1-variant Ombordagi materiallar hisobi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə23/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
2 5213136887618738063

2. ga javob Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.

Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.

Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.

Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyota ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.

Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim.

Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini xamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.

Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi xujjatlardan foydalaniladi:

T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq

T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.

T-3 shakli. Shtat jadvali.

T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq.

T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.

T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.

T-13 shakli. Tabel.

T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti.

T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti.

T-53 shakli. To‘lov vedomosti.

Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, brigada, tsex xodimlarining noma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.


Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel tsex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish xaqi hisoblash uchun topshiriladi.

Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari etarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi xujjatlardan foydala- niladi:


  • ishbay ishlash uchun naryadlar;


  • raportlar;


  • marshrut varaqalari;


  • qaydnomalar;


  • bichish kartalari va hokazo.








Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich xujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish xaqini hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich xujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Kayta ishlangan xujjatlar, ishchilarning tabel rakamlari buxgalteriyada tsexlar bo‘yicha guruxlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjatlar asosida hisoblash vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa xujjatlar tuziladi.
Ish haqini hisoblash kaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob- kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy xujjatdir. Bu xujjatda har bir tabel raqami, xodimlarning toifasi hamda to‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi.

Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov vedomostini to‘ldirish uchun xamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə