1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar



Yüklə 296,75 Kb.
səhifə2/7
tarix26.04.2023
ölçüsü296,75 Kb.
#107067
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

Davlatning taqdirini hal etuvchi kuch KPSS, uning Markaziy qo‘mitasi, Siyosiy byurosi edi. Ichki va tashqi siyosatga oid barcha masalalar, yillik va besh yillik rejalar, kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishlargacha dastlab KPSS MK Siyosiy Byurosida hal bo‘lardi va so‘ng sovetlarning mas’ul organlari uni shunchaki tasdiqlar edi. Ish shu darajaga borib etgandiki, partiya safidan chiqarilgan xodim o‘z ish vazifasidan ketishi u yoqda tursin, u albatta jazolanar edi. Kommunistik partiyaning yakkahokimlikdan iborat ish uslubi shaxsga sig‘inishidan iborat ijtimoiy-siyosiy hodisalarni keltirib chiqarib qolmasdan, ayni paytda sovetlar jamiyatining ichdan emirilishini tezlashtirgan omillardan bo‘ldi.

  • Davlatning taqdirini hal etuvchi kuch KPSS, uning Markaziy qo‘mitasi, Siyosiy byurosi edi. Ichki va tashqi siyosatga oid barcha masalalar, yillik va besh yillik rejalar, kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishlargacha dastlab KPSS MK Siyosiy Byurosida hal bo‘lardi va so‘ng sovetlarning mas’ul organlari uni shunchaki tasdiqlar edi. Ish shu darajaga borib etgandiki, partiya safidan chiqarilgan xodim o‘z ish vazifasidan ketishi u yoqda tursin, u albatta jazolanar edi. Kommunistik partiyaning yakkahokimlikdan iborat ish uslubi shaxsga sig‘inishidan iborat ijtimoiy-siyosiy hodisalarni keltirib chiqarib qolmasdan, ayni paytda sovetlar jamiyatining ichdan emirilishini tezlashtirgan omillardan bo‘ldi.
  • Ikkinchidan, Kommunistik partiyaning “lenincha milliy siyosati”da ham nazariya va amaliyot bir-biriga muvofiq kelmay qoldi. Kompartiyaning milliy siyosatdagi bosh maqsadi-rus bo‘lmagan boshqa millatlarni millat sifatida yo‘q qilib yuborish-assimilyasiyalashdan iborat edi. Xullas, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sof shovinistik, mustamlakachilik siyosati olib borildi. Milliy nizo va fojealar avj olib ketdi. Bularning barchasi sovet imperiyasining inqiroziga olib keldi. Natijada 1985 yilda e’lon qilingan “Qayta qurish” siyosati sovet imperiyasi tanazzulini yanada tezlashtirdi.

XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi.

  • XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi.
  • O‘zbek xalqining istiqloli va mustaqilligi to‘g‘risidagi fikr hech qachon, hatto totalitar tizim “gullab yashnagan” davrda ham O‘zbekiston milliy ziyolilarining miyasidan nari ketmagan o‘zbek xalqi istiqlol va mustaqillikka erishish uchun garchi oshkora ravishda bo‘lmasa ham, doimo kurash olib borgan.
  • Tish-tirnog‘i, joni va qoni zo‘ravonlikdan iborat bo‘lgan tizim yangi narsalarning hammasiga, xalq orzu qilib, dilida saqlab kelgan narsalarning barchasiga jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Bu tizimning mafkurachilari o‘zlarining tamomila nochorligi va mahkumligini sezib, “gaykalarni qattiqroq burashdek” necha qayta sinab ko‘rilgan yo‘lga kirdilar va O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar maydoniga aylantirdilar.

Yüklə 296,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə