1. Yer tuzishning mohiyati va tushunchasi



Yüklə 132 Kb.
səhifə1/6
tarix20.10.2023
ölçüsü132 Kb.
#129061
  1   2   3   4   5   6
1. Yer tuzishning mohiyati va tushunchasi


Reja:


Kirish
1. Yer tuzishning mohiyati va tushunchasi.
2. Istiqbolga mo`ljallangan va loyihalash oldidan yer tuzish.
3. Xo`jaliklararo yer tuzish.
4. Ichki xo`jalik yer tuzish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan 667-I–son Qonuni bilan amalga kiritilgan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi:
13-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“13-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Yer uchastkalaridan foydalanish huquqini, yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shuningdek, yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini, shu jumladan servitutlar to‘g‘risidagi bitimlarni va boshqa cheklovlarni hamda ushbu huquqlarning bekor qilinishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarga) bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestriga tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali yer uchastkasi joylashgan tumanda (shaharda) amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, unga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchi, shuningdek, mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgaga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi undiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e'tiboran ikki kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr davlat qo‘mitasining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan, belgilangan tartibda yuzaga kelgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi”;
15-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“15-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar ana shu huquqlarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yer uchastkalaridan foydalanish huquqi, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi tegishincha tuman(shahar), Toshkent shahri, viloyatlar hokimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yer berish to‘g‘risidagi qarorlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yerlarni ijaraga olish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi bunday huquqqa oid davlat orderi, oldi-sotdi shartnomalari va yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi yuzaga kelishiga asos bo‘ladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga asosan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Binoga, imoratga va inshootga va boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ana shu mulklarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar, hadya etilganligi, vasiyat qilinganligi haqidagi yer uchastkasiga oid tegishli bitimlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Servitutlar to‘g‘risidagi bitimlar hamda yer uchastkalaridan foydalanish, ularni ijaraga olish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, mulk huquqlariga doir boshqa cheklashlar tegishli shartnomalar, sudning qarorlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi”;
“16-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organida mazkur yer uchastkasining kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning mavjudligi;
joyida o‘tkazilgan o‘rganishlar va tekshirishlar jarayonida yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatining aniqlanishi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
Yer maydonlarining miqdori va sifati ularning haqiqiy holati va ulardan foydalanilishiga qarab, yer uchastkalari va maydonlari, ma'muriy hududiy birliklar kesimida O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha hisobga olinadi.
Yer uchastkalari bo‘yicha yer maydonlari miqdori yer uchastkalarining o‘lchami, ularning qiymati va talab qilinadigan o‘lchash aniqligiga qarab, geodezik va (yoki) kartometrik usullarda hisobga olinadi.
Yer maydonlari miqdori yer uchastkalari doirasida asosan kartometrik usulda hisobga olinadi.
Yerlarning sifatini hisobga olish tabiiy-qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rayonlashtirishni, tuproq va yerlarni tasniflashni, ularni agronomik, ekologik, texnologik va shaharsozlik belgilari bo‘yicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni o‘z ichiga oladi.
Yer maydonlarining miqdorini va sifatini hisobga olish asosiy va joriy turlarga bo‘linadi.
Yerlarni hisobga olishning asosiy turi (yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish) joyning o‘zida yer uchastkalarining va maydonlarining chegaralari, joylashgan o‘rni, holati va ulardan foydalanish xususiyatiga doir o‘zgarishlar to‘planganligiga qarab davriy ravishda o‘tkaziladi, bunda yerlarning plan-kartografik asosi tegishli masshtablarda yangilanishi, tuproq, geobotanik va boshqa xil izlanish va tadqiqotlar o‘tkazilishi shart.
Yerlarning joriy hisobi kadastr hujjatlari va ma'lumotlarining to‘g‘ri bo‘lishini ta'minlash maqsadida yuritiladi, bunda yerlarning huquqiy,miqdoriy, sifat holatlarida va ulardan foydalanish borasida yuz bergan o‘zgarishlar aniqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Davlat yer kadastrini yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli organlarga yer uchastkalaridan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchilari va mulkdorlari sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida bir oy muddatda axborot berishlari shart.
Yerlarning o‘lchami, joylashgan joyi, yer turlari va sifat holatiga oid qayd etiladigan ma'lumotlar yerni hisobga olish axborotini tashkil etadi”;
19-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“19-modda. Yerlarning qiymat bahosi
Barcha toifadagi yerlarning qiymat bahosini chiqarish natura va qiymat ko‘rsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Turli maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligi darajasini aniqlash, yer uchun to‘lanadigan haq va uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlarni kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilish paytida boshlang‘ich bahosini belgilash uchun yerlarning qiymat bahosi aniqlanadi.
Yerlarning qiymat bahosiga doir ma'lumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi”;
20-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“20-modda. Tuman (shahar) yer kadastri daftari
Tuman (shahar) yer kadastri daftari yerlarni hisobga olish va ularni baholash bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib, yer uchastkasining joylashgan joyi, qaysi maqsadda foydalanishga mo‘ljallanganligini, yer uchastkasidan foydalanish, yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish hamda mulk huquqlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi, u yer uchastkalari maydonining miqdor va sifat holati hamda qiymati to‘g‘risidagi asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Yer kadastri daftarining ma'lumotlari yerlardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va berish, yer uchun haq to‘lash miqdorini aniqlashda, yer tuzishda, xo‘jalik faoliyatini baholashda hamda yerlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Yer kadastri daftari maxsus ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot bo‘yicha kompyuterda elektron shaklida yer fondining toifalari, kichik toifalari va turlari, har bir yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlari konturlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan budjet mablag‘lari yoki boshqa manbalar hisobidan yuritiladi. Yer uchastkalarining foydalanuvchilari, chegaralari, maydoni, yer turlari, sifati va qiymati to‘g‘risidagi o‘zgarishlar yer kadastri daftariga muntazam ravishda kiritib boriladi va joriy yil davomida har qanday muddatga yer to‘g‘risida aniq ma'lumotlar bo‘lishi ta'minlanadi.
Yer kadastri daftarining ma'lumotlari yil yakuni bo‘yicha qog‘oz shaklida foydalanish va saqlash uchun bosib chiqariladi, tegishli imzolar bilan rasmiylashtiriladi va maxsus yig‘majild sifatida saqlanadi.
Yer tuzishning ma`nosi Yer Kodeksining 12- moddasida o`z aksini topgan. Unga ko`ra, yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo`jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o`z ichiga oladi.
Yer Kodeksining ushbu moddasi mazmunidan ko`rinib turibdiki, yer tuzishning asosiy vazifasi xalq xo`jaligining hamma tarmoqlarida yerlardan samarali foydalanishni tashkil etishdir. Uning yordamida yerlardan foydalanishning qulay sharoitlari tashkil etildi, hududiy, tarmoq, individual (ichki xo`jalik) xususiyatlari hisobga olinadi.
Yer tuzishning negizida yer to`¦risidagi qonun hujjatlari talablariga qat`iy rioya qilish, yerdan foydalanish va egalik qilishning tabiiy qishloq xo`jalik mintaqalariga bo`linishini hisobga olish va barcha shakldagi yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar, yer ijarachilari, yer mulkdorlari maqomining hamda yer uchastkalari sifati va joylashgan joyi bo`yicha har xil bo`lgan yerlarda xo`jalik yuritishning bir xil va teng sharoitlarini ta`minlash masalalari yotadi. Yer uchastkalarining miqdori (o`lchami), sifati, qiymat bahosi va joylashgan joyi bo`yicha yer soli¦ining belgilanishi, ijara haqi to`lash, qishloq xo`jalik kooperativlarining pay jam¦armasini belgilash, shuningdek yer ajratib berishdan xo`jalik yurituvchi subyektlarning ko`rgan zarari va nobudgarchiligi o`rnini qoplash bo`yicha ma`lumotlarni yi¦ish ham yer tuzishning asosiy masalalaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Yer tuzish ishlarining amalga oshirilishi qishloq xo`jaligida xo`jalik yuritishning zamonaviy shakllarini tadbiq etish, mehnatning samarali uslublarini belgilash, almashlab ekish va melioratsiyani qo`llash uchun ma`lumotli asos bo`ladi.
Yer tuzish ishlari O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq yer tuzish xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer tuzish xizmati organlarining faoliyatini umumlashtiradigan bo`lsak, ular umumdavlat, tarmoq, idoraviy, xo`jaliklararo hamda ichki xo`jalik kabi yer tuzish ishlarini amalga oshiradi.
Umumdavlat yer tuzish ishlari amalga oshirilganda yer hududlarining asosiy maqsadiy foydalanish ko`rsatkichlari aniqlanadi; yer zahiralaridan samarali foydalanish va muhofaza qilishning katta hududiy, majmua rejalari ishlab chiqiladi; viloyatlar, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi joylarida yerdan foydalanishning bosh alohida-alohida samarali usullari ishlab chiqiladi yoki rejalashtiriladi va istiqbollari belgilanadi; yerlarni yaxshilash (melioratsiya qilish), qayta tiklash (rekultivatsiya qilish), suv va shamol yemirishiga qarshi kurash maqsadli dasturlari ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari umumdavlat miqiyosida yer tuzish olib borilganda tarmoqlararo yerlarni taqsimlashning uzoq muddatli va qisqa muddatli rejalari va istiqbollari ilmiy asoslarda ishlab chiqiladi. Bunda xalq xo`jaligi tarmoqlarining yer zahiralariga bo`lgan kelgusi talablari chamalanadi, foydalanilmayotgan va yomon foydalanilayotgan yerlar aniqlanadi. Umumdavlat yer tuzish ishlarida amalga oshiriladigan tadbirlarning hammasi yerdan foydalanishning bosh (hududiy) sxemalarida hamda dasturlarda o`z aksini topadi.
Yer tuzish tarmoq (masalan, agrar majmua) va idora (masalan, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi) bo`yicha amalga oshirilganda yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yer uchastkalarini biriktirib berish jarayoni va yerdan foydalanuvchilar va yer egalari ixtiyorida bo`lgan yerlarning hosildorligini oshirish, yaxshilash va muhofaza qilish, ekologik holatini so¦lomlashtirishni ta`minlashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
Har bir tarmoq yoki idora bo`yicha o`tkaziladigan yer tuzish o`z xususiyatlariga ega bo`lishi mumkin. Masalan, sanoat korxonalari ehtiyoji uchun beriladigan yerlar bo`yicha olib boriladigan yer tuzish ishlari, qishloq xo`jaligi korxonalariga beriladigan yerlar bo`yicha olib boriladigan yer tuzish ishlaridan bir muncha farq qiladi.
Yer kodeksining 12-moddasida yer tuzish ishlarining to`rtta turi ko`rsatilgan: 1) istiqbolga mo`ljallangan; 2) loyihalash oldidan; 3) xo`jaliklararo; 4) ichki xo`jalik yer tuzishi. Yer tuzishning ushbu turlari bir-biridan yer uchastkalarining joylashgan hududi (mamlakat, viloyat, tuman, shahar, xo`jalik va h.k.), yer tuzish ishlarini amalga oshirishga asos bo`ladigan yuridik hujjat (davlat hokimiyati qarori, yuridik yoki jismoniy shaxslarning talabnomalari), amalga oshirish muddati (istiqbolli, loyiha oldi, loyihadan so`ng va h.k.), xo`jalik yurituvchi subyektlarga qaratilganligi (xo`jaliklararo yoki ichki xo`jalik) yoki qaratilmaganligi (istiqbolli, loyihaoldi) va boshqa jihatlari bilan farq qiladi.
Yer tuzish ishlari davlat budjeti hisobidan bajariladi. Qishloq xo`jalik yerlarini tashkil qilish, yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, eroziyaga qarshi melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan bajarilishi mumkin.
Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bo¦liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatdan tarixiy-madaniy va boshqa yo`nalishlarda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.
Yer tuzishga taalluqli bo`lgan ishlarning bajarilishini yer tuzish jarayoni deb yuritiladi. Yer tuzish jarayonida barcha amaliy, bir-biriga bo¦liq, bir-birini taqozo etadigan protsessual harakatlar bajariladi.
Yer tuzish jarayoni deganda, alohida yer tuzish harakatlarini bajarishning umumiy tartibi tushiniladi. O`zbekistonda yer tuzish quyidagi belgilardan iborat:
yer tuzishni o`tkazish to`¦risida ariza berish;
yer tuzish loyihasini tayyorlashga oid tashkiliy ishlar;
yer tuzish loyihasini tayyorlash;
loyihani ko`rib chiqish va uni tasdiqlash;
loyihani naturaga (joyning o`ziga) ko`chirish;
yer tuzish hujjatlari va materiallarini rasmiylashtirish va berish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yer tuzish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi bo`lgan mualliflik nazoratini olib borish.
Åð òóçèø ëîyihasini tuzish o`zining mazmuni va ahamiyati jihatidan yer tuzish jarayonining asosiy bosqichi hisoblanadi. Chizma (loyiha rejasi) va matn qismlaridan iborat bo`lgan yer tuzish loyihasi bu bosqichda asosiy yuridik hujjat hisoblanadi. Loyihada yer tuzish obyektining xususiyatlari inobatga olingan holda yerdan foydalanish iloji boricha oqilona va samarali foydalanish iqtisodiy asoslantiriladi va ishlab chiqiladi.
Yer tuzish loyihalari tegishli yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar ishtirokida va vakolatli davlat organlarining tasdi¦idan so`ng belgilangan namunadagi chegara belgilari bilan yer uchastkasi va dalaning chegaralari ko`rsatilgan holda íàòóðàãà (joyning o`ziga) o`tkaziladi. Åð tuzish tartibida belgilangan hududni tashkil etish mulkdorlarga, yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga va ijarachilar uchun majburiy hisoblanadi.
Loyihani tasdiqlash bosqichi år tuzish jarayonlarining bajarilishi va loyihani natura(joyning o`zi)ga o`tkazishni amalga oshirishga asos bo`lib, loyihani tasdiqlagan davlat organining qarori (farmoyishi) hisoblanadi.
Tasdiqlangan yer tuzish loyihasi chegaralarini belgilash orqali natura (joyning o`zi)ga ko`chiriladi. Yer tuzish loyihasini naturaga ko`chirishda manfaatdor mulk egalarining vakillari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar qatnashadilar. Bajarilgan ish belgilangan tartibdagi akt va ko`chirish chegaralarining ish chizmalari ilova qilingan holda rasmiylashtiriladi.
Tasdiqlangan va naturaga o`tkazilgan yer tuzish loyihalariga asosan mulkdorlarga, yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga yerga nisbatan mulk huquqi, yerga egalik qilish huquqi va yerdan foydalanish huquqi davlat guvohnomalari (aktlari) beriladi. Shuningdek loyiha hujjatlari va boshqa yer tuzish hujjatlari ham beriladi.

2§. Istiqbolga mo`ljallangan va loyihalash oldidan yer tuzish.


Yer kodeksida istiqbolga mo`ljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzish ishlari alohida-alohida tur yer tuzish qilib belgilangan bo`lsa-da, har ikkala turdagi yer tuzish ishlarida bir xildagi tadbirlar amalga oshiriladi. Masalan, istiqbolga mo`ljallangan yer tuzishda ham loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzilishida ham tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalari yoki alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash tadbirlari bajarilishi mumkin.
Shunga qaramay istiqbolga mo`ljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzish bir-biridan birmuncha farq qiladi. Istiqbolga mo`ljallangan yer tuzishda yer hududlarining miqyosi (mamalakat, viloyat yoki tumanlar)dan qat`iy nazar tadbirlar yaqin yoxud uzoq kelajakda amalga oshirilishi belgilanadi. Bunda hali loyihalash ishlari mo`ljallanmaydi. Bu yerda yer tuzish ishlari istiqboli bashorat qilinadi.
Viloyatlararo, tumanlararo, tuman yoki shaharlar doirasida ma`muriy-hududiy o`zgarishlar, yerdan foydalanuvchi va yer egalarini qayta tashkil etish, barham toptirish, qo`shib yuborish va boshqa shunga o`xshash ishlar loyihalashtiriladigan bo`lsa, bu ishlarni amalga oshirishdan oldin yer tuzish ishlari bajariladi. Demak, yuqorida aytilgandek biror-bir loyiha mo`ljallangan bo`lsa, undan oldin loyihalash oldidan yer tuzish ishlari amalga oshiriladi. Mana shu jihati bilan loyihalashdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish ishlari istiqbolga mo`ljallangan yer tuzishdan farq qiladi.
Mamlakat va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish va tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish istiqbolga mo`ljallangan va loyihalash oldidan yer tuzish ishlarining ma`muriy hududiy miqyosida amalga oshirilishidir.
Istiqbolga mo`ljallangan yer tuzish ishlari amalga oshirilganda mamlakat va mintaqalar bo`yicha yer zaxiralaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish, yer bilan bo¦liq tashkiliy-xo`jalik hamda ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar hajmi, muddati, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerlardan oqilona foydalanish kabi masalalarni yechish maqsad qilib qo`yiladi.
Loyihalash oldi yer tuzish ishlarini amalga oshirishdan maqsad ham yerlardan oqilona foydalanish, ularga nisbatan bo`lishi mumkin bo`lgan jamiyat ta`sirini (ifloslanish, chiqindilar bilan bostirish va h.k.) oldini olish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yer uchastkalariga bo`lgan foydalanish va egalik huquqlarini oydinlashtirish, joylardagi ishlab chiqarish kuchlariga mos ravishda yerdan foydalanishning yagona tizimini yaratish, yerlar tabiiy holatining o`zgarishini (sho`rlanish, yerni ishdan chiqarish, eroziya, cho`lga aylanishi va h.k.) oldini olish va boshqa holatlar bo`lib hisoblanadi.
Istiqbolga mo`ljallangan va loyihalash oldi yer tuzish ishlarida tayyorlanadigan hujjatlar dastur, loyiha, chizma deb ataladi.
Istiqbolga mo`ljallangan yer tuzish hujjatlaridagi tadbirlarning bajarilish muddati 10 yildan kam bo`lmasligi kerak.
Loyihalash oldi yer tuzish ishlari bo`yicha tadbirlar tuzilayotgan (barpo etilayotgan) yoki qurilayotgan xo`jalik yurituvchi subyekt loyihalanishidan oldin amalga oshiriladi.

3§. Xo`jaliklararo yer tuzish.


Yer tuzishning amaliyotda eng ko`p uchraydigan turi xo`jaliklararo yer tuzishdir. Xo`jaliklararo yer tuzish yer uchastkalarini joylashtirishning qulay va oqilona tartibini tanlash, ularni yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulkdorlarga ajratib berishda maqsadga muvofiqlikni ta`minlash hamda yer uchastkalariga bo`lgan ma`muriy-hududiy va egalik, foydalanish, mulk huquqini yaxlitlash kabi masalalarni hal qilish uchun amalga oshiriladi.
Xo`jaliklararo yer tuzish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulkdorlarning yer uchastkalari joylashishining mukammalligini ta`minlaydi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer mulkdorlariga yer bo`lgan tegishli huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash uchun asos bo`ladi.
Xo`jaliklararo yer tuzishni ushbu iboraning ma`nosiga qarab, faqat xo`jalik yurituvchi subyektlar, ya`ni xo`jaliklararo o`rtasidagi yer tuzish deb, tushinmaslik kerak. Zotan, u birgina xo`jaliklar o`rtasida emas, balki ovullar, qishloqlar, qo`r¦onlar, tumanlar, shaharlar va viloyatlar chegaralarini amalda belgilash (o`zgartirish) ishlarini ham o`z ichiga qamrab oladi. Demak, xo`jaliklararo yer tuzishning ma`nosi juda keng ma`noni anglatar ekan.
Xo`jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:
ovullar, qishloqlar, qo`r¦onlar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini joyida belgilash;
yerga egalik qiluvchilarni, yerdan foydalanuvchilarni, ijarachilarni, yer mulkdorlarini yangitdan tashkil qilish, ularga yer ajratish va mavjud yer uchastkalarini qayta tartibga solish, ularning noqulay joylashuvini bartaraf etish;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalarga va tashkilotlarga yer olib berish loyihalarini tuzish;
yer uchastkalarini joylashgan joyida ajratib berish, yerga egalik qilishga yoki foydalanishga huquq beruvchi yuridik hujjatlarni tayyorlash;
yangi yerlarni o`zlashtirish, qishloq xo`jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish, buzilgan yerlarni tiklash (rekultivatsiya qilish), tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlash, seldan, yerni sho`rlanishdan, suv bosishdan, botqoqlanishidan, qurib qolishidan, zichlanishidan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv, kimyoviy moddalar bilan zaharlanishidan saqlash bo`yicha loyihalar tuzish;
barcha yerlarni ro`yxatdan o`tkazish va foydalanmaydigan, samarasiz foydalanilayotgan yoki maqsadga muvofiq foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash;
yer resurslarini baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo`yicha yer tuzish hujjatlarini tayyorlash;
yerlarni baholash (bonitetlash) bo`yicha tadbirlar o`tkazish.
Xo`jaliklararo yer tuzish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda dastlab tayyorgarlik ishlari ko`riladi, ya`ni yer uchastkasining huquqiy maqomi, tabiiy tavsiflari va unga egalik qilmoqchi yoki foydalanmoqchi bo`lgan subyektlar to`¦risida barcha ma`lumotlar yi¦iladi va o`rganiladi. Undan keyingi bosqichda tegishli loyiha tuziladi, ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Nihoyat, ohirgi bosqich – tasdiqlangan loyihani joy (natura)ga ko`chirish va yer tuzish hujjatlarini tayyorlash.
Qishloq xo`jalik korxonalari bilan noqishloq xo`jalik (sanoat, transport, energetika va h.k.) korxonalari ishtirokidagi yer tuzish bir-biridan farq qiladi. Qishloq xo`jalik korxonalariga yer ajratishda amalga oshiriladigan yer tuzishda dehqonchilikka yaraydigan yerlarni jalb qilish ko`zda tutiladi. Noqishloq xo`jalik korxonalariga yer ajratishda olib boriladigan yer tuzishda dehqonchilikka yaroqli bo`lmagan yerlarni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi.
Har xil xo`jaliklar tashkil qilish loyihalarini tuzishda xoh u qishloq xo`jaligi korxonasi xoh noqishloq xo`jaligi korxonasi bo`lsin yer tuzish ularning texnik-iqtisodiy ma`lumotlariga, tegishli joydagi atrof-tabiiy muhit ko`rsatkichlariga, iqtisodiy sharoitga ishlab chiqarish tavsiflariga asoslanadi.
Xo`jaliklararo yer tuzish natijasida har bir xo`jalikka berilgan yerning hajmi, joylashgan joyi yer uchastkasining boshqa ko`rsatkichlari va ular faoliyatini tezkorlik bilan rivojlantirish uchun asos bo`lib xizmat qilishi kerak.
Xo`jaliklararo yer tuzish loyihasi chizma va yozma ko`rinishidagi hujjatlardan iborat bo`ladi.
Chizma qismi loyihani mazmunini ko`rsatdaigan bitta yoki bir nechta tarxlardan iborat bo`ladi.
Yozma qismi yerdan foydalanuvchi xo`jalikni tashkil qilinishi bo`yicha davlat organlarining tegishli hujjatlari, yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va tashkilotlar huquqlari to`¦risidagi hujjatlar, loyihaning tegishli tomonlar bilan kelishilganligi to`¦risidagi hujjatlar, tushuntirish xatlari hamda xo`jaliklararo yer tuzish loyihasini asoslash bo`yicha sonlik ma`lumotlardan iborat bo`ladi.
Tuzilgan xo`jaliklararo yer tuzish loyihasi tasdiqlangandan so`ng joyiga ko`chiriladi. Undan keyin yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchilarga tegishli hujjatlar tayyorlanib topshiriladi. Bu hujjatlarning tarkibi, topshirilish va saqlanish tartibi me`yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
Xo`jaliklararo yer tuzish loyihasi Ilmiy-texnika Kengashda ko`rib chiqilgandan so`ng viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarga yer ajratish to`¦risidagi loyihalar qonunda ko`rsatilgan tartibda vakolatlar doirasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
4§. Ichki xo`jalik yer tuzish.
Ichki xo`jalik yer tuzish turi qishloq xo`jaligi koxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hududini ichki xo`jalik negizida belgilab olib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo`jalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bo¦lar, tokzorlar va boshqalar) æîéëàøòèðèøni, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek su¦oriladigan yerlarni to`la rekonstruksiyalashni o`z ichiga oladi.
Yer tuzishning xo`jaliklararo va ichki xo`jalik yer tuzishni bir-biri bilan qarama-qarshi qo`yib bo`lmaydi, aksincha ayrim hollarda ular bir-birlarini to`ldiradi. Jumladan, ichki xo`jalik yer tuzish ishlari amalga oshirilayotganda xo`jaliklararo yer tuzish ishlari ham amalga oshirilish mumkin. Bunday holatlar qishloq xo`jaligi korxonalarini qayta tuzayotganda, yangi fermer xo`jaliklarini tuzayotganda, o`zaro qo`shni bo`lgan yerdan foydalanish va ularning yer munosabatlari tartibga solinayotganda vujudga kelishi mumkin.
Ichki xo`jalik yer tuzish yerga egalik qiluvchchi, yerdan foydalanuvchilarning tashabbusiga binoan yerdan ishlab chiqarishning yuqori darajada foydalanishga erishish maqsadida hamda u bilan chambarchas bo¦liq bo`lgan ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishdan iborat.
Ichki xo`jalik yer tuzishning zamirida bir qancha masalalarni hal etish yotadi. Bu jarayonda tabiiy qishloq xo`jalik mintaqalariga bo`lish hujjatlari asosida yer turlari, foydalanilmayotgan va unumsiz foydalanayotgan yerlar aniqlanadi, ulardan foydalanishni yaxshilash bo`yicha takliflar tayyorlanadi.
Qishloqlarning joylashishi, kengayishi, shaxsiy tomorqa xo`jaliklari rivojlanishini hisobga olgan holda xo`jalik ichidagi tarmoqlarga yer taqsimlash ham ichki yer tuzish hujjatlariga asoslanadi.
Ichki xo`jalik yer tuzishi asosida bir turdagi tuproq-meliorativ sharoitlari bo`yicha yer uchastkalari guruhlanadi, har bir turdagi yer uchastkasidan foydalanish tartibi, muhofaza qilish, tuproqni tiklash bo`yicha loyiha ishlari, qishloq xo`jaligida yerdan foydalanish normativlari va talablari belgilanadi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari ichki yer tuzishda yana quyidagi masalalar hal etiladi:
mabla¦ talab qiladigan melioratsiya va atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqiladi, ularning muddatlari, hajmi, narhi va iqtisodiy foydaliligi aniqlanadi;
bo¦, uzumzorlar, daraxtzorlar joylashtiriladi, almashlab ekish tizimi amalga oshiriladi va yer maydonlarini tartibga solish bo`yicha loyihalar ishlanadi;
me`yoriy hujjatlar bo`yicha yer soli¦ining miqdorini ishlab chiqish, yer uchastkalarini baholash tizimini joriy etish yerning sifatini va joylashgan joyini aniqlash.
Fermerlar, dehqon xo`jaliklari va qishloq xo`jalik korxonalari ichki tuzilmalari (bo`lim, pudratchilar jamoasi)ning yerdan foydalanishiga ham ichki yer tuzish ishlari joriy qilinadi. Ammo ularning ichki yer tuzilishi ishlarining hajmining kamligi va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olinib, bu ish o`zgacharoq tartibda o`tkazilishi mumkin.
Ichki xo`jalik yer tuzish xarita chizma hujjatlari, tuproqshunoslikning geobotanika, gidrologiya, melioratsiya va boshqa masalalari bo`yicha o`rganish hujjatlari, yerning bahosi va sifati to`¦risidagi ma`lumotlar, shuningdek oldin bajarilgan yer tuzishning bashorati va loyihalari asosida amalga oshiriladi.
Ichki xo`jalik yer tuzish ham xo`jaliklararo yer tuzishdagidek bos-ichlarda amalga oshiriladi.
Ichki xo`jalik yer tuzish xo`jalikning kelajakdagi rivojlanish rejasi va loyiha ishini bajarish bo`yicha berilgan topshiri¦iga binoan bajariladi. Ichki xo`jalik yer tuzish kompleks ravishda va o`rnatilgan yer maydonini tashkil qilishga taalluqli ikki qism, ya`ni oldin umumiy va keyin aniq masalalarni hal etishdan iborat. Loyihada yer uchastkasini biriktirishni iqtisodiy tomondan asoslash va xo`jalik ichida ishlab chiqarish bo`linmalarini Yer kodeksi talablari bilan to`liq bo¦langan holda yer uchastkalariga egalik qilishda yoki foydalanishda turli xo`jalik yuritish shakllarining xususiyatlari e`tiborga olinadi.
Ichki xo`jalik yer tuzishda qishloqlarni, ishlab chiqarish markazlarini, qishloq xo`jalik va o`rmon xo`jalik korxonalarini joylashtirishda va boshqa qishloq xo`jalik yerlarini belgilashda almashib ekish, eroziyaga qarshi kurash, melioratsiya tadbirlari, shuningdek ozuqa ekinlari maydonlarini yaxshilash bo`yicha qilinadigan tadbirlar loyiha darajasida bajariladi.
Ichki xo`jalik yer tuzish ikki chizma va yozma loyiha qismidan iborat bo`ladi. Chizma qismida loyihaning va yerdan foydalanish yoki yerga egalik qilish rejasi, dala tekshiruv chizmasi, oldingi qishloq xo`jalik ekinlarining turi, xaritasi va boshqa hujjatlar, loyiha yozma qismida esa loyihani tuzish bo`yicha topshiriq, iqtisodiy masalalar asoslangan ma`lumotlar, hisobot ma`lumoti, jadvallarni ko`rib chiqish, tasdiqlash va boshqalar bo`yicha bayonnomalardan iborat bo`ladi.
Qishloq xo`jaligi, o`rmon xo`jaligi korxonalari bo`yicha tuzilgan ichki yer tuzish loyihalari tuman hokimiyati tomonidan tasdiqlanadi. Loyihaga o`zgartirish kiritish, loyihani tasdiqlagan organning roziligi asosida bajariladi.

Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya'ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega.


Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini yana shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo`lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo`ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta'min etishda qonunning ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil g`ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Demak, yerdan oqilona, samarali, maqsadga muvofiq foydalanish va muhofaza qilishni qonunlarning yordamisiz tasavvur etib bo`lmaydi.Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatdabo`lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabani belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi.
Yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan quyidagilarni tartibga soladi: sug`oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan maqsadlarga berishdan himoya qilish; tuproqni unumdor qatlamini saqlash; tuproqni eroziyadan saqlash; yerni agroximikatlar ta'siridan himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo`yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish; yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k.
Eng avvalo, qonun sug`oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar toifasiga berilishidan muhofaza etadi. Aslida bu qimmatbaho yerlar boshqa maqsadlar uchun faqat qishloq xo`jaligi, suv xo`jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish idoralari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi, o`ta zarur hollardagina berilishi mumkin.
Qonunning yerni muhofaza qilishga qaratilgan normalari tuproqning unumdorligini saqlashni tartibga solishga bag`ishlangan. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko`p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko`ra, tuproqning qimmatbaho sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda og`ir va uzoq muddatni talab etadi. Masalan, 10 santimetr qalinlikdagi tuproqning unumdorlik qatlamini tiklash uchun 100 yilcha vaqt kerak. Shundan kelib chiqib, qonunlarimiz tuproqning unumdorlik qatlamini muhofaza qilishga qaratilgan qat'iy talab va choralarni belgilaydi.
Yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar yerga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishdan muhofaza etadi. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish deganda yuridik va jismoniy shaxslarning yerni yaxshilash, tuproqni shamol, suv ta'sirida yemirilishdan va tuproq holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qilish majburiyatlarini bajarmaslik, hamda yer uchastkalari qanday maqsadlar uchun berilgan bo`lsa o`sha maqsadlarda foylanmaslik tushuniladi. Qonunda belgilanishicha yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko`rishlari, tuproqni shamol va suv ta'sirida yemirilishdan saqlash yuzasidan tashkiliy--xo`jalik, agrotexnika, o`rmon-melioratsiya va gidrotexnika tadbirlarini amalga oshirishlari, yerlarning sho`rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo`l qo`ymasliklari, begona o`tlar bosishini oldini olishlari lozim. Yer qonunchiligini ushbu talablarini bajarmaslik yerdan xo`jasizlarcha foydalanish hisoblanib, uni muhofaza rejimini buzish deb qaraladi.
Yerni huquqiy muhofaza qilish o`z oldiga uni ishdan chiqarmaslik maqsadini qo`yadi. Yerni buzishda, uni ishdan chiqarishda eroziyaning ta'siri kuchlidir. Eroziya deganda unumdor tuproq qatlamining suv yoki shamol ta'sirida buzilishi tushuniladi. Tegishli davlat idoralari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni melioratsiyalash va muhofaza qilishga, ihota daraxtlari o`tkazishga, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlarni bajarmaslik yer muhofazasi talablarini buzish hisoblanadi.
Aytilganlardan tashqari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni sanoat chiqindilari, oqova suvlar bilan ifloslantirish, yerlarni talon-taroj qilinishidan himoya qilishlari lozimligi yer qonunchiligida ko`rsatilgan.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish deganda yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo`jaligi oborotidan asossiz ravishda tortib olinishning oldini olish, zararli antropogen ta'sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o`rmon fondi yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi. Bu huquqiy normalar faqat yer qonunchiligida emas, balki tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, jinoyat, fuqarolik, ma'muriy, mehnat, kooperativ, fermer, dehqon xo`jaligi to`g`risidagi qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. Demak, yerlarni muhofaza qilish kompleks huquq sohalari bilan tartibga solinadi.



Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə