1. Yengil atletika sport turin xakamlik paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari


Papkalaming taxminiy miqdori va ularning kimlar uchun tayyorlanishi



Yüklə 358,21 Kb.
səhifə16/16
tarix24.12.2023
ölçüsü358,21 Kb.
#160649
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1. Yengil atletika sport turin xakamlik paydo bo’lishi va rivojl

Papkalaming taxminiy miqdori va ularning kimlar uchun tayyorlanishi:
ishtirokchilar qoshidagi hakam;
startyor;
marra;
axborot;
fotomarra;
tablo;
shamol tezligini o‘lchash;
sakrashlar: uzunlikka, uch hatlab, langarcho‘p bilan, balandlikka;
uloqtirishlar: yadro, disk, nayza, bosqon.
Har qanday darajadagi musobaqada kotibiyat e’lonlar taxtasini o‘rnatishi lozim.
E’lonlar taxtasi vakillar va sportchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylarda (masalan, ishtirokchilar yig‘iladigan joyda va kotibiyat yaqinida) o‘rnatiladi.
Start qaydnomalari va natijalarni alohida joylashtirish maqsadga muvofiq. Jamoalarga oid ma’lumotlarni Nizom, Reglament, jadval bilan bir taxtaga joylashtirgan ma’qul.
Musobaqalarni o‘tkazish
Hakamlar guruhlari kotiblarining vazifa majburiyatlari
Hakamlar guruhlarining barcha kotiblari kotibiyat tarkibiga kiradilar, lekin o‘z hakamlik guruhi ishlayotgan vaqtda guruhning bosh hakamiga bo‘ysunadilar. Ularning vazifasi rasmiy ish qaydnomasini to‘ g‘ri va to ‘ la shakllantirish, ishchi va boshqa materiallarni kotibiyatga va boshqa xizmatlarga bosh kotib ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda o‘z vaqtida etkazishdan iborat.
Qaydnomalami sharikli ruchka bilan aniq, ravon yozuvda toMdirish zarur. Barcha holatlarda hisobga olinmagan urinish “X” belgisi bilan ko‘rsatiladi;
- urinish o‘tkazib yuborilsa, chiziq “_____
- ishtirokchi startga kelmasa “kelmadi”;
- balandlik egallansa, “O” belgisi qo‘yiladi.
Qaydnomada natijalar quyidagi tartibda yoziladi:
- yugurish natijasi (10000 m masofagacha) avtomatlashtirilgan
elektron apparatlarida foydalanilganda, 0.01 sek.gacha aniqlashtiriladi: 10.14, 20.02, 48.11,4:9.18;
10.000 m.dan yuqori masofalarda 0.1 sek.gacha yaxlitlanadi.
Masalan: 59:26.32 - 59:26.4 deb yoziladi.
To‘laligicha yoki qisman stadiondan tashqarida o‘tkaziladigan 5000 m va undan yuqori masofalarga yugurish musobaqalarida vaqt keyingi katta to‘la sekundgacha aniqlikda qayd qilinadi. Masalan: 2:09:44.32-2:09:45.
Uloqtirishlarda natija kamaytirish tomon 1 sm.gacha yaxshilab yoziladi-60.23.
Sakrashlarda yozuv quyidagicha amalga oshiriladi: 7,63; 2.23; 5.55.
Agar ishtirokchi natijasi qaydnomaga yozilganidek keyin diskvalifikastiya qilinsa (masalan, yugurishda — yo‘lkachadan chiqib ketganligi, estafetani noto‘g‘ri uzatganligi uchun), u holda uning natijasi qaydnomadan o‘chiriladi, yoniga dasturning mazkur nomeri bosh hakami imzo qo‘yadi va diskvalifikatsiya qilish sababi yoziladi. Ishchi qaydnomada tuzatishga imkon qadar yo‘l qo‘yilmaydi, Iekin zarurat tug'ilganda, ilgarigi natija o‘chirilib, yangisini qayd etish orqali o‘zgarish kiritish mumkin (u kotib imzosi bilan tasdiqlanadi).
Dasturning mazkur nomeri tugagach, ishchi qaydnoma bosh hakam, kotib va guruhning boshqa hakamlari, referi tomonidan imzolanadi. Rekord natija ko‘rsatilganida, hakamlar guruhi kotibi record blankining to‘g‘ri to‘fdirilishini va uning mazkur musobaqani o‘tkazgan guruhning barcha hakamlari tomonidan imzolanishini ta’minlashi lozim.
Musobaqa (yoki navbatdagi davra) tugagach, marradagi kotiblar hakamlarning barcha hujjatlarini kotibiyatga etkazadilar. Bular:
- hakamlarning yozuvlari;
- masofadagi katta hakamning qaydnomalari;
- shamol tezligini o‘lchash qaydnomalari (keyin ishchi qaydnomaga har bir poygada shamol tezligining qiymati kiritib boriladi);
- oraliq marrani qayd etish va h.k.
Uzunlikka va uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqa o‘tkazayotgan guruh kotiblari o‘z musobaqalari tugaganidan so‘ng kotibiyatga shamol tezligini o‘lchash qaydnomalarini topshirishlari shart. Ko‘pkurashIar bo‘yicha kotiblar o‘z ko'pkurashchilari guruhini musobaqa o‘tkazilayotgan joylarning hammmasiga kuzatib boradilar, har bir tur yakunlanganidan so‘ng bellashuvlarning borishi to’g‘risidagi ma’lumotlarni axborot guruhiga jo‘natadilar.
Musobaqalar davomida kotibiyatning ish tartibi
Musobaqalar boshlanishidan avval har kuni e’lonlar taxtasiga mazkur tur uchun qaydnomalar va jadval osiladi. Qur’a tashlash boshlanguniga qadar vakillar tomonidan talabnomalarga kiritilgan o‘zgarishlar aniqlik kiritish deb qaralishi lozim. Agar Nizom talablari buzilmagan bo‘lsa, u holda qo‘shimcha talabnomalar “qayta” talabnomalar qabul qilinadi, ishchi qaydnomalarga o‘zgarishlar kiritiladi.
Yüklə 358,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə