1. Turli mezonlarga muvofiq yer osti suvlarini tasniflash



Yüklə 9,09 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü9,09 Kb.
#182654
1 amaliy


1.Turli mezonlarga muvofiq yer osti suvlarini tasniflash.

Yer osti suvlarining ko‘p tasniflari mavjud va ular turli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan.


Yer osti suvlari qatlamlarning yoshi, tog‘ jinslarining litologik hususiyatlari, suvning tarkibi, uning xarorati, gidrodinamik ko‘rsatkichlar, qatlamlarni yotish sharoitlari, suvlarning kelib chiqishi va boshqa omil va belgilar yer osti suvlarining tasnifini asosi qilib olinishi mumkin.
Hozirgacha taklif qilingan tasniflar orasida F.P. Savarenskiy, A.M. Ovchinnikov, O.K. Lange tomonidan taklif qilingan tasniflar amalda qo‘llash uchun qulaydir.
Ularning tasniflari yer osti suvlarining qatlamlarini yotish sharoitlari, ularning bosimi, harakati va boshqa holatlarini aks ettiradi. Bu tasniflarni umumlashtirsak, yer osti suvlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin.

  1. Aeratsiya zonasidagi suvlar.

  2. Sizot - grunt suvlari

  1. Qatlamlararo- artezian suvlar

  1. Tog‘ jinslarining yoriqlaridagi suvlar

  1. Karst suvlari

Aeratsiya zonasida asosan kapilyar, molekular suvlar doim uchrab, gravitatsion suvlar esa faqat yomg‘ir suvlarini infiltratsiyasi natijasida kuzatilishi mumkin. Aeratsiya zonasi katta qalinlikka ega bo‘lgan joylarda, suvni yaxshi o‘tkazuvchi jinslar orasida nisbatan suvni yomon o‘tkazuvchi qatlamlar uchrasa, bu sharoitda, grunt suvi satxidan balandda «yuqori suvlar» uchrashi mumkin (rasmda tushuntirish).
Grunt - sizot suvlari yer yuzasidan birinchi uchraydigan suv qatlami bo‘lib u nisbiy suv o‘tkazmas qatlam ustidan harakat qiladi. Boshqa suv qatlamlaridan uning farq qiladigan hususiyatlari quyidagilardan iboratdir:

  1. To‘yinish maydoni harakat maydoniga monanddir.

  2. Satxi ustidagi bosim atmosfera bosimiga deyarli teng bo‘ladi, shuning uchun bu yer osti suvini bosimsiz suvlar deyiladi.

  3. Kelib chiqishi - infiltratsion jarayonlar tufayli.

  4. Fizik - geografik qonuniyatlarga bo‘ysinadi.

  5. Aeratsiya zonasi orqali atmosfera va yer yuzasidagi omillar bilan bog‘langan .

Qatlamlararo - artezian suvlar . qatlamlararo suvlar ikki suv o‘tkazmas ( yoki nisbatan yomon suv o‘tkazadigan ) qatlamlar orasiga joylashgan yaxshi suv o‘tkazuvchi qatlamlarda uchraydi. Ular asosan bosimli bo‘lib, agar biz bu qatlamni burg‘u quduqlari yordamida ochsak, suvning sathi yer yuzasiga va undan ham yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. Bu holda biz yer osti suvining favvorasini kuzatamiz. Bu suv qatlamlari har xil chuqurlikda uchraydi, yerga yaqinroq va 10-12 km chuqurlikda ham joylashgan bo‘lishi mumkin. Ular grunt suvlaridan farqli o‘raloq tashqi muhit bilan kuchli bog‘lanmagan va ekzogen jarayonlar ularga ko‘pda ta’sir qilmaydilar.
Artezian suvlarni xarakati gidrostatik bosim natijasida (to‘yinish va yer yuzasiga oqib chiqish zonalaridagi bosimning farqi hisobiga), tog‘ jinslarining qisilishi, tektonik xarakatlar, suvni gazlar bilan to‘yinishi, temperatura tasirida sodir bo‘ladi.
Bosim hosil bo‘lish sabablariga ko‘ra artezian suv qatlamlarining gidrodinamik hususiyatlarini ikki turga bo‘lish mumkin. Bu infiltratsion va eliziondir.
Infiltratsion tizimlarda suvning xarakati to‘yinish va sarf bo‘lish zonalaridagi bosimning farqi hisobiga sodir bo‘ladi.
Elizion sistemalarda suvning xarakati va bosimi litogenez va tektonik jarayonlar hisobiga bo‘ladi.
Bunday artezian suv qatlamining gidrodinamik hususiyatlarini ikki turga ajratish shartli bo‘lib, tabiatda bu jarayonlarni bir vaqtda kuzatish mumkin.
Yüklə 9,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə