1-variant Ombordagi materiallar hisobi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə22/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
2 5213136887618738063

1ga javobMol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi 
mezonlarga javob berishilozim:
-xizmat muddati bir yildan oshmagan;
- xizmat muddatidan qat’iy nazar bir birlik (komplekt) uchun 
0 ‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam 
ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan 
buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari 
tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini 
belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda 
ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki 
davr xarajatlariga to‘liq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan 
oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar 
(nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) 
kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib 
tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar bo‘yicha) va
ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar 
ko'rsatiladi.
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik 
(komplekt) uchun xarid qilish paytida 0 ‘zbekiston Respublikasida 
belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda 
lashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xo‘jalik 
anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi 
mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlami kamaytirish, ya’ni ularni 
xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali 
amalga oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga 
mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
b) teng me’yorli tarzda.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik 
anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

- maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni 


turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani 
tayyorlash uchun moijallangan, maqsadli asbob va moslamalar);
- maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
- ko‘rpa-to‘shaklar;
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiIadigan 
asboblar va hokazolar);
- oshxonadnventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
- barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga 
kiritiladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
- foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan 
uskunalar;
- ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ulaming vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘miga
bog‘liq holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish 
uchun hisobvaraqlami mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida 
inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish 
yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya 
hisobida inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish 
bilan bogiiq haqiqiy xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha) 
xarajatlami hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi 
yozuvlar amalga oshiriladi:
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290
Kredit 1080
Bir vaqtning o‘zida, foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik 
jihozlarini saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari 
schyotda quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” hisobga 
olishga o‘tkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə