidagi ma'muriy-hududiy birliklar vujudga kelgan: 1868-yilda Buxoro amirligiga qarashli yerlarda Zarafshon okrugi (markazi - Samarqand), 1873-yilda Xiva xonligiga qarashli hududlarda Amudaryo bo‘limi (markazi - Petro-Aleksandrovsk; hozirgi To‘rtko‘l) va 1876-yilda Farg‘ona viloyati (markazi - Yangi Marg‘ilon, keyinchalik Skobelev - hozirgi Farg‘ona shahri), 1881-yilda Kaspiyorti viloyati (markazi - Ashxobod shahri) tashkil qilingan. Turkiston o‘lkasidagi viloyatlarning hududlari katta bo‘lgan. Ularning maydoni Rossiyaning ayrim markaziy gubernalarining hududidan ham katta bo‘lgan. Jumladan, o‘lkadagi viloyatlarning hududiy jihatdan eng kichigi bo‘lgan Samarqand viloyatining maydoni 2000 kv. verst (1 verst - 1,066 km ga teng) bo‘lib, u Saratov gubernasidan, XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo xalqlari Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi mardonavor kurash olib bordi. Keng xalq ommasi vatan mustaqilligi va ozodligini mustamlakachilardan himoya qilish uchun qahramonlarcha jang qildi. Lekin bu davrdagi ichki nizolar, o‘zaro urushlar, hukmdorlarning uzoqni ko‘zlab ish olib bormaganligi oxir-oqibat yurtning mustaqilligi yo‘qotilib, o‘zgalarga tobe bo‘lishga olib keldi. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga, Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda Buxoro amirligining mag‘lubiyatga uchrashiga quyidagilar sabab bo‘ldi: Birinchidan, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari Rossiya imperiyasiga nisbatan harbiy va iqtisodiy rivojlanish sohasida ancha orqada edi. Ayniqsa, ularning harbiy sohadagi ahvoli o‘sha davrda jahon miqyosidagi taraqqiyot darajasidan past bo‘lgan. Xonliklarning tashqi siyosatda odilona siyosat olib bormaganliklari oqibatida ularning o‘zlari tashqi dunyodan ajralib qolgan edi. Ikkinchidan, uchta davlat o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlar, hamkorlik va birdamlik yo‘q edi. Ulardagi siyosiy tizim, davlat boshqaruvi zamonaviy boshqaruvdan uzoq bo‘lib, o‘rta asrlarga xos yakkahokimiyatchilikka, zo‘ravonlikka asoslangan edi. Buning oqibatida ichki ziddiyatlar ko‘payib, nizolar kuchaydi. O‘zaro urushlar, taxt uchun kurashlar avj oldi. Uchinchidan, urush harakatlari vaqtida xonlar biri ikkinchisiga yordam ko‘rsatmadi va o‘z tinchligini o‘ylab befarq qarab turdi. Bu esa har bir xonlikning alohida tor-mor etilishini yengillashtirdi. Shularning barchasi Rossiya imperiyasi hukumatiga qo‘l keldi va vaziyatdan foydalanib mamlakatni mustamlakaga aylantirdi.
Sirdaryo viloyatining hududi esa Moskva gubernasidan katta bo‘lgan. Turkiston general-gubernatori 1867-yilgi «Nizom» loyihasida ko‘rsatilgan huquqlardan tashqari o‘lkani boshqarish uchun mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda mustaqil faoliyat olib borishda katta huquqlarga ega bo‘lgan. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining boshqa guberna boshliqlaridan farqli ravishda siyosiy, iqtisodiy, harbiy va geosiyosiy maqsad- larini amalga oshirishda K. P. Kaufmanga katta vakolatlar berilgan. Shuning uchun u xalq orasida «yarim podsho» nomini olgan.
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o‘rnatish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilingan joylarni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng avvalo, mustamlakachilar o‘zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni o‘lkada joriy qilishi kerak edi. Mustamlakachilik siyosatining to‘liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurishlari bilan birga turli ko‘rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlardan o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan. Rossiya imperiyasiningO‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar kengayib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning qanday bo‘lishi kerakligi masalasi juda ko‘p hamda uzoq vaqt imperiya hukmron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilingan. Ushbu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘zlab ish ko‘rish, hech nimada tavakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish olib borilgan. Turkiston general-gubernatori S. M. Duxovskoy (1898- 1901): «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e'tibor berilishini talab qiladi», - degan edi. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 6-avgustda Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo‘liga o‘tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtiriladi. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo‘ysungan. 1908-1910-yillarda Turkiston o‘lkasini podsho topshirig‘i bilan taftish qilgan senator K. Palen ta'kidlaganidek, «o‘lkada eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida» bo‘lgan. Mahalliy aholi vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavozimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan. General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan. Rossiya imperiyasidagi hech bir gubernada bunday katta vakolatga ega bo‘lgan boshqaruv organi mavjud bo‘lmagan. Turkiston o‘lkasi ma'muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni o‘z qo‘lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqargan. Viloyatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan. Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uchastkalarni uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholining an'anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari yangi bosib olingan yerlarda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi odamlar bo‘lmagani, o‘lka sharoitini to‘liq bilmasliklari dastlabki vaqtda mahalliy aholi vakillarining quyi boshqaruvda ishtirok etishiga yo‘l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi o‘lka ma'muriyatiga imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o‘lkadagi sharoitlarni yaxshi biladigan mahalliy aholi vakillaridan o‘zlariga eng ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muammosini ko‘ndalang qo‘yardi. Uni hal qilishda imperiya hukumati Turkistondagi hukmronlikning dastlabki vaqtidayoq ishlab chiqilgan saylov tizimi yordam berdi. Uyezdlar volostlarga, volostlar o‘troq aholi yashaydigan hududlarda qishloqlarga, chorvador aholi yashaydigan hududlarda esa ovullarga bo‘lindi. Boshqaruv tizimining quyi bosqichida volost General-gubernator qarorgohi. Toshkent. XIX asr boshlig‘i, qishloq oqsoqoli, ovul boshlig‘i, xalq sudyalari va ularning yordamchilari, ariq oqsoqoli, mirob, o‘nboshi, ellikboshilar kabi lavozimlarda yerlik aholi vakillari ish olib borgan. 1867-yilgi «Nizom» loyihasi asosida o‘troq aholi bir bosqichli tizim shaklida, ya'ni oqsoqolliklarga, chorvador aholi esa ikki bosqichli tizim ko‘rinishidagi volost va ovullarga birlashtirilgan. Har bir oqsoqollik 100-200 xonadon, ovul 100-200 o‘tov, har bir volost esa 1000-2000 o‘tovdan iborat holda tashkil qilinishi belgilangan. O‘zingizni sinang! 1865-yilda ... Volostlar - 1867-yilda ... Oqsoqollik - ... Uyezdlar - ... K. Palen - ... Mustamlakachilik boshqaruvining xususiyatlari O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bilan bir vaqtda uni kelgusida qanday boshqarish va o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish hal qilib borilgan. Shunga ko‘ra Turkiston o‘lkasi bosib olingan davrdan boshlab to‘liq mustamlaka sifatida boshqaruv tartiblariga asoslangan ma'muriy-hududiy birliklar va ularning boshqaruv tartiblari joriy qilib borilgan. Uning asosiy maqsadi mahalliy aholini qattiq nazoratda va tobelikda ushlab turishga qaratilgan edi. Joriy qilingan boshqaruv tartiblari to‘liq ravishda harbiy tartiblarga asoslanib, o‘lkada imperiyaning siyosiy va iqtisodiy hukmronligini o‘rnatishga qaratilgan edi. O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasi hukumatining yana bir asosiy maqsadi- bu imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga aholini ko‘chirib keltirib joylashtirish bo‘lgan. O‘lka ma'muriyati ko‘chirib keltirilgan aholiga erkin yashashi va xavfsiz turmush kechirishi uchun yetarli imkoniyatlar yaratib berishga harakat qildi. Ko‘chirib keltirilganlar yerlar va kerakli mablag‘lar bilan ta'minlangan. Aholini ko‘chirib keltirib joylashtirishdan yana bir maqsad bu o‘lkada mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda qo‘shimcha tayanch kuchlarga ega bo‘lish edi. Bu siyosat mahalliy aholini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir bo‘ldi. O‘rta Osiyoda bosib olingan hududlar ma'muriy jihatdan bo‘linib, ular to‘liq harbiy zobitlar qo‘l ostida bo‘lgan. 1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan bo‘lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Duma a'zolarining 1/3 qismi Eski shahar qismidan, 2/3 qismi esa Yangi shahar qismidan saylangan. Bunga ko‘ra shaharning 80 ming mahalliy aholisidan 21 ta deputat, 3900 Turkiston o‘lkasining ma'muriy-hududiy bo‘linishi va boshqaruvi nafari, asosan, ruslardan iborat aholidan esa 48 ta deputat qatnashgan. Shahar xo‘jaligiga oid barcha ishlar Duma qo‘lida bo‘lgan. Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs general-gubernator tavsiyasi bilan harbiy vazir tomonidan tasdiqlangan. 1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlandi. Mazkur Nizomning asosiy maqsadi o‘lkada ma'muriy boshqaruvni mustahkamlash va yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan. Nizomga muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga kiritildi. Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb o‘zgartirildi. 1886-yilda Turkiston general-gubernatorligining umumiy hududi 1,7 million kv. km bo‘lib, aholisining soni 5,2 million kishidan iborat bo‘lgan. O‘zbeklar va boshqa tub xalqlar 1897-yilda 5 millionga, 1911- yilda esa qariyb 6 millionga yetgan. Rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo‘shib hisoblaganda 1897-yilda 197 ming kishini, 1911-yilda esa 400 ming kishini tashkil qildi. Podsho hukumati hamisha ko‘chirib keltirilganlar sonining ortib borishiga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshirib bordi. Ular mustamlaka siyosatini amalga oshirishda tayanch bo‘lib xizmat qilishi lozim edi. 1886-yildagi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy boshqaruvi yangi idora - Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to‘ldirilgan. Viloyat harbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘i bu Kengashning doimiy a'zolari bo‘lishgan. Buxoroda esa 1885-yil Rossiya imperatorining siyosiy agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Uning ruxsatisiz Buxoro amiri tashqi va ichki siyosatda mustaqil ish olib bora olmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:





  1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat.-T.: O`zbekiston, 1994 y.

  2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.: Sharq, 1998 y.

  3. Tojiboyev R. Mustamlakachilar va milliy matbuotimiz ((Jamiyat va Boshqaruv.-1997.-№2.-B.61-62.

  4. O`zbekiston tarixi. Oliy o`quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun darslik R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b.

  5. O`zbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar.-T.:


Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə