1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə16/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

PR = SS x TB x KT x KBM x KV x KS x KN x KVZ / 100;
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalariga ushbu ilovaning III bo‘limiga muvofiq hisoblab chiqilgan majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotining eng katta miqdori barcha koeffitsiyentlar hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan tegishli bazaviy stavkaning 5 baravari miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta tovonini to‘lashda qo‘shimcha ravishda to‘lanadigan sug‘urta mukofoti quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
PRD = PR x (SV/SS) x (OP x PS), bunda:
6-variant
1. Sug'urta bozorining professional ishtirokchilari va ularga tavsif bering.
Sug‘urta bozorining subyektlari professional va professional bo‘lmagan qatnashchilarga bo‘linadi. Sug‘urtalovchi - bu tijorat tashkiloti hisoblanadigan, tegishli turdagi sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta to‘lovi (sug‘urta puli) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan yuridik shaxs. Sug‘urta vositachilari(sug‘urta brokeri, qayta sug‘urtalovchi broker, sug‘urta agenti) – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib olgan sug‘urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta zahiralarini shakllantirish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Adjaster - sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug‘urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug‘urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Syurveyer - sug'urtaga tortiladigan mol-mulkni ko'rikdan o'tkazuvchi sug'urta kompaniyasining xodimi. Sug'urta kompaniyasi syurveyeming xulosasi asosida sug'urta shartnomasini tuzish to'g'risida qaror qabul qiladi. CHet el amaliyotida yong'in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat muhofazasi bo'yicha tashkilotlar syurv'eyer funksiyasini bajaradi.Assistans — sug'urta qildiruvchilarga (sug'urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug'urtalovchilarga sug'urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko'mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə