Wps presentation



Yüklə 8,12 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü8,12 Kb.
#180650
1   2
Birinchidan, ular o’z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik» tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushunchasini qo’llaydilar. Ularning fikricha, resursning o’zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo’yicha huquqlar to’’lami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi.
Mulkchilikning to’liq «huquqlar to’’lami» o’z ichiga quyidagi 11 ta huquqni oladi:
  • Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to’liq jismoniy nazorat o’rnatish huquqi;
  • Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xossalarini o’zi uchun qo’llash huquqi;
  • Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo’sinda ta’minlashini hal etish huquqi;
  • Daromad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi;
  • Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o’zgartirish yoki yo’k qilish huquqi;
  • Xavfsizlikni ta’minlash huquqi, ya’ni ne’matni eks’ro’riastiya qilinishi hamda tashqi muhit tomonidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi;
  • Ne’matni merosga berish huquqi;
  • Ne’matga ega bo’lishning muddatsizligi huquqi;
  • Ne’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi;
  • Qarz uchun to’lov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to’lov sifatida foydalanish imkoniyatini qo’llash huquqi;
  • Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlarni tiklanishini ta’minlovchi tartib va muassasalarning amal qilishi huquqi.

  • Mulkchilik

Ikkinchidan, mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nisbatan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qandaydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik to’g’risida so’z yuritish ma’noga ega emas».
To’g’ri, bunday yondoshuv yuqorida nomlari tilga olingan iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondoshuv dastlab 1871 yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tomonidan «Siyosiy iqtisodning qaror to’ishi» kitobida asoslab berilgan edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nisbatan miqdori kam bo’lgan ne’matlarning mavjudligi sharoitida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari «ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi ne’matlar miqdori o’rtasidagi nomuvofiqlik» muammosini hal eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi.
Bunday nomuvofiqlik shunga olib keladiki, mulkchilik munosabatlarining markaziy holati bo’lib ularning rad etuvchi tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari – bu moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir. Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi, ya’ni, ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi. Bunday resurslar mulkchilik ob’ekti bo’la olmaydi. Ulardan foydalanish bo’yicha kishilar o’rtasida iqtisodiy, bozor munosabatlari ‘aydo bo’lmaydi.
Quyidagi 2-chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik shakllarining tasniflanishi keltirilgan
Yüklə 8,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə