1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/163
tarix26.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari

2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.
Tayanch so’z va iboralar: metodika masalalari, ta’lim berish vositalari. yo’llari va vositalari. - 20 ball Metod aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi1. Metodika (yun. “methodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot2  ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir.
Metodika maktab oldiga qo’yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o’rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o’rganadi:
1. O’qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va qo’llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi. 2. O’qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o’quvchilar amaliy ishlari  mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni “Qanday o’qitish kerak?” savoliga javob tayyorlab beradi. 3. O’quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko’nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni “Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak?” savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni o’rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə