1. Yer tuzishning mohiyati va tushunchasi


Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari



Yüklə 132 Kb.
səhifə3/6
tarix20.10.2023
ölçüsü132 Kb.
#129061
1   2   3   4   5   6
1. Yer tuzishning mohiyati va tushunchasi

3. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari.


Yer resurslaridan samarali, oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ko`p jihatdan yer egalari va yerdan foydalanuvchi subyektlarning yerdan foydalanish bo`yicha qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga qanchalik og`ishmay rioya qilishlari, ularni bajarishlariga bog`liq bo`ladi. Yoxud, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonun normalariga og`ishmay itoat etishlari, ularni to`la ijro qilishlari yerdan maqsadga muvofiq foydalanish hamda muhofazasini ta'minlashga xizmat qiladi.


Yer egalari, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 39-moddasida sanab ko`rsatilgan: Bu huquqlar quyidagilardan iborat: 1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo`jalik yuritish; 2) qishloq xo`jalik ekinzorlari va ko`chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo`jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo`lgan mulk huquqi; 3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o`rmonzorlar, suv obyektlaridan xo`jalik ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; 4) yerlarni sug`orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o`tkazish; 5) qishloq xo`jalik ekinlarining, dov-daraxtlarni sug`orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug`orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; 6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish; 7) yer uchastkasi olib qo`yilganda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini talab qilish; 8) yer uchastkasini vaqtincha foydalanishga va ichki xo`jalik ijarasiga berish; 9)yer egasi bo`lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo`jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo`yishi mumkin.
Yer qonunchiligi barcha yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga bir xil huquqlar belgilaydi. Yerga egalik qilish va undan foydalanish bo`yicha subyektlarning huquqlari kamsitilishi, yoki ba'zi subyektlarga imtiyozlar berilishi, yoxud ular huquqlarini oshirishga yo`l qo`yilmaydi. Barcha yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar hoh u davlat organi bo`lsin, hoh u dehqon xo`jaligi bo`lsin, hoh jamoa xo`jaligi, yoki fuqaro bo`lsin ularning yerdan foydalanishdagi huquqlari tengdir.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachi va yer uchastkasi muldorlari yerdan foydalanishda huquqlr bilan bir qatorda ma'lum majburiyatlarni ham bajarishlari lozim bo`ladi. Bu majburiyatlar Yer Kodeksining 40-moddasida o`rnatilgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat: 1) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo`llash, o`z xo`jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo`l qo`ymaslik; 2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 3) yerlarni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; 4) yer solig`ini yoki yer uchun ijara haqini o`z vaqtida to`lash; 5) boshqa yer egalari huquqlarini buzmaslik; 6)foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo`jalik yerlarini ularga ehtiyoj qolmaganda o`z hisobidan yaroqli holatga keltirish; 7) qurilish va boshqa ishlarni olib borishda qo`shni yerga salbiy ta'sir ko`rsatishning oldini olish; 8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ma'lumotlarni o`z vaqtda taqdim etish.

Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə