Wps presentation



Yüklə 8,12 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü8,12 Kb.
#180650
  1   2

MULKCHILIK MUNOSABATLARI

Fan: Zamonaviy iqtisodiyot.

Bajardi: Asliddinov Behzod

Tekshirdi: Bababekova Nargiza

Reja: 1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari. 2. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni. 3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.


Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati ‘aydo bo’ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik munosabatlari va ulardan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarning mohiyatini quyidagi shartli misol yordamida yaqqolroq tasavvur etish mumkin (1-jadval).
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
Mulkchilik huquqlari nazariyasining asoschilari bo’lib amerikalik iqtisodchilar R.Kouz va A.Alchian hisoblanadi. Shuningdek, bu nazariyaning yanada rivojlanishida Y.Barstel, G.Demeest, D.Nort, R.’ozner va boshqalar katta hissa qo’shganlar.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi namoyondalari mazkur muammoni tadqiq etishdagi ikkita o’ziga xos yondoshuvlari bilan ajralib turadi.

Yüklə 8,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə