10-amaliy topshiriq



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü42,32 Kb.
#157248
  1   2   3
10-Amaliy


10-amaliy topshiriq.
Mavzu:Favvora armaturasi elementlarini о‘rganish , ularni tanlash tamoyillari va foydalanishda hisoblashlar

Ishning maqsadi: Favvora quduqlarini yer usti jihozlarni (tizma boshchasi, quvur boshchasi, favvora archasi ) va unga xizmat qilishni о‘rganish.
Ishning tartibi: Nazariy qism
7.1.Favvora neft quduqlarining jihozlari
Favvora neft quduqlarining jihozlar ga yer usti jihozlari- favvora armaturasi (7.1 – rasm) va yer osti – nasos-kompresor quvurlari kiradi.
Quduq usti tizma boshchasi (tizma bog‘lanmasi) bilan jihozlanadi. Tizma boshchasi mustahkamlash quvurlarini bog‘lash, tizma quvurlari oralig‘idagi fazoni ajratish va ulardagi bosimni nazorat qilishga mо‘ljallangan. U rezbaga о‘rnatiladi yoki tо‘g‘ri konduktorga payvandlanadi. Oraliq va ishlatish tizmasi ponalarga yoki muftaga osiladi.


7.1-rasm. Favvora armaturasi
Tizma bog‘lanmasini belgilashda shifrlash tizimi qо‘llaniladi (5.1-misol). Favvora armaturasi tizma boshchasining yuqori flanetsiga о‘rnatiladi. Favvora armaturasining tarkibiga quvur bog‘lanmasi (boshcha), bekituvchi va rostlovchi qurilma kiradi.
7.1. misol. OKK2 – 350 -168 x245x324 K2 (Ikkita ponali osmali tizma bog‘lanmasi jihozini belgilanishi, 350 atm. - ishchi bosimga hisoblangan, ishlatish tizmasining diametri 168 mm, oraliq tizmasining diametri- 245 mm va konduktorning diametri- 324 mm, 6% gacha bо‘lgan N2S va SO2 tarkibli muhitga mо‘ljallangan).
Quvur bog‘lanmasifavvora armaturasining qismi, tizma boshchasiga о‘rnatiladi, bitta yoki ikkita quduqlardagi quvur uzatmalarni bog‘lash uchun mо‘ljallangan (NKQ tizmasini), quvur ortidagi fazoda oqimni nazorat qilish va boshqarish vazifasini bajaradi. Quvur bog‘lanmasining sxemasi 3.2-rasmda keltirilgan.

7.2-rasm. Favvora armaturasining quvur bog‘lanmasining sxemasi. 1 – shoxchali flanets; 2 – yopish qurilmasi; 3 – quvur boshchasi; 4 – bekituvchi-razryadli manometrli qurilma.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə