1. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotida kichik biznesning roli


Yevropa davlatlarida kichik biznesning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 36,74 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü36,74 Kb.
#157230
1   2   3   4   5
Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishining xorijiy mamlakatlar tajribasi

2. Yevropa davlatlarida kichik biznesning rivojlanish xususiyatlari.
Ko‘pgina xorijiy davlatlarda kichik biznes davlat siyosatiga molik kompleks tuzilma bo‘lib, bunda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish qonuniy asosiga qo‘yilgan, tadbirkorlar imtiyozli sur’atda kredit resurslari imkoniyatlaridan foydalanadilar. Imtiyozli soliq to‘lash imkoniyatlariga ega ishlab chiqarish, moliya, maorif, bozor infratuzilmasidagi jami afzalliklar va yangiliklardan, o‘zlariga manfaatli bo‘lgan iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashuvchi omillardan foydalanadilar.
Yevropa mamlakatlari orasida ishlab chiqarish yuksak taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Italiya bo‘lib, mamlakatida bu boradagi muvaffaqiyatning asosiy tayanchi kichik tadbirkorlik hisoblanadi.
Italiya kichik korxonalari bir tarmoq yoki bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish atrofida jipslashuvi yoki ixtisoslashuvi bilan mashhurdir. Kichik korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va o‘sish sur’atlariga ko‘ra, Italiyani faqatgina Gretsiya va Ispaniya bilan tenglashtirish mumkin. Italiyaning xalqaro savdo bozorlarida muvaf-faqiyatli faoliyat olib borayotgan kichik korxonalari yuqori sifatli tovarlarni eksport qilishi bilan e’tibor qozongan. Italiya kichik korxonalari, odatda, yuqori sifati va dizayni bilan ajralib turadigan tovarlarni ishlab chiqaradi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Italiya kichik korxonalari oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa iste’mol tovarlarining eksportida salmoqli o‘rinni egallaydi. Shuningdek ular yarimtayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, stanoklar, to‘qimachilik va teriga ishlov berish, qishloq xo‘jaligi, qadoqlash, yog‘ochni qayta ishlash, keramika va metallga ishlov berish uskunalari hamda “mini” texnologiyalar eksport qilish bo‘yicha ham yetakchilardan hisoblanadi.
Shu o‘rinda, Italiya kichik korxonalari bu darajada raqrbatbardoshlikka qanday qilib erishgan, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javobni alohida olingan kichik korxonadan emas, balki ma’lum bir tur­dagi mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan mehat taqsimotiga ega hamda yagona maqsad yulida uyushgan korxonalar tizimi "klasterlar" yoki "sanoat tumanlari" negizidan topish mumkin. Tadbirkorlar, mutaxassislar va olimlar tomonidan klasterlarga qiziqish kattaligining asosiy sababi ham shunda. Italiyada kichik korxonalar sanoatning bir tarmog‘i yoki bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga ixtisoslashuv xususiyatiga ega. Shu bilan birga ushbu tarmoqda tutash sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalar ham ixtisos-lashuvning kuchayishidan manfaatdor. Bunday ixtisoslashuvni "kichik korxonalarning klasterlari" deb atashadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, bunday ixtisoslashuvda korxonalar bir-birlariga uzviy bog‘langan bo‘ladi, lekin bu ularning o‘zaro qaramligini bildirmaydi. Aksincha, ishlab chiqarish yunalishlari va sheriklarni tanlashda to‘liq mustaqillik ta’minlanadi. Har bir korxona bir- birisiz fao­liyat ko‘rsata olmaydigan ishlab chiqarish jarayonining bir bosqichi bilan shug‘ullanadi.
Klasterlar uyushmalari o‘z tarkiblariga mikro, kichik va o‘rta korxonalarni biriktirishi yoki o‘z atrofiga subpudratchilarni uyushtirgan yirik korxonalardan ham tashkil topishi mumkin. Ayrim klasterlar faqat birgina ishlab chiqarish jarayoniga ixtisoslashadi, boshqalari esa bir-biriga tutash faoliyat turlari yoki pirovard natijada bitta yirik tarmoqqa xizmat ko‘rsatadigan turli ishlab chiqarish va xizmat soxalarini o‘z ichiga oladi. Klasterlarga jamlangan kichik korxonalarning raqobat kurashidagi afzalliklari uchta jihati bilan muhimdir:2 ixtisoslashuv; kooperatsiya; egiluvchanlik. Ixtisoslashuv maxsulot sifatini nazorat qilish bilan bog‘liq muammolarni ham samarali yechishga imkon yaratadi. Agar firma bir xil fa­oliyat turi bilan shug‘ullansa, u o‘sha yunalishda sidqidildan ish yuritishiga va doimiy izlanishda bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 36,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə