1. Yonish kameralari haqida Gaz turbina qurilmasi issiqlik almashish qurilmalari Gaz turbina qurilmasi kompressorlari


Ular, o’z navbatida, quvurli va plastinkali bo’ladi. Bularning hammasi gaz turbina qurilmalarida ishlatiladi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/3
tarix10.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#109471
1   2   3
Gaz turbina qurilmalari

Ular, o’z navbatida, quvurli va plastinkali bo’ladi. Bularning hammasi gaz turbina qurilmalarida ishlatiladi.

44 – rasm. Yarim yopiq tsiklli gaz turbinali qurilma sxemasi.
1 – yonish kamerasi; 2 – turbina; 3,5 – kompressorlar; 6 – ish jismini kompressor oldida sovitgich; 7 – regenerator; 8,9 – yordamchi turboagregatlar
3. GTQ kompressorlari
Gaz turbina qurilmalarida o’q yo’nalishli va markaziy yo’nalishli kompressorlar qo’llaniladi.
O’q yo’nalishli kompressorlar yuqori va o’rta quvvatli qurilmalarda ko’proq qo’llaniladi. Ular yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega (430–450 kg/s, f.i.k 0,83–0,9), GTQ uchun kerakli bosim darajasini beradi va kompakt bo’ladi.
O’q yo’nalishli kompressorlarning kamchiliklaridan asosiysi uning ko’p pog’onaliligidir. Bu esa uning konstruktsiyasining murakkablashuviga va gabarit o’lchamlarining uzayishiga olib keladi.
Kompressorlar ishlash prinsipi jihatidan gaz turbinasining aksini ifoda etadi. Unda kompressor rotoriga uzatilgan mexanik energiya havoga kinetik energiya berish hisobiga sarf bo’ladi va uning kuraklarida bosimga aylanadi.
Amalda reaktiv pog’onali kompressorlar ham ishlatiladi.
Markaziy yo’nalishli kompressorlar, asosan, bir pog’onali va kamdan-kam ikki pog’onali bo’ladi.
O’q yo’nalishli kompressorga nisbatan markaziy yo’nalishli kompressorlar quyidagi afzalliklarga ega:
1) o’q yo’nalishiga nisbatan uzunligining kamligi. Bu bosim oshirish darajasining yuqoriligi hisobiga bo’ladi;
2) konstruktsiyasi soddaligi va mustahkamligi;
3) oquv qismining silliqligiga kam talabchanliligi;
4) ish rejimida ko’rsatilmagan parametrga chiqqanida F.I.K birdan tushib ketmasligi.
Shu afzalliklar kam quvvatli qurilmalarda markaziy yo’nalishli kompressorlarni ko’p qo’llanilishiga olib keldi. Ular ichki yonuv yuritgichlarida ishlatiladi.
Quyida kompression qurilmalarning internet saytlaridan olingan namuna tasvirlari keltirilgan:




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə