1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar



Yüklə 296,75 Kb.
səhifə1/7
tarix26.04.2023
ölçüsü296,75 Kb.
#107067
  1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

2-MA’RUZA. MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR REJA: 1.XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar. 2.Aholi turmush darajasining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi 3.I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 4.1991-yil avgust voqealari. FVDQ (GKCHP). Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.

1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.

  • 1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
  • Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet tuzumining “qayta qurish” davrini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi.

O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.

  • O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
  • 1985 yil aprelda bo‘lib o‘tgan Markaziy Komitet Plenumida “sotsializm” va “kommunizm” to‘g‘risidagi safsata va yolg‘ondan iborat “nazariya” va “g‘oyalar”ning turg‘unlik holatiga kirib qolganligini, kommunistik partiya strategiyaviy faoliyatining pirovard yakuniy inqirozi ekanligi ta’kidlandi. Bu jarayonning sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
  • Birinchidan, 70 yildan ortiq vaqt mobaynida sovetlar davrida amal qilib kelgan kommunistik partiyaning yakkahokimlikka asoslangan ma’muriy-buyruqbozlik ish yuritish uslubi hayot sinoviga bardosh bera olmadi. Davlatning asosiy siyosiy negizini tashkil etuvchi “sovetlar” endi amalda ikkinchi darajali qo‘g‘irchoq rasmiy bir tashkilotga aylanib qolgandi.

Yüklə 296,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə