1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar



Yüklə 296,75 Kb.
səhifə5/7
tarix26.04.2023
ölçüsü296,75 Kb.
#107067
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.

  • Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
  • 1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.

4. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

  • 4. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
  • O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. Ushbu Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko‘rsatdilar. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir»,-deb, yozib qo‘yilgan. Sessiya qabul qilgan bu «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. SHu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991 yil 22 iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi. O‘sha vaqtda Markaz rahbarlari Respublikalar Ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar, buning iloji yo‘q edi. CHunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayri konstitutsion yo‘llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish bilan bo‘lsa-da, oldingi buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol siyosatini davom ettirardi. 1991 yil 11 yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi.

Yüklə 296,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə