10 ichida raqamlash meтodikasi 100 ichida raqamlash meтodikasi



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə3/5
tarix30.05.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#114224
1   2   3   4   5
1452435827 63394

100 ICHIDA Raqamlash MEТODIKASI
Mavzuni o‘rganish masalalari:
1.O‘quvchilarni yangi sanoq birligi o‘nliklar bilan tanishtirish.
2.Xonalar bo‘yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va o‘nlikdan iboratligini, bitta o‘nlik esa o‘nta birlikdan iboratligini o‘rgatish.
3. 46 sonidagi ikkita raqam bir sonni bildirishini tushuntirish
4.Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qo‘shish va ayirish ko‘nikmalarini shakllantirish.
5.Ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib yangi o‘lchov birliklari uzunlik (dm, m) haqida tushuncha berish.
6. 100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rgatishda predmetlarni bittalab va guruhlab sanashga o‘rgatish:
7. 100 ichida sonlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish xona birliklari bilan tanishtirish.
Raqamlashni o‘rgatish ikki bosqichga ajratiladi:
11–20 sonlarni raqamlash va 21–100 sonlarni raqamlash.
10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o‘nli guruhlashga va raqamlarning o‘rin qiymatlari tamoyilini qo‘llanishga asoslangan: o‘ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o‘ringa, o‘nliklar ikkinchi o‘ringa yoziladi. 20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash bo‘yicha ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari («Bir xonali son» va «Ikki xonali son» atamalarini o‘quvchilar o‘zlashtirishlari, ularni tushunishini va o‘z nutqlarida ulardan foydalana olishni o‘rganishlari kerak) bilan tanishadilar.O‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni berish yo‘li bilan bu atamalardan tez-tez foydalanish kerak:
1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19………….
2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta ortiring. Ularni o‘qing?.
3)1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so‘ngra ikki xonali sonlarni yozing.
4) Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarning e’tiborini 22 sonini yozish uchun bitta 2 raqamining o‘zidan ikki marta foydalanilgan, bu son bir xil ikkita belgi yordamida yozilganligiga qaratish kerak.
O‘quvchilarni 20 ichida, so‘ngra 100 ichida sonlarni o‘rganishda avval tayyorgarlik bosqichi olib borilib so‘ngra og‘zaki raqamlash va yozma raqamlash amalga oshiriladi.
20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlashga doir ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari bilan tanishadilar.Masalan: 3, 8, 10, 12, 17, 20.
Raqamlash jarayonida 11-20 sonlarini hosil bo‘lishi didaktik materiallar bilan mustahkamlanadi.
1. Sonlar kassasidan 10 ta birlik oling va buni boshqacha qanday aytish mumkin? ( bitta o‘nlik)
2. O‘n ikki sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor?
3. Sanoq cho‘plar yordamida 15 ta cho‘pni ajrating, 10 ta cho‘pni alohida o‘nlik qilib bog‘lang, bu nechta o‘nlik va nechta birlik bo‘lishini ayting.
4.Uzunligi 13 ta bo‘lgan qatorni chizing, 10 ta katakni bo‘yang. Nechata katak bo‘yalgan?
5.Bir o‘nlik va beshta cho‘p oling - hammasi qancha bo‘ldi?
6.Qanday son bir o‘nlik va 9 birlikdan iborat?………
100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining vazifasi bolalarni quyidagilarni o‘rgatishdan iborat.
1. Predmetlarni bittalab, o‘ntalab, va yuztalab guruhlarga birlashtirib yozish.
2. 100 ichida sonlarni o‘qish va yozishni hamda ularning natural qatorida kelish tartibini bilish.
3. Sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qila olish ( ya’ni sonlarning o‘nli tarkibini bilish)
4. O‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar (xona birliklari) o‘nliklar (2-xona) yuzliklar (3-xona) qaysi o‘ringa yozilishini aniqlash.
5. Sonni (ikki va uch xonali) xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
1-topshiriq. Birinchi sinf darsligidan :
a)o‘quvchilar raqamlashni o‘zlashtirishini tekshirishga oid mashqlar tanlang.
b) ikkki xonali sonlarni o‘qish va yozish malakasini shakllantiradigan mashqlar tuzing.
2-topshiriq. Yuz ichida raqamlash jarayonida uzunlik o‘lchov birligi (dm)ni kiritish qanaqa ahamiyatga ega ekanligini tushuntiring. Uzunliklarni o‘lchashning yangi birligi – detsimetr bilan tanishtirish, kesmalarni santimetr va detsimetr bilan o‘lchashga oid mashqlar natijasida detsimetr va santimetrlarda ifodalangan sonlar hosil bo‘ladi, ikkinchi o‘nlik sonlarini raqamlashni o‘zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o‘lchov birligi bilan o‘lchash o‘quvchilarga sonlarning o‘nlik va birliklarda hosil bo‘lishini o‘zlashtirishga yordam beradi: agar kesmaning uzunligi 1 dm va 5 sm bo‘lsa, demak, unga 1 o‘nlik sm va 5 sm sig‘adi, degan so‘zdir.
3-topshiriq. O‘quvchilar ikki xonali sonlar tarkibini o‘rganishda beriladigan bilim, hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalarga oid mashqlar tuzing. ( tanlang)
Birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari sonlarning o‘nli tarkiblarini tahlil etish jarayonida amaliy ravishda kiritiladi. Masalan, 35 sonida 3 o‘nlik va 5 birlik bor deyiladi yoki 35 soni birinchi xonaning 5 birligidan va 2-xonaning 3 birligidan tashkil topgan. O‘quvchilarning raqamlashga doir bilimlari keyinchalik 100 ichida qo‘shish va va ayirish amallarini o‘rganish uchun zamin hozirlaydi.
100 ichida sonlarni raqamlash metodikasini o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalar, malakalarni egallab olishlari kerak:
1. 100 ichida raqamlashda sonlarning nomlarini o‘zlash-tirish, ular o‘nliklardan va birliklardan qanday hosil bo‘lishini tushuntirish
2..Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. Sonlarning natural ketma-ketligidagi o‘rinlarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslab olish. ( 45 katta 35, chunki to‘rt o‘nlik katta uch o‘nlik.........).
3. 100 ichida sonlarni yozish va o‘qiy bilish
4.Natural ketma-ketlikka asoslanib sonlarni
( 39+1, 50–1, 27+1, 27–1, 75–1.....) ko‘rinishdagi) qo‘shish va ayirishni, sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan (68= 60+8) almashtirish malakasini egallab olish.



Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə